Salomatlik Kasalliklar Buyrak kasalliklari — alomatlari, turlari, tashxislash va davolash usullari

Buyrak kasalliklari — alomatlari, turlari, tashxislash va davolash usullari

O'qildi: 592




Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari — siydik tizimining ushbu a’zolari normal faoliyatiga to’sqinlik qiladigan turli patologiyalarni o’z ichiga oladi. Buyrak kasalliklarining har birini o’ziga xosligi, turli klinik ko’rinishi va davolash usullari mavjud. Aslida ko’plab buyrak kasalliklari asimptomatik, ya’ni alomatlarsiz kechadi va bemorlar o’z salomatliklari bilan mavjud muammolar haqida bilishmaydi. Shuning uchun, buyrakning asosiy kasalliklari qanday bo’lishini tushunish, ularning alomatlari va davosini bilish muhimdir.

BUYRAK KASALLIKLARI

Ko’pincha bemor o’zida buyrak kasalligining o’tkazib yuborilgan bosqichi mavjudligini tasodifan bilib qoladi, u shifokor huzuriga mutlaqo boshqa muammodan shikoyat qilib kelgan bo’ladi. Shifokorlar buyraklarni hatto o’zaro «soqov a’zolar» deb ham atashadi, chunki kasallikning dastlabki belgilari ayrim holatlarda buyrak ishdan chiqganidagina paydo bo’ladi.

Albatta, shifokorlar kasallik mavjudligidan qon tahlilini ko’rish vaqtida shubha qilishlari mumkin, ammo buning uchun bu tahlil nefrologning qo’liga tushishi kerak, bu esa juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi. Aksariyat hollarda bemorlar bunday turdagi shifokor mavjudligini birinchi marta miokard infarkti tashxisi bilan kasalxonaga tushganda bilishadi.

Gap shundaki, buyraklar normal ishlamay qo’yganda, qonda kalsiy miqdori keskin ravishda oshadi, kalsiy esa qon tomir devorlarida cho’kib, to’planish xususiyatiga ega. Buning natijasida qon tomir bo’shlig’i torayadi. Shu sababli, buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarning ko’proq qismi 30-40 yoshida vafot etadi. Bunday holatda o’lim sababi yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi.

Har qanday mamlakat byudjeti uchun buyrak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni davolash juda qimmatga tushadi. Masalan, gemodializ muolajasi narxi turli joylarda farqi bilan 50-100 AQSh dollari ekvivalentidagi summani tashkil qiladi, bu muolajani bemor haftasiga uch marta olishi kerak. Shuning uchun ham har bir bemor davolanishga qodir bo’lmaydi. Shunday qilib, har million kishidan faqat 212 nafari ishonchli gemodializ bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, muolajani faqat yetarli miqdorda byudjetli hududlarda olish mumkin. Xuddi shu narsa buyrak transplantatsiyasi uchun ham o’rinli.

Buyrak patologiyasi bilan og’rigan bemorlarda kasallik o’z vaqtida aniqlansa, davolash ham samarali, ham arzonroq bo’ladi, shuning uchun yiliga bir marta buyraklar ultratovushli tekshiruvini o’tkazish, tegishli tahlillar topshirib turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan shaxslar, xususan gipertonik bemorlar, qandli diabet bilan kasallanganlar, semizlik va aterosklerozdan aziyat chekadiganlar bunga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Shuni esda tutish kerakki, quyidagi omillar buyrak kasalligining boshlanishiga turtki bo’lishi mumkin:
  • Tana vaznining keskin pasayishi, bunda sabab bo’lib buyrakni o’rab turgan yog’li kapsulaning kamayishi xizmat qiladi.
  • Semizlik. Ortiqcha yog’ buyrakka bosim o’tkazib, uning ishini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, sezmizlikda qon tomirlar tonusi yomonlashadi.
  • Qandli diabet.
  • Zararli odatlar (chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish). Spirtli ichimlik suvsizlanishiga olib kelishi natijasida qon quyuqlashadi, tamaki tutuni esa eng kuchli kanserogendir. Bularning hammasi buyraklarning ishiga salbiy ta’sir qiladi.
  • Yuqori qon bosimi buyrak tomirlariga zarar yetkazadi va ularning faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.
O’z sog’lig’ingizga nisbatan ogoh bo’lsangiz, buyrak kasalligi mavjudligini quyidagi keng tarqalgan belgilar orqali shubha qilish mumkin. Shunday qilib, buyrak faoliyatidagi buzilish alomatlari:
  • Ko’z ostida xaltalar paydo bo’lishi bilan kechadigan yuzning shishishi, oyoqlarning shishishi. Kechga kelib shishlar qaytadi. Teri quruq, rangsiz, ehtimol sarg’aygan bo’ladi.
  • Pielonefrit va gidronefrozga bel sohasifagi og’riqlar ishora qilishi mumkin.
  • Tez charchash, kuchsizlik, isitma, bosh og’rig’i — bu alomatlarning hammasi buyrak kasalligidan shubha qilishga undaydi.
  • Shifokorga borish uchun o’rinli sabab bo’lib siydikning hidi, rangi, miqdori buzilishi xizmat qiladi.

BUYRAK KASALLIGI: PIELONEFRIT

Pielonefrit — surunkali buyrak kasalligi. Kasallik urologik amaliyotda keng tarqalgan. Urologga qilingan barcha tashriflar holatlarining 2/3 qismi o’tkir yoki surunkali pielonefrit kasalligiga tashxis qo’yish bilan yakunlanadi.

BUYRAK KASALLIKLARI: GLOMERULONEFRIT

Glomerulonefrit — bu asosan buyrak koptokchalarining shikastlanishi bilan kechadigan immunoyallig’lanishli kasallik. Patologik jarayonga shuningdek buyrak naylari va interstiyalar ham jalb etiladi. Patologiya ham birlamchi bo’lishi, ham boshqa tizimli kasalliklar fonida rivojlanishi mumkin.
Ko’pincha glomerulonefritdan bolalar aziyat chekadi, bu kasallik siydik tizimining infektsion kasalliklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari, glomerulonefrit boshqa urologik kasalliklarga qaraganda ko’proq nogironlikka olib keladi, chunki u buyrak yetishmovchiligining erta rivojlanishini keltirib chiqaradi.

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

O’tkir buyrak yetishmovchiligi — bu buyak faoliyatining buzilishi bo’lib, ba’zi hollarda bu jarayonni ortga qaytarish mumkin. Kasallik a’zoning jiddiy darajada yoki to’liq ishdan chiqishi bilan tavsiflanadi. Buyraklar bajaradigan barcha funktsiyalar buziladi: ajratuvchi, sekretor, filtrlash.

SIYDIK-TOSH KASALLIGI — UROLITIAZ

Siydik-tosh kasalligi — bu buyraklarda toshlar shakllanishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Agar tosh faqat buyraklarning o’zida bo’lsa, buyrak-tosh kasalligi (nefrolitiaz) haqida gapiriladi. Ammo ko’pincha toshlar siydik pufagi va boshqa a’zolarda ham uchraydi. Ushbu kasallik keng tarqalgan, asosan 25-50 yoshli bemorlarda tashxislanadi.

GIDRONEFROZ

Gidronefroz — siydik passaji buzilishi hissasiga binoan kosacha-jom kompleksining kengayishi sababli rivojlanadigan buyrak to’qimasining atrofiyasidir. 60 yoshgacha kasallikka ko’proq ayollar chalinadi, 60 yoshdan keyin esa erkaklar. Bu erkaklarda prostata adenomasi yoki prostata saratoni rivojlanishi bilan bog’liq.
Nefron va buyrak naylarining atrofiyasi kasallikning yakunidir. Kasallik siydik chiqishi qiyinligi tufayli siydik yo’llarida bosimning oshishi, filtratsiya funktsiyasi zararlanishi va a’zoning qon bilan ta’minlanishi buzilishidan boshlanadi.

BUYRAK RIVOJLANISHINING ANOMALIYALARI

BUYRAK NEFROPTOZI

Buyrak nefroptozi a’zoning patologik harakatchanligi — uning o’rnini vertikal holatda 2 sm, gorizontal holatda 3 sm`dan ko’proqqa siljishi bilan tavsiflanadi.

BUYRAK POLIKISTOZI

Buyrak polikistozi a’zolarning tug’ma anomaliyalariga mansub bo’lib, ularda ko’plab kistalar hosil bo’lishi bilan tavsiflanadi. Patologik jarayonga har doim ikkala buyrak ham jalb qilinadi.

BUYRAK DISTOPIYASI

Buyrak distopiyasi — bu buyrak joylashuvining buzilishidir. Ushbu anomaliya rivojlanishning tug’ma nuqsonlariga mansub. Buyraklar past joylashishi, chanoq bo’shlig’i, ko’krak qafasiga siljigan bo’lishi mumkin.

BUYRAKNING YOMON SIFATLI O’SMALARI

Buyraklarning yomon sifatli o’smalari — buyrak to’qimasining turfa xil yomon sifatli transformatsiyalarini birlashtiradigan kasalliklar guruhidir. Onkologik kasalliklarning umumiy massasi ichra buyrak saratoni 2-3% hollarda uchraydi. Ko’pincha kasallikdan 40 yoshdan oshgan kishilar aziyat chekishadi.

BOSHQA TURDAGI BUYRAK KASALLIKLARI

Buyrakning kamroq tarqalgan boshqa kasalliklariga quyidagilar kiradi:
  • Albuminuriya — proteinuriya, siydikda oqsil bo’lishi;
  • Ksantogranulematoz pielonefrit — buyrak to’qimasi yallig’lanishining o’ta kamyob shakli bo’lib, unda ko’p miqdorda makrofaglar va limfoid hujayralar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi;
  • Nefrit — turli etiopatogenezli buyrakning yallig’lanishli kasalliklari.
  • Nefritik sindrom — buyrak kasalliklari fonida rivojlanadigan simptomakompleks;
  • Nefropatiya — buyrak koptokcha apparati va parenximasining turli etiologiyali shikastlanishlari;
  • Nefroskleroz — buyrak to’qimasining biriktiruvchi to’qima bilan almashishi bilan tavsiflanadigan patologiya;
  • Nefrotik sindrom — generalizatsiyalangan shishlar, massiv proteinuriya, gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya, giperlipidemiya bilan tavsiflanadigan holat;
  • Pionefroz — yiringli-destruktiv pielonefritning terminal bosqichi hisoblanadigan kasallik;
  • Buyrak tubulyar atsidozi — raxitsimon kasalliklardan biri bo’lib, doimiy metabolik atsidoz, qon zardobida xlor konsentratsiyasining oshishi va past darajadagi bikarbonatlar bilan tavsiflanadi;
  • Denta sindromi — Хр11.22 xromosomasida joylashgan xlorid kanal geni (CLCH5-gen) mutatsiyasi tomonidan chaqirilgan kasallik;
  • Tubulopatiyalar — organik moddalar va elektrolitlarning naychali transporti buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi;
  • Sistinuriya — sistin aminokislotasi reabsorbtsiyasi buzilishi va uning siydik bilan chiqib ketishi ko’payishi;
  • Emfizematoz pielonefrit — o’tkir yiringli pielonefritning kamyob shakli bo’lib, buyrak to’qimasida glyukozani kislota va CO2 ga parchalaydigan mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladi;
  • IgA-nefropatiya — mezangial hujayralarning o’choqli yoki diffuz proliferatsiyasi bilan tavsiflanadigan kasallik.
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.