Salomatlik Salomatlik Qorindagi yog’larni jismoniy mashqlarsiz yo‘qotish uchun 8 tavsiya

Qorindagi yog’larni jismoniy mashqlarsiz yo‘qotish uchun 8 tavsiya

O'qildi: 296


Qorindagi yog’larni jismoniy mashqlarsiz yo‘qotish uchun 8 tavsiya

Salomatlik uchun foydali ekani bilan har doim ham jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish yoddan ko‘tarilishi yoki ayrim sabablarga ko‘ra bajarilmasligi mumkin. Bunday vaqtda qanday ozish mumkin?

Foto: Pixabay

Sabzavot iste’mol qiling

Qorindagi ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lishni istasangiz, barra yoki parda pishirilgan sabzavotlar iste’mol qiling. Tarkibidagi kletchatka hazm jarayoni va qondagi qand miqdorining me’yorda bo‘lishi uchun foydali bo‘libgina qolmay, oshqozonni to‘ldiradi va buning hisobiga siz kamroq iste’mol qilasiz.

Ovqatlanish rejimiga rioya qiling

Qachon qorningiz ochganida yoki pala-partish ovqatlansangiz, bel sohasida yog‘ to‘planaveradi. Bunda organizm stressni his qiladi va energiyani sarflashdan ko‘ra uni zaxira qilishni ma’qul biladi. Bundan tashqari, vaqtida tanovul qilmagandan keyin yo‘l-yo‘lakay zararli taom va mahsulotlarni iste’mol qilishga to‘g‘ri kelishi, bu esa salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Har kuni sutli mahsulotlarni iste’mol qiling

Qorindagi yog‘ning yana bir sababi ichaklar faol ishlamasligi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunga hazm jarayoni va metabolizmni yaxshilaydigan foydali bakteriyalar yetishmasligi sabab bo‘ladi. Foydali bakteriyalarning koni esa sutli mahsulotlar hisoblanadi va shu sabab ham ularni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Smuzi va sharbatlardan voz keching

Parhezshunoslar allaqachon sharbatlarni foydali va zararsiz, deb hisoblamay qo‘ygan. Smuzi va sharbatni muntazam iste’mol qilish yurak qon-tomir kasalliklari va ichki a’zolarda yog‘ to‘planishi xavfini oshiradi. Olma, apelsin butunligicha yeyilganda fruktoza bilan birga, salomatlik uchun foydali bo‘lgan kletchatka, smuzi yoki sharbat ichilganda esa faqat shakar iste’mol qilinadi.

Spirtli ichimlik iste’mol qilmang

Spirtli ichimliklar tarkibidagi kaloriyalar semirishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, uning hatto oz miqdordagi iste’molidan keyin ham moddalar almashinuvi sekinlashadi, yog‘ energiyaga aylanmasdan, zaxira bo‘lib to‘planadi. Qolaversa, spirtli ichimlik qorinda yog‘ to‘planishining oldini oluvchi oshqozon traktidagi foydali bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Kofein miqdorini kamaytiring

Qahva — siydik haydash xususiyatiga ega va u qancha ko‘p iste’mol qilinsa, organizmda suyuqlik va tuz shuncha kam ushlanib qoladi, degan fikr xato. Kofeinni me’yordan ko‘p iste’mol qilish organizmning suvsizlanishi, hazm tizimining yomonlashishi, buning oqibatida metabolizm buzilishi va qorin chiqishiga sabab bo‘ladi.

Soyadan voz keching

Soya dukkaklarida semirish va qorin shishiga olib keladigan kimyoviy jihatdan estrogen garmoniga o‘xshash birikma bo‘ladi. Shu sababdan qayta ishlangan, fermentlanmagan soya — soya suti va soya suvi iste’mol qilishni kamaytirish kerak.

Uyqudan avval yalpizli choy iching

Yalpiz — oshqozon ichak traktining tinchlanishiga yordam beradigan va shishining oldini oladigan tabiiy mahsulot. Yalpizli choy uyqudan avval ichilganda asab tizimini tinchlantiribgina qolmay, qorin kirishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.