Salomatlik Salomatlik Tizza bo‘g‘imlari artrozi: kelib chiqish sabablari va davolash usullari

Tizza bo‘g‘imlari artrozi: kelib chiqish sabablari va davolash usullari

O'qildi: 302


Tizza bo‘g‘imlari artrozi: kelib chiqish sabablari va davolash usullari

Tizza bo‘g‘imining artrozi eng keng tarqalgan ortopedik patologiyalardan biri. Bu tizza bo‘g‘imlarining surunkali kasalligi bo‘lib, tog‘ayni shikastlanishi, ingichkalashishi va suyakni yemirilishiga olib keladi. Doimiy og‘riq sindromi tufayli bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradi va nogironlikni keltirib chiqaradi.

Foto: Pinterest

Kelib chiqish sabablari:

  • Genetik moyillik;
  • Shikastlanishlar;
  • Inson yoshiga mos kelmaydigan jismoniy xatti-harakatlar, masalan, yoshi keksa odamlarga asfaltda yugurish zarar keltiradi bu mashq paytida tizza bo‘g‘imiga sezilarli bosim tushadi, distrofik o‘zgargan tog‘aylarga shikast yetadi.
  • Ortiqcha vazn va semirish;
  • Аrtrit – tizza bo‘g‘imlarini yallig‘lanishi sinovial suyuqlik ko‘payishiga va uning sifati buzilishiga olib keladi.
  • Metobolik kasalliklar – masalan, kalsiy moddasining yetarli emasligi suyaklarda va tog‘aylarda distrofik o‘zgarishlarga olib keladi.
  • Yassi oyoqlik – og‘irlik markazini siljitadi va bo‘g‘imlarga noto‘g‘ri kuchlanish tushadi.
  • Stress va asab tarangligi – organizmda metobolik o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.
Davo choralari:

Tizza bo‘g‘imlari artrozini davolashning asosiy vazifalari:

  • Tog‘ay va suyakdagi degenerativ jarayon rivojlanishining oldini olish;
  • Og‘riq va reaktiv yallig‘lanishni to‘xtatish;
  • Bo‘g‘imlar funksiyasini yaxshilash.
Davolashda dorivor va dorivor bo‘lmagan usullar qo‘llaniladi. Dorivor usul bilan davolanganda og‘riqni to‘xtatish, yallig‘lanishni tuzatishga qaratilgan dorilardan foydalaniladi. Dorivor bo‘lmagan usulda davolash badan tarbiyasi, har turdagi fizioterapiya muolajalari, sog‘lom turmush tarzi kiradi.

Tizza artrozini davolash keng qamrovli bo‘lishi kerak. Muvaffaqiyatli davolashning muhim shartlaridan biri o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va erta davolashni boshlash. Bu remisiya muddatini uzaytiradi, tog‘ay va suyak shikastlanishi hamda tizza bo‘g‘imining deformatsiyasining oldini oladi.

Аytib o‘tish kerakki, bugungi kunda ushbu kasallikdan butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Faqat yuqorida aytib o‘tilgan o‘zgarishlarni kamaytirish mumkin. Аsosiy e’tibor tog‘ay to‘qimalarini tiklovchi dorilarga qaratilgan, bu jarayon uzoq davom etadi  va bemordan sabr talab qilinadi, chunki boshqa davolash muolajalari qisman yordam beradi va vaqtinchadir. Shuning uchun shifokor bilan doimiy muloqotda bo‘lib davolanish eng yaxshisidir. Umuman olganda, bu kasallik ikkilamchi, ya’ni boshqa kasalliklar fonida paydo bo‘ladi, masalan, semirish, jarohatlanish, stress kabi. Bularning hammasini shifokor hisobga olgan holda muolajalarni boshlaydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.