AQShlik 100 yoshni qarshilagan onaxon uzoq umr ko‘rish siri nimada ekanligini aytdi
AQShning Nyu-York shtati Nort-Tonavanda shahrida yashovchi ayol 100 yoshga to‘ldi. U uzoq umr ko‘rish sirini oshkor qildi, deb yozadi Ken-Ton Bee mahalliy nashri.
Foto: Ken-Ton Bee100 yoshli Lenor Kerrolning so‘zlariga ko‘ra, qanday qilib bu yoshga kirib qolganidan uning o‘zi ham hayratda.
Ayol saratonni boshdan kechirgan hamda so‘nggi paytlarda qariyalar uyida yashab kelayotgan edi. U turli o‘yinlar o‘ynashni hamda yangiliklarni kuzatishni yaxshi ko‘radi.
Kerrolning aytishicha, uning uzoq umr ko‘rishiga yaqinlariga bo‘lgan mehr-muhabbati sabab bo‘lgan.
U o‘z vaqtida shahardagi birinchi qon tahlil markaziga asos solgan, grippga qarshi emlash jarayonlariga ko‘mak bergan, eri bilan turli paradlarga figuralar yasagan, kam ta’minlanganlarga bepul ovqatlar yetkazib bergan hamda turli xayriya tadbirlarini tashkillashtirgan edi.
Avvalroq britaniyalik 105 yoshli ayol o‘zining tug‘ilgan kunida uzoq umr ko‘rish siri bilan bo‘lishgan edi.
Mavzuga doir:
- Dunyoning eng keksa kishilaridan biri uzoq yashash sirlarini oshkor qildi
- 112 yoshli britaniyalik sayyoraning eng keksa erkagi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
Manba