Salomatlik Salomatlik Bilib qo‘ygan yaxshi: Yurak yetishmovchiligidan darak beruvchi 6 simptom

Bilib qo‘ygan yaxshi: Yurak yetishmovchiligidan darak beruvchi 6 simptom

O'qildi: 302


Bilib qo‘ygan yaxshi: Yurak yetishmovchiligidan darak beruvchi 6 simptom

Yurak kasalliklari erta o‘limga olib keladigan sabablar orasida yetakchilik qiladi. Shu sababdan ham uning rivojlanayotganidan darak beradigan simptomlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va vaqtida oldini olish kerak.

Foto: IVONA

Nafas qisishi

Yurak yetishmovchiligida ichki a’zolarning qon bilan ta’minlanishi va ishlashi qiyinlashadi. Bu esa o‘pkalarga ham ta’sir etadi va oddiy harakatlar bajarilganda ham nafas qisishi, hansirash kuzatiladi. Agar sizda bu kabi simptom kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Shishlar

Yurak yetishmovchiligida buyrak faoliyati ham yomonlashadi — tuz va suyuqlikni “utilizatsiyalash”ni eplolmagani sabab oyoq sohasida shishlar kuzatila boshlaydi. Poyabzal oyoqni qisishni boshlashi va terida rezinka izlari paydo bo‘ladigan bo‘lsa, kardiologga murojaat qiling.

Yo‘tal va o‘pka xirillashi

Ayniqsa, yotganda avj oladigan yo‘tal e’tibordan chetda qolmasligi kerak bo‘lgan jiddiy simptom hisoblanadi. Gap shundaki, yurak yetishmovchiligi kuzatilganda ba’zida o‘pkaga suyuqlik to‘planib, shish va o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Charchoq

Zinapoyadan chiqqandan keyin bosh aylanishi, oddiy uy yumushlaridan keyin charchoq his qilinganda mazkur simptomlarni yosh o‘tishi yoki zo‘riqish bilan bog‘liq tabiiy hol, deb o‘ylab, bee’tibor bo‘lmang. Yetishmovchilikda yurak qon yetkazib berishda qiynaladi va hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarni mushaklar hisobidan ta’minlashga urinadi. Shu sabab tez charchab qolish seziladi. Oldingidan ko‘ra kundalik vazifalarni bajarishda tez charchab qolishni sezsangiz, kardiologga murojaat qiling.

Hazm qilishda muammolar

Ishtaha susayishi, ko‘ngil aynishi va oshqozondagi muammolar, hazm a’zolarining yetarlicha qon bilan ta’minlanmayotganidan darak berishi mumkin. Bu esa rivojlanayotgan yurak yetishmovchiligining belgisi.

Pulsning tezlashishi

Puls chastotasi, yurak qon-tomir tizimining salomatligi uchun nazorat qilib turilishi kerak bo‘lgan eng muhim uch parametrdan biri hisoblanadi. Pulsning doimiy tezligi yurak zo‘riqishni boshdan kechirayotgani va yordamga muhtojligini bildiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.