Organizmda saraton rivojlanayotganidan darak beruvchi 9 simptom
Ayollar aksariyat hollarda e’tibor bermaydigan, saraton rivojlanayotganidan darak beradigan 9 simptom haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: “Domashniy Ochag”Og‘izdagi bitmayotgan yaralar
Og‘iz bo‘shlig‘ida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan va bitmaydigan yaralar, milklardagi oq va qizil dog‘lar, shishlar og‘iz bo‘shlig‘i saratoni rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. O‘tib ketadi deb kutmasdan darhol shifokorga murojaat qiling.
Qorin shishi
Qorin shishi bezovta qilaversa va o‘tib ketmasa shifokorga borishni unutmaslik kerak. Ushbu alomat qabziyat bilan kechadigan bo‘lsa, tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.
Tos sohasida og‘riq
Og‘riqning besabab paydo bo‘lishi va uzoq vaqt davomida ham o‘tib ketmasligi shifokorga borish va UTT orqali tekshirtirishga sabab bo‘la oladi. Bu tuxumdonlar saratoniga xos alomat bo‘lishi mumkin.
Doimiy yo‘tal
Allergiyangiz bo‘lmasa va uch hafta oldin O‘RVI kasalligi bezovta qilmagan, shuningdek, tomoq og‘rig‘i va burun oqishi singari simptomlar bo‘lmasa ham yo‘tal kuzatiladigan bo‘lsa, unda shifokorga murojaat qilishni kechga qoldirmang.
Ko‘ngil aynishi va qorinda og‘riq
Qorindagi spazm va ko‘ngil aynishi doimiy hamrohingiz bo‘lsa, shifokorga borishni kechiktirmaslik kerak. Muammo gastrit yoki oshqozon yarasi yo bo‘lmasa, oshqozon yoki ichaklar saratoni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tez-tez shamollash
Inson umri davomida virusli kasalliklar bilan kasallanishi tabiiy, ammo bu yilda to‘rt martadan ko‘p takrorlansa, shifokorga murojaat qilishni unutmaslik kerak.
Yutinishga qiynalish
Yutinishda qiyinchilikka uchrash bilan birga, tomoq og‘rishi va angina kuzatilishi o‘pka, tomoq yoki oshqozon saratoni rivojlanayotganidan ogohlantirishi mumkin.
Besabab ko‘karishlarning paydo bo‘lishi
Tananing turli qismlarida ko‘karishlarning to‘satdan paydo bo‘lishi leykomiyadan darak berishi mumkin. Gap shundaki, kasallik sabab qon kislorod bilan ta’minlab bera olmaydi va terida ko‘karishlar kelib chiqadi.
Vaznning keskin kamayishi
Vaznning odatdagidan keskin kamayib ketishi organizmda muammo borligi hatto o‘simta rivojlanayotganidan ogohlantirishi mumkin. Befarq bo‘lmasdan shifokorga boring.
Manba