Qanday qilib millioner farzand tarbiyalash mumkin? Ilon Maskning onasi farzandlarni tarbiyalash siri bilan bo‘lishdi
Supermodel va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Mey Mask yaqinda o‘zining kitobini chiqardi, unga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan keyin qanday qilib uch farzandini tarbiyalagani haqida aytib bergan. O‘sha paytda Mey 31 yosh edi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, oila uchun chindan ham qiyin davr bo‘lgan – bolalarga boshpana, yaxshi ovqat va kerakli narsalar uchun tinimsiz ishlash kerak edi.
Foto: “Domashniy ochag”Mey, avvalo, bolalarida mehnatga muhabbatni kuchaytirdi – bu uning tarbiya uslubidagi asosiy tamoyillaridan biri. Tartib-intizom va kasbga muhabbat o‘z mevasini berdi, Meyning har bir bolasi taniqli va o‘z sohasida katta yutuqqa erishdi.
Foto: “Domashniy ochag”Ilon Mask Meyning katta o‘g‘li, muhandis, ixtirochi, elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Tesla hamda kosmik kemalar quruvchi SpaceX kompaniyasining tashkilotchisi va direktori. Ukasi Kimbal restoran egasi, singlisi Toska esa rejissor va prodyuser. Uning 40 dan ortiq loyihalari mavjud.
Foto: “Domashniy ochag”Mey 8 yoshidan ishlashni boshlagan. Uning oilasi shifokorlarga qo‘shni bo‘lib yashar edi. Shunda Mey singlisi bilan xat yuborishga yordam berib, soatiga besh sent ishlab topar edi. Qizlar 12 yoshga to‘lganida esa otasining shifoxonasida ishlay boshladi. Ular bemorlarga qabul vaqtini tayinlar, choy keltirish va boshqa yengil ishlarni bajarardi.
Foto: “Domashniy ochag”“Ota-onam meni qanday tarbiyalagan bo‘lsa, xuddi shunday usulni farzandlarimda qo‘lladim: mustaqil, halol, mehribon, e’tiborli va odobli. Shuningdek, men ularga ko‘p mehnat qilish va xayrli ishlar qilish qanchalar muhimligini anglatdim. Ular bilan hech qachon bolalardek munosabatda bo‘lmaganman va urishmaganman. Hattoki hech qachon nimani o‘rganishi kerakligini ham aytmaganman. Bundan tashqari, sira ham ularning uyga vazifasini ham tekshirmadim, bu o‘zlarining majburiyati edi”, − deydi Mey.
Foto: “Domashniy ochag”Mey Maskning so‘zlariga ko‘ra, bolalar tanlovni o‘zlari qilishi kerak va bu uchun to‘liq javobgarlikni ham zimmasiga olishi kerak, chunki bu ularga keyingi hayotida, albatta, yordam beradi. Masalan, u farzandlariga qaysi kollejda o‘qishi, qanday kasb tanlashi, buning uchun yig‘iladigan hujjatlar va anketalarni to‘ldirishni o‘zlariga qo‘yib bergan.
Foto: “Domashniy ochag”“Farzandingizga odob-axloqni o‘rgating. Ular nima xohlashlarini o‘zlari hal etsin” – deydi Mey Mask.
Foto: “Domashniy ochag”Shuningdek, supermodel ota-onalarga farzandlariga yengil va boy hayotni taqdim etishga urinmaslikni maslahat beradi. Masalan, uning farzandlari kollejda o‘qiyotgan paytda juda qiyin sharoitda yashagan. Ular yerga to‘shalgan matrasda va besh kishidan iborat gavjum xonada uxlagan, ammo bu ularga zarar bermagan.
Foto: “Domashniy ochag”Biroq Meyning to‘ng‘ich o‘g‘li Ilon bu masalada boshqacha fikrda. Sababi uning 6 farzandi hashamatli qasrda yashaydi va faqat taklifnoma bilan kirish mumkin bo‘lgan xususiy ta’lim muassasalarida o‘qiydi.
Manba