Bel og‘rig‘ining bir nechta sabablari hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
Katta yoshlilarning deyarli 80 foizi vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Agar ish jarayoni harakatsizlikni talab qilsa, tez-tez stress bezovta qilsa yoki bolani qo‘lda ko‘tarib yurishga to‘g‘ri kelsa, albatta, bel og‘rig‘ining oldini olish haqida bilish qo‘yish lozim. “Noviy ochag” nashri bu borada sinalgan bir necha usullar bilan bo‘lishdi.
Foto: “aif.ru”Ehtimol, og‘riqning sababi o‘zingizdadir
Tasavvur qiling-a, yoshi o‘ttizdan oshgan ayolni oilasi, ishi va ro‘zg‘or yumushlarini o‘z ichiga olgan to‘liq ro‘yxati bor. Bu degani, ayolning deyarli dam olishga vaqti yo‘q, u doimo shoshadi va asabiylashadi. Natijada stress yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi, bu ko‘pincha bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda, ish kunini kompyuterda o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanmaslik, yetarli miqdorda suv ichmaslik, lekin shu bilan birga qahvani haddan tashqari ko‘p ichish holatlari kuzatiladi. Beldagi og‘riqdan xalos bo‘lish uchun kundalik odatlarni o‘zgartirish kerak. Birinchidan, kofeinni o‘z ichiga olgan ichimliklardan voz kechish juda muhim: bu organizmning suvsizlanishiga, shu jumladan umurtqa pog‘onasi orasining birikishiga olib keladi. Agar ushbu qism yetarli miqdorda suyuqlikni o‘z ichiga olmasa, umurtqa pog‘onasi shikastlanishi va, albatta, og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerak. Uchinchidan, organizmda ro‘y berayotgan holatlarni kuzatib borish lozim.
Umurtqa pog‘onasini ehtiyot qiling
Umurtqa orasidagi diskni murabboli shirinlik deb hisoblash mumkin: uning ichida gelga o‘xshash jelatinli suyuqlik mavjud. Bu umurtqa pog‘onasining moslashuvchanligini ta’minlaydigan va shikastlanishdan himoya qiladi. Ammo yosh ulg‘aygan sari ular kamroq namlikni o‘zlashtira boshlaydi va umurtqa zaiflashadi. Uzoq muddatli jismoniy mashqlar, umurtqa pog‘onasining g‘ayritabiiy holati yoki jarohatlanishi namlikni yo‘qotishni tezlashtiradi va ichki jelatinli suyuqlikning kamayishiga olib keladi. Albatta, ushbu holatda og‘riq kuzatiladi. Belni himoya qilish uchun oddiy qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi.
Sumkangiz 2,5 kilogrammdan og‘irmi? Uni yengillashtiring
Ko‘pchilik deyarli butun umri davomida kosmetika, hujjat, salfetka, atir, bir shisha suv, bir nechta shirinlik, elektron kitob, zaxira qo‘lqoplar va yana boshqa narsalarni sumkada olib yuradi. Avvalo sumka ichidagi keraksiz narsalardan voz kechish kerak. Do‘konda sumka tanlayotganda, uzunligi sozlanadigan modellarga ustunlik berish zarur. Agar sumkaning tasmasi juda uzun bo‘lsa, belga yuk tushishi ortadi. Albatta, yengil sumkalarni sotib olish yanada yaxshi. Ko‘chada ketayotganda, yuk bir tekisda taqsimlanishi uchun sumkani o‘ng va chap yelka bilan almashtirib turishni unutmaslik kerak.
Bir soatdan ortiq bir joyda o‘tirmang
Agar tez-tez bel og‘rig‘i bezovta qilsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Agar kerak bo‘lsa, yallig‘lanishga qarshi dori-darmonlarni qabul qilish va og‘riq yo‘qolganidan keyin ularni qo‘llashni tashlab qo‘yishdan ko‘ra, davolanish kursini yakunlash muhim.
Oyoqlarni stulning g‘ildiraklariga qo‘ymang
Ayollarning ofis kreslolarida qanday o‘tirishini bilasizmi?Ularning aksariyati oyoqlarini yerga emas, balki stulning g‘ildiraklariga qo‘yadi. Bu holat bo‘yin va yelkaning mushaklariga qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Agar kunning ko‘p qismi kompyuter qarshisida o‘tsa, tunda belning og‘rishi tabiiy holat. Kresloning balandligini to‘g‘rilab turib, oyoqlarni yerga tekis qo‘yish kerak. Bundan tashqari, yozish, o‘qish yoki ovqatlanayotganda boshni oldinga egmaslikka harakat qilish lozim. Sababi oddiy: boshning vazni 4-5 kilogrammni tashkil qiladi va u egilganda bo‘ynidagi yuk ikki barobar ortadi.
Yon tomon bilan uxlashni odat qiling
Agar ko‘pincha qorin tomon bilan uyquga yotilsa, umurtqa pog‘onasi tinchlanmaydi, balki yanada charchaydi va ertalab tetik uyg‘onishning imkoni bo‘lmaydi. Natijada kun davomida bel og‘rig‘i kuzatiladi?Kechqurun, yotishda yon tomon bilan tizzalar orasiga tekis yostiq qo‘ying kerak, bu belni ham dam olishiga yordam beradi.
Baland poshnali tuflilarda yurishni yoqtirasizmi? Press mashqini bajaring
Bel og‘rig‘i — har kuni baland poshnali tufli kiyadigan ayollarning haqiqiy muammosi. Bu poyabzal muvozanatni saqlash uchun belni zo‘riqishiga majbur qiladi. Agar bir vaqtning o‘zida bel mushaklari va qorin bo‘shlig‘i press qilinsa, ular umurtqa pog‘onasi uchun tayanchga aylanadi va kamroq darajada azoblanadi. Har kuni qorin bo‘shlig‘ini mustahkamlash mashqlarini bajaring va poshnada 2-3 soatdan ko‘p yurmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi.
Belda og‘riq bormi?Yotishga shoshilmang
Aksariyat hollarda(taxminan 90 foiz) beldagi og‘riqlar mushaklarning zo‘riqishi bilan bog‘liq va barcha shikoyatlarning faqat 10 foizi surunkali kasalliklar tufayli paydo bo‘ladi. Buning sababini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish va jiddiy narsa aniqlanmasa, yotishga shoshilmaslik kerak. Odatiy hayot tarzini davom ettirib, kichik o‘zgarishlar e’tiborli bo‘lish muhim. Og‘ir narsalarni ko‘tarmaslik, bel qismini juda ko‘p egmaslik va agar bel juda qattiq og‘risa, shifokordan maxsus korset taqishni maslahatlashish mumkin.
Manba