Uydan ishlayotganda salomatlikka putur yetkazmaslik uchun 4 tavsiya
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik masofaviy ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Koronavirus sabab e’lon qilingan karantin vaqtida esa uyidan turib ishlaydiganlar soni yanada ortdi. “Domashniy ochag” nashri uyda ishlaganda salomatlikka putur yetkazmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligiga to‘xtaldi.
Foto: PeopleKaravotda noutbuk ishlatmang
Uydan ishlashni boshlaganlar ilk kunlari ishga shoshish, kiyinish kerakmasligini o‘ylab xursand bo‘lganlaridan o‘rnilaridan turishni ham istamay noutbukni karavotga olib kelib ishga kirishishi mumkin. Karavot yotishga, divan esa o‘tirishga mo‘ljallangan, ishlashga emas. Gap shundaki, noqulay joylashib soatlab ishlash oqibatida ertasi kuni bel, umurtqa pog‘onasi va oyoqlarda og‘riq kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, uyqu bilan ham muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Yechim: Ishlash uchun uydan chiqmasangiz ham tartibga amal qiling. Nonushta qilib bo‘lgach, ish stolingizga o‘tirib, diqqatni bir joyga jamlab, ishlashingiz kerak bo‘lgan soatlarda ishlang, tushlik vaqtida tanaffus qilib keyin yana ishga kirishing. Ishlash uchun sharoit bo‘lmasa, yaratib oling. Hech kim kirmaydigan, shovqindan xoli, yorug‘lik yaxshi tushadigan xonaga stol-stul qo‘ying.
Foto: BloombergOshxonada ishlay ko‘rmang
Bu umuman o‘zini oqlamaydigan g‘oya, chunki birinchidan uydagilar kirib-chiqib, gapga solib sizni chalg‘itadi, ikkinchidan muzlatgich sizning hududingizda ekanini his qilib, buterbrodlar, shirinliklar yeb qo‘yishingiz, karantindan chiqqunga qadar vazn to‘plab o‘zingizga ish ko‘paytirishingiz mumkin.
Mavzuga doir: Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato
Manba