Salomatlik Salomatlik B12 vitamini tanqisligi: belgilari va uning hayotiy funksiyalarga ta’siri

B12 vitamini tanqisligi: belgilari va uning hayotiy funksiyalarga ta’siri

O'qildi: 351


B12 vitamini tanqisligi: belgilari va uning hayotiy funksiyalarga ta’siri

Organizmdagi uch muhim funksiya — asab sog‘lig‘ini saqlash, qon aylanishi va DNK sintezi — B12 vitaminida mavjud. Agarda ushbu vitamin yetishmasa, odam kuchli holsizlik va charchoqni his qiladi, deb yozadi Express.

Foto: “Kubnews.uz”

Harvard Health ma’lumotlariga ko‘ra, B12 vitaminining tanqisligi belgilarni sekin-asta vujudga keltirib, ularni kuchaytirgan holda juda sekin shakllanishi mumkin. Biroq ayrim holatlarda B12 vitamini tanqisligi nisbatan tez shakllanadi.

Mazkur ozuqa tanqisligi turli belgilarni yuzaga keltirishi hisobga olinadigan bo‘lsa, uni boshqa biror kasallik bilan adashtirib yuborish qiyin emas.

Agarda inson o‘zida B12 tanqisligini gumon qilsa, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

  • oyoq va qo‘l barmoqlarining uvushib qolishi yoki sanchishi;
  • muvozanat saqlashdagi muammolar;
  • anemiya(kamqonlik);
  • tilning shishishi va yallig‘lanishi;
  • diqqatning buzilishi va xotira yomonlashuvi;
  • holsizlik;
  • ozib ketish.
B12 tanqisligini yuzaga keltiradigan ikkita asosiy omil mavjud — xavfli anemiya va ovqat ratsionida vitamin yetishmasligi.

Xavfli anemiya — bu autoimmun kasallik bo‘lib, u organizmning ichki faktorlarini — oshqozonda sintez qilinadigan va ichaklarda B12 vitaminining so‘rilishi uchun kerak bo‘lgan oqsilni ishlab chiqarishiga xalaqit beradi.

Shuningdek, turli diyetalar, xususan, vegetarian va vegan diyetalari B12 vitamini tanqisligi yuzaga kelish xavfini oshiradi. B12 vitamini asosan hayvon mahsulotlarida va boyitilgan ovqatlarda mavjud.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.