Salomatlik Salomatlik Tishlar salomatligiga kundan kunga ko‘proq putur yetkazadigan 6 ta zararli odat

Tishlar salomatligiga kundan kunga ko‘proq putur yetkazadigan 6 ta zararli odat

O'qildi: 403


Tishlar salomatligiga kundan kunga ko‘proq putur yetkazadigan 6 ta zararli odat

Tishlarni ehtiyotkorlik bilan yuvish va tish shifokoriga muntazam ravishda tashrif buyurish — tish salomatligi kafolatlangan, degani emas. Aksariyat insonlar o‘zi bilmagan holda ularga zarar berib boradi. Marie Claire nashri uzoq vaqt davomida chiroyli tabassumni saqlab qolish uchun nima qilishni to‘xtatish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Tirnoqlarni tishlash

Ba’zilarda tashvishlanayotganda yoki biror narsa haqida chuqur o‘ylaganda doimiy ravishda tirnog‘ini tishlash odati bor. Afsuski, bu zararsiz ko‘ringan odat tishlarda yoriq, shuningdek, tish emalining yemirilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tirnoq tishlash paytida jag‘ning pastki qismi g‘ayritabiiy burchak ostida oldinga qarab o‘sadi. Vaqt o‘tishi bilan bu temporomandibular buzilishni keltirib chiqarishi va og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Tishlarni g‘ijirlatish

Tishlarning ixtiyorsiz bir-biriga ishqalanishi bruksizm deb ataladi va bunga stress yoki uyqu apnesi sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu odat jag‘ og‘rig‘iga, tishlarning parchalanishiga, yuz mushaklari faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, agar siz yoki yaqinlaringiz tishlarini g‘ijirlatayotganingizni sezsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilib, bu muammoni hal qilish lozim.

Tishlaringizni juda qattiq yuvish

Qattiq tolali tish cho‘tkasi bilan juda uzoq va qattiq yuvish nafaqat tish emaliga zarar yetkazadi, balki milk uchun ham yaxshi emas. Buning o‘rniga tishlarni yumshoq cho‘tkadan foydalanib, uch-to‘rt daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Har qanday narsani tishlar bilan ochish 

Shisha, sumka va boshqa har qanday qadoqlarni tishlar bilan ochish juda ham yomon odat. Bu tishning sinishi yoki darz ketishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Kam suv ichish

Toza ichimlik suvini yetarli darajada ichish sog‘lom tishlar garovidir. Gap shundaki, bir stakan suv og‘izdan oziq-ovqat zarralari, bakteriya va kislotalarni yuvishga yordam beradi. Sharob yoki qahva ichgandan so‘ng darhol suv qoplama(blyashka) keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarni yuvib tashlaydi.

Ortiqcha ovqatlanish

Oshqozon-ichak traktidan tashqari, muntazam ravishda ortiqcha ovqatlanish tishlar uchun juda zararli. Og‘izdagi ovqat qoldiqlari zararli bakteriyalar uchun ajoyib nishondir, ayniqsa qoldiqlar shirinlikniki bo‘lsa. Bakteriyalar shakar bilan oziqlanganda, ular tish emalini zaiflashtiradigan va milkka zarar yetkazadigan kislotalarni ishlab chiqaradi.

Foto: Marie Claire


Mavzuga doir:

  • Qaysi biri zararli — olma yoki shokolad?Tish salomatligi haqidagi ko‘pchilik ishonadigan yanglish fikrlar
  • Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
  • Tishlar va gaymorit: ularning qanday bog‘liqligi bor va birinchi navbatda nimani davolash kerak?
  • Faqat og‘riganda emas: tish shifokoriga darhol borish kerak bo‘lgan simptomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.