Ayollar garderobidagi bel og‘rig‘iga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 ta narsa
Moda ortidan ta’qib qilish bilan ko‘pincha ayollar o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Britaniya Xiropraktika Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining 73 foizi noto‘g‘ri tanlangan kiyim va buyum tufayli bel og‘rig‘idan aziyat chekmoqda. Shuningdek, ayollarning 28 foizi kiyilgan libos, taqinchoqlar bel va uning holatiga ta’sir qilishidan xabardor, ammo qolgan 33 foizi ularning qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilmaydi.
Foto: Getty Images“Bemorlarning aksariyati ularning kiyimlari va aksessuarlari bel sohasiga ta’sir qilishi, shu bilan birga, surunkali skolioz va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishini bilmaydi. Ammo ayrimlari bularni bilgan holda zarar yetkazadigan kiyimlarni kiyishda davom etadi va og‘riqni yengib o‘tishlari hayratga soladi”, − deydi BXA terapevti Tim Xatchful.
Xatchfulning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi kiyimlar zararli bo‘lib, tizza va sonda harakatlanishni qiyinlashtiradi, shu sababdan arteriyalar zo‘riqadi va qon aylanishini sekinlashtiradi.
Bel og‘rig‘iga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 ta narsa bilan tanishing:
- Tor jinsi shim;
- Bir yelkaga osiladigan hajmi katta sumka;
- Katta kapushonli palto;
- Baland poshnali tufli;
- To‘piqsiz poyabzal.
“Biz bulardan butunlay voz kechish kerak demaymiz, ammo ulardan foydalanishda me’yorni saqlash kerak, − deydi Xatchful. − Masalan, har kuni baland poshnali tufli kiyish zarar. Agar kuni bo‘yi tik oyoqda yurishga to‘g‘ri kelsa, baland poshnadan voz kechish kerak. Hech bo‘lmaganda ish joyida qulay bo‘lgan libos va oyoq kiyimlardan foydalanish lozim. Buning uchun tana, albatta, egasidan minnatdor bo‘ladi”.
Foto: PinterestAytgancha, so‘nggi bir necha yil ichida shifokorlar tez-tez tor jinsi shim zararlari haqida gapirmoqda. 2015-yilda 35 yosh ayolning juda tor jinsi shimi tufayli oyoq va to‘piqlar ishib, yurolmaydigan darajada zaiflashgani haqida kasallik tarixi mavjud. Bemorga “kompartment” sindromi tashxisi qo‘yildi. Unga ko‘ra, ortiqcha bosim tufayli tana a’zolari ishishi kuzatilgan.
Ko‘pincha ayollar bir yoki ikki o‘lcham kichik libosni kiyish ozdirishga yordam beradi, deb o‘ylaydi. Afsuski, bunday emas. Vazn tashlashdan avval ham qulay va keng libos kiygan ma’qul. Yaxshisi, vazn tashlagandan so‘ng bir necha o‘lchamga kichik libosni sotib olish tavsiya etiladi.
Katta hajmdagi shlyapalardan iloji boricha kamroq foydalanish kerak. Sababi u bo‘yinni toliqtirib qo‘yadi.
Foto: “fashionhot.ru”Har kuni foydalaniladigan sumka hajman katta bo‘lsa, darhol kichikrog‘idan ishlatish tavsiya etiladi. Sumka qancha katta va og‘ir bo‘lsa, bo‘yin va bel shuncha taranglashadi. Qo‘ltiq ostiga taqish kerak bo‘lgan sumkalar ham umurtqa pog‘onasi va yelka uchun xavfli hisoblanadi.
Baland poshnali oyoq kiyimlar umurtqa pog‘onasini zo‘riqtiradi. Shuning uchun bunday poyabzalni vaqti-vaqti bilan past poshna yoki krossovkalar bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, ishda, uyda yelka holatiga e’tiborli bo‘lish muhim. Odatda ular to‘g‘ri va ikki cheti biroz yerga qarab turishi kerak.
Manba