Tongda qahvasiz tetiklashishning 7 usuli
Erta tong yumshoq o‘rindan turishning o‘zi emas, ayniqsa bir kun avval kech va charchab yotgan bo‘lsangiz. Bunday vaqtda bir finjon issiq qahvadan boshqa hech narsa sizga yordam bera olmaydigandek tuyuladi, to‘g‘rimi?Noto‘g‘ri, negaki kofening tetiklashtirish xususiyatining o‘rnini bosuvchi boshqa foydali variantlar ham yo‘q emas. Harper’s Bazaar nashri shunday 7 alternativ bilan bo‘lishadi.
Foto: Getty ImagesSikoriy
Foto: “Argumenti i fakti”Tetiklashishni istagan, lekin kofega bog‘lanib qolishni xohlamaydiganlar uchun sikoriy damlamasi eng maqbul yechim. Ta’mi kofega o‘xshash ushbu ichimlik ungan qaraganda foydaliroq hisoblanadi. U tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lib, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Uni sut bilan qo‘shib ichish mumkin.
Kakao
Foto: “Moya gazeta”Kakao tarkibida kalsiy, magniy, temir moddasi bor bo‘lib, uni tetiklashtiruvchi sifatida ichish tavsiya qilinadi. Erta tongdan zarur ish yoki darslaringiz bo‘lsa diqqatni jamlash uchun bir finjon kakao iste’mol qiling.
Limonli suv
Foto: “Chempionat”Iliq suvga aralashtirilgan limon suvini tongda och qoringa iste’mol qilish, nafaqat kishini tetiklashtiradi, balki organizmni xususan ichaklarni tozalaydi.
Mavzuga doir: Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi
Manba