Salomatlik Salomatlik Italiyaliklar 55 kunlik karantin davomida o‘rtacha 2 kg ortiqcha vazn to‘plagani aniqlandi

Italiyaliklar 55 kunlik karantin davomida o‘rtacha 2 kg ortiqcha vazn to‘plagani aniqlandi

O'qildi: 307


Italiyaliklar 55 kunlik karantin davomida o‘rtacha 2 kg ortiqcha vazn to‘plagani aniqlandi

Italiyaliklar 55 kun davom etgan karantinda o‘rtacha hisobda ikki kilogramm ortiqcha vazn to‘pladi, deb yozadi Il Fatto Nisseno.

Foto: Freepik

Doimiy ravishda uyda o‘tirish vaznning oshishiga sabab bo‘lgan. Italiyaliklar karantin paytida odatiy sport mashqlarini bajara olmagan, ko‘p ovqat, xususan, zararli yeguliklarni iste’mol qilgan.

Qayd etilishicha, karantin vaqtida italiyaliklar stolidagi ovqat 18 foizga ko‘paygan.

Italiyaliklarning 47 foizi karantin yumshatilganidan keyin asosiy maqsadlaridan biri ozish deb biladi.

Ular parhez va sport bilan shug‘ullanib, avvalgi formasini qaytarishga urinmoqda. Italiyaliklarga 4-maydan boshlab bog‘ va xiyobonlarda sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.