Salomatlik Salomatlik Kompyuterda ishlaganda ko‘zlarda paydo bo‘ladigan charchoqni bartaraf etuvchi mashqlar

Kompyuterda ishlaganda ko‘zlarda paydo bo‘ladigan charchoqni bartaraf etuvchi mashqlar

O'qildi: 402


Kompyuterda ishlaganda ko‘zlarda paydo bo‘ladigan charchoqni bartaraf etuvchi mashqlar

Hozirgi davrda ko‘pchilik, ayniqsa, yosh va balog‘at yoshidagi bolalar vaqtini kompyuterda ishlash, smartfonlardan foydalanish bilan o‘tkazadi. Ko‘z bilan monitor ekrani orasidagi yaqin masofa va ekrandagi tasvirning bir tekislikda joylashganligi, tabiiy emasligi,(tabiatda jismlar, obyektlar ko‘zga nisbatan har xil masofada joylashgan)— ko‘z mushaklarini zo‘riqtiradi, ko‘z akkomodatsiyasini(akkomodatsiya lotinchada “moslashish” ma’nosini bildiradi.

Ko‘z akkomodatsiyasi – turli masofada joylashgan jismlarni bir xil darajada aniq ko‘rish qobiliyati)buzadi. Ko‘z akkomodatsiyasini buzilishi soxta miopiya, uzoq davom etsa haqiqiy miopiyaga olib keladi, shuningdek, agar ko‘zda miopiya bo‘lsa uni kuchaytiradi. Bu holat ko‘proq yosh bolalarda kuzatiladi. Bolalarda ko‘z, ko‘z mushaklari rivojlanishi oxiriga yetib bormaganligi tufayli uzoq vaqt ko‘zni zo‘riqtirish juda ham zararli bo‘ladi.

Rus olimi Eduard Avetisov tomonidan ishlab chiqilgan mashqlar ko‘z akkomodatsiyasi buzilishining oldini oladi, ko‘zning zo‘riqishi, charchog‘ini ketkazadi. Ayniqsa, kompyuterda ko‘p ishlaydigan insonlarga ushbu mashqlarni muntazam bajarib turish tavsiya etiladi.

Rus olimlarining bir qancha oliygoh va maktablardagi faoliyati monitorni kuzatish bilan bog‘liq kasb egalari orasida o‘tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, faqat ko‘z mashqlarini o‘tkazgan guruhga nisbatan, ko‘z mashqlariga qo‘shimcha ravishda harakatli o‘yinlar: stol tennisi, darts, badminton, bilyard o‘ynagan guruhda natija ikki karra yuqori samara berganligi aniqlangan.

Harakatdagi jismni nigoh bilan kuzatish va pozitiv emotsiya bajariladigan mashqlarning samarasini oshiradi. Mashqlarni kamida haftasiga ikki marta bajarish kerak, agar haftasiga to‘rt marta bajarilsa, natija yanada a’lo bo‘ladi.

Avetisov mashqlari 3 guruhdan iborat:

Birinchi guruh mashqlari ko‘zda qon aylanishini, ko‘z suyuqliklari aylanishini yaxshilaydi. Mashq stulda o‘tirib bajariladi.
  • Ko‘zlarni 3-5 sekundga qattiq yumiladi va ochiladi 6-8 marta.
  • Ko‘zni 15 soniya mobaynida tez-tez ochib yopiladi(3-4 marta).
  • Ko‘z yumiladi va qovoq ustidan ko‘rsatkich barmoq yordamida sekin-asta aylanma harakatlar bilan massaj qilinadi(40-60 soniya).
  • Ko‘z yumiladi, qovoq ustidan uchta bormoq bilan kuchsiz 3-4 soniya bosib turiladi, harakat 4-5 marta qaytariladi.
  • Barmoqlar bilan qoshni bosib turib, ko‘zni yumishga xalaqit beriladi.

Foto: “Domashniy ochag”Ikkinchi guruh mashqlar ko‘z mushaklarini mustahkamlaydi. Boshni qimirlatmasdan o‘tirib bajariladi.
  • Chap-o‘ng tomonga qaraladi(8-10 marta).
  • Chap yuqori burchakdan o‘ng pastki burchakka qaraladi(8-10-marta)so‘ng o‘ng yuqori burchakdan pastki chap burchakka 8-10 marta qaraladi.
  • Ko‘z bilan katta aylana shakl chiziladi 5-6 marta.

Foto: Google ImagesUchinchi guruh mashqlari ko‘z akkomodatsiyasini yaxshilaydi. Mashqni tik turgan holatda bajariladi.
  • Nigoh to‘g‘riga, uzoqroq jismga qaratiladi, qo‘lni 20-25 santimetr uzoqlikda ko‘z darajasida ko‘tariladi, nigoh ko‘rsatkich barmoqqa qadaladi(3-6 soniyaga), so‘ng yana 3-6 soniyaga jismga qaraladi(mashq 5-6 marta qaytariladi).
  • Qo‘lni to‘g‘riga, ko‘z darajasida cho‘zib ko‘rsatkich barmoqqa nigoh qadaladi va sekin asta ko‘limizni burnimizga yaqinlashtiramiz. Qo‘ldan nigoh uzilmaydi.
  • Yuqoridagi mashqni chap va o‘ng ko‘z uchun alohida bajariladi, bunda bo‘sh qo‘l bilan ko‘zning bir tomoni berkitib turish kerak.
  • Deraza oynasiga o‘lchami 3-4 mm dumaloq belgi qo‘yiladi va 30-35 sm masofada turib, nigoh nuqtaga qaratiladi(3-4 soniyaga)so‘ng nigoh tashqaridagi eng uzoq obyektga qaratiladi(3-4 soniyaga)mashq 4-5 marta takrorlanadi.

Foto: Google Images

Xulosa qilib aytganda, Avetisov usuli bo‘yicha mashqlar tezda ijobiy natija beradi, eng muhimi mutlaqo xavfsiz va istisnosiz barcha uchun mos. Mashqlarni samaradorligini oshirish uchun harakatli o‘yinlarni ham qo‘shish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tayyorladi





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.