Salomatlik Salomatlik Ayollar garderobidagi bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan buyumlar

Ayollar garderobidagi bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan buyumlar

O'qildi: 289


Ayollar garderobidagi bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan buyumlar

Har bir ayol vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘ini boshdan kechiradi. Ko‘pchilik bu muammoni noto‘g‘ri o‘tirish yoki harakatsiz turmush tarzi bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Biroq buning sababi garderobda bo‘lishi mumkinligini bilasizmi?Yaxshi tomoni shundaki, muammoning yechimi juda oddiy. Bel salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchta narsadan imkon qadar kamroq foydalanish mumkin. Grazia nashri ular haqida batafsil ma’lumot berdi.

Baland poshnali tuflilar

Foto: Grazia

Muntazam ravishda baland poshnali tufli kiyadigan ayollarda bel og‘rig‘i kuzatilishi tabiiy. Ushbu turdagi poyabzallar qomatni tubdan o‘zgartiradi — bo‘ksa qism g‘ayritabiiy ravishda oldinga chiqib, belni ortiqcha zo‘riqtiradi.  Imkon qadar baland poshnali tuflilarni maxsus joylargagina kiyish yoki bel bilan bog‘liq muammolar his qilinsa, almashtirish uchun har doim qulay bo‘lgan baletka olib yurish tavsiya etiladi.

Hajman katta sumkalar

Foto: Grazia

Qizlar, albatta, juda ko‘p, ayniqsa, bir kun kelib kerak bo‘lib qoladigan narsalarni o‘z ichiga olgan og‘ir va katta sumkalarni olib yurishga odatlangan. Ushbu aksessuar tufayli yuk gavda qismiga bir tekisda taqsimlanmaydi — bo‘yin va umurtqa pog‘onasining faqat bir qismigina og‘irlikni ko‘tarib yurishga majbur. Hamisha sumkada ko‘p narsa olib yurishga to‘g‘ri kelsa, ryukzaklardan foydalanish ham qulay, ham zararsizdir.

Tor bichimdagi djinsi shimlar

Foto: Grazia

Urfning yaxshi tomoni shundaki, hozirda qizlar ko‘proq keng bichimdagi djinsi shimlarga murojaat qilmoqda, ammo ba’zilari hali ham tor djinsilar bilan xayrlashishni xohlamaydi. Albatta, bu yaxshi emas. Shimlarning tor bichimdagi modeli oyoq, son va belga bosim o‘tkazadi. Bu erkin harakatlanishga to‘sqinlik qiladi va odatdagidan ko‘ra ko‘proq bel siqilishiga olib keladi.

Mavzuga doir:

  • Bel og‘rig‘ining 13 sababi va muammoni hal qilish usullari
  • O‘tirib ishlash nima uchun zararli va muammoning oldini qanday olish mumkin?
  • Buyraklar qanday og‘riydi?Ayollar ko‘pincha e’tibordan chetda qoldiradigan simptomlar
  • Nima uchun oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish zararli?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.