Koronavirusga chalingan insonda qancha vaqtgacha kasallikning yuqish xavfi saqlanib qoladi?
Koronavirusning alomatsiz tashuvchilari qancha vaqtgacha xavfli hisoblanadi yoki alomatlar yo‘qolganidan keyin qachondan boshlab kasallik yuqishi ro‘y bermaydi?Bu pandemiyaga qarshi kurashni ko‘p jihatdan belgilaydigan asosiy masaladir.
Foto: “rg.ru”Koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamli belgilari COVID-19’ning sirli jihatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kasallikka chalingan ayrim bemorlar vafot etadi, ayrimlari tuzaladi. Yana ba’zi insonlarda esa hatto alomatlari ham sezilmaydi.
Qancha odamda koronavirus alomatlarsiz kechishi mumkin?
Yuqumli kasalliklar shifokorlarining ta’kidlashicha, virusning alomatsiz tashuvchisi ko‘p, ammo aniq raqamni aytib bo‘lmaydi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, koronavirus ularga nega boshqalarga o‘xshab ta’sir qilmasligi hozircha noma’lum.
Odamlar kasallik bilan turlicha munosabatda bo‘ladi, kimdir vafot etadi, boshqasi esa ikki marotaba aksirib, ertasi kuni sog‘ayib ketadi. Bu bemorlarga tasalli beradi. Ammo bolalar yaqinlari, keksa qarindoshlari, o‘qituvchi va enagalari uchun xavfli hisoblanadi.
Shuningdek, alomatsiz tashuvchilar epidemiyaning tarqalishiga qancha hissa qo‘shishi ham noma’lum. Ehtimol, alomatlar bo‘lmasa, virus zarralari kamroq tarqalar?Olimlar hali buni aniqlamagan, ammo dastlabki tadqiqotlar boshqacha, koronavirus geografiyasini kengaytirishda alomatsiz tashuvchilarning o‘rni katta.
Hanuzgacha aniq javob topilmaganining sababi – koronavirus holati juda tez rivojlanmoqda va ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish esa ko‘p vaqt talab etadi.
Koronavirus tashxisi qo‘yilganlarda kasallikni yuqtirish xavfi haqida nima deyish mumkin?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bemorda alomatlar namoyon bo‘lganda eng yuqumli davri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, agar odamda quruq yo‘tal, yuqori isitma, nafas olishda qiyinchilik bo‘lsa, o‘pkada virus zarralari soni yuqori deb hisoblanishi mumkin. Koronavirus nusxalari qancha ko‘p bo‘lsa, kasallikning yuqish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Infeksiyaning asosiy maqsadi – tananing fiziologik ta’siridan foydalanib, kengroq tarqalishdir.
Ba’zi bemorda yo‘tal to‘xtagan bo‘lsa ham yuqtirish xavfi saqlanib qolgan bo‘ladi. Hatto yengil bo‘lganlarda ham. Chunki kasallik 2-14 kungacha davom etishi mumkin. Shuningdek, bu vaqt ichida bemor atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Alomatlar o‘tgandan keyin ham yuqumli kasallik o‘rtacha 12 kun davom etadi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari har kim o‘zini kasallik tashuvchisi sifatida tasavvur qilishni tavsiya etadi. Bundan shuni anglash mumkinki, o‘z-o‘zini yakkalash tartibi, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘llarni tez-tez yuvish katta ahamiyatga ega.
Manba