Asosan ayollarda kuzatiladigan, saraton rivojlanayotganidan darak beruvchi simptomlar
Odatdagidek tuyilgan, ammo qayta-qayta takrorlanib turadigan simptomlar oqibati yaxshilik bilan tugamasligi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar paydo bo‘lishi
Bitmaydigan yaralar, milklardagi oq va qizil dog‘lar, shishlar zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligini bildiradi. Gap shundaki, bular og‘iz bo‘shlig‘i yoki hiqildoq saratonidan darak berishi mumkin.
Qorin shishishi
Qorin shishishi ayrim omillar bilan bog‘liq bo‘lib, onda-sonda kuzatilib turishi mumkin, lekin doimiy ravishda davom etsa va qabziyat bilan birga namoyon bo‘lsa, bu bachadan saratonidan darak bo‘lishi mumkin. Ishtaha yo‘qolishi va odatiy bo‘lmagan tez to‘yishga ham bee’tibor bo‘lmaslik kerak.
Doimiy yo‘tal
Uch hafta davomida ham qolmagan, ammo O‘RVI xos bo‘lgan simptomlar, bosh og‘rig‘i va kuzatilmayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi. O‘pka saratonidan tashqari, yo‘tal leykemiya rivojlanayotganidan xabar berishi mumkin.
Qorin sohasida og‘riq va ko‘ngil aynishi
Oshqozon va hazm muammolari bilan muammo borligi, qorin sohasida doimiy og‘riq bo‘lsa va o‘tib ketmasa, ko‘ngil aynishi ham tinch qo‘ymasa, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak. Bu leykemiya yoki qizilo‘ngach, jigar, oshqozon osti bezi, shuningdek, kolorektal saratonning belgilari bo‘lishi mumkin.
Tez-tez shamollash
Tez kasal bo‘lish, harorat ko‘tarilishining takrorlanib turishi kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga borishni kechga qoldirmang. Tez-tez shamollash va isitmalash leykemiyaning ilk simptomlaridan biri.
Yutinishga qiynalish
Tomoqqa bir narsa tiqilganidek hisni tuyish, yutinishga qiynalish bir necha kundan beri kuzatilib kelayotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Yutinishga qiynalish bir qancha saraton turlari – tomoq, oshqozon hatto o‘pka saratoni simptomi hisoblanadi. Bundan tashqari, tomoqqa nimadir tiqilgandek bo‘lishi, qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Tushunarsiz ko‘karish va momataloqlar
Birgina sababsiz ko‘karish bilan vahimaga tushish yaramaydi. Lekin bunday tushunarsiz momataloqlar tez-tez va ko‘p, ayniqsa, qo‘l va barmoqlarda kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Bu leykemiya boshlanayotganidan darak berishi mumkin.
Vazn yo‘qotish
To‘satdan ozib ketish hech qachon o‘z-o‘zidan va bejiz bo‘lmaydi. Vazn yo‘qotish boshqa kasalliklar bilan birga qizilo‘ngach, jigar, oshqozon osti bezi va limfa tugunlari saratoniga xos alomat bo‘lishi mumkin.
Surunkali charchoq
Asabiy ish kuni yoki kundalik yumushlaridan keyin charchash tabiiy hol, lekin arzirli sabab bo‘lmasa ham charchab qolish kuzatilsa va doimiy bo‘lsa, demak, bir gap bor. Bu simptomning saraton bilan aloqasi bo‘lmagan taqdirda ham leykemiyaga xos belgi ekanligini unutmaslik kerak.
Boshning doimiy og‘rishi
Avvallari sizni migren bezovta qilmagan bo‘lsa, ammo endilikda muntazam ravishda kuzatiladigan bo‘lsa, mutaxassisga ko‘ringaningiz yaxshi. Miya saratoni va leykemiyaning boshlanishida shunday muammo kuzatilishi mumkin. Unutmang bosh og‘rig‘ining takrorlanaverishida og‘riqsizlantiradigan dori vositalari bilan “aldab” yurish yaramaydi.
Qon aralash najas
Ko‘pincha bu simptom bavosil yoki ichaklar bilan bog‘liq ayrim kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Lekin shunday bo‘lsa ham shifokor ko‘rigidan o‘tgan yaxshi, ayniqsa, yoshingiz 50 dan katta bo‘lsa. Yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanayotgani ehtimoli ham yo‘q emas.
Manba