Salomatlik Salomatlik Xotira yomonlashishining 8 sababi va nima uchun ushbu simptomlarga befarq bo‘lmaslik kerak?

Xotira yomonlashishining 8 sababi va nima uchun ushbu simptomlarga befarq bo‘lmaslik kerak?

O'qildi: 344


Xotira yomonlashishining 8 sababi va nima uchun ushbu simptomlarga befarq bo‘lmaslik kerak?

Inson o‘ziga xos bo‘lmagan unutuvchanlikni sezsa, qarindosh va do‘stlar ismini adashtirib qo‘ysa, darhol kerakli so‘zni topa olmasa, avtobus raqamini yodidan chiqarsa, eng avval nima haqida o‘ylashi kerak?Stress, charchoq yoki xotira susayishimi?

Foto: “Esculap.med-ru”

Xotiraning vaqtincha bo‘lsa ham susayishi jiddiy alomatdir, ammo doim ham bu demensiya kasalligini bildirmaydi. Lekin bundan xotirjamlikka berilish kerak emas, aksincha shifokorga murojaat qilish kerak.

Anemiya

Qonda gemoglobin darajasi qancha past bo‘lsa, miyaga shuncha kam kislorod boradi va o‘zining vazifalarini uddalash shuncha qiyin bo‘ladi. Agar bemorga anemiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, albatta, gemoglobin miqdorini kuzatib borish kerak. Bordi-yu uning darajasi tushib ketsa, xotira buzilishi vaqti kelganidan ogohlantiradi. Agar ilgari anemiya kasalligi boshdan kechirilmagan bo‘lsa, umumiy qon tekshiruvidan o‘tish va gemoglobin darajasiga e’tibor berish kerak. Agar u 120 g/l dan past bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Yallig‘lanish jarayoni

Har qanday yallig‘lanish muqarrar ravishda zaharlanishni keltirib chiqaradi. U qanchalik kuchli bo‘lsa, oddiy harakatlarni amalga oshirish shuncha qiyin kechadi. Ayniqsa, grippga chalingan yoki og‘ir ORVI bilan kasallangan kishi buni his etib ko‘rgan. Bunday vaqtda ilgari qiyinchiliksiz amalga oshirilgan vazifalar endilikda g‘ayritabiiy harakatlarni talab qiladi. Buning uchun umumiy qon testi o‘tkaziladi, leykotsitlar hamda eritrotsitlarning cho‘kindi darajasi aniqlanadi. Agar ularning darajasi yuqori bo‘lsa, organizmda yallig‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda vaqtni boy bermasdan, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qalqonsimon bez kasalliklari

Qalqonsimon bezning eng keng tarqalgan ikki kasalligi – gipotireoz va gipertireoz bo‘lib, ikkisi ham xotiraga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Gipotireozda qalqonsimon bez organizm ehtiyojidan kam bo‘lgan gormonlar ishlab chiqarganda moddalar almashinuvi jarayoni sekinlashadi. Natijada bemorda depressiyaga o‘xshash holat yuz beradi, bu esa boshqa narsalar qatori xotiraning zaiflashishi bilan birga kuzatiladi. Agar juda ko‘p gormonlar ishlab chiqarilsa, gipertireoz, asab tizimi, asab hujayralari susayadi, biror ma’lumotni xotirada saqlab qolish qobiliyati pasayadi.

Bu vaziyatda endokrinolog ko‘rigidan o‘tish, qalqonsimon bez holatini tekshirish, tegishli gormonlar bo‘yicha tekshiruv olib borishni ortga surmaslik zarur. Hech bo‘lmaganda yiliga bir marotaba buni amalga oshirish kerak. Ayniqsa, yod va quyosh nurlari yetishmaydigan mintaqalarda yashovchi insonlarga ko‘proq tavsiya etiladi.

Gipertoniya va gipotoniya

Qon bosimi 130/90 dan yuqori va 110/70 dan kam insonlar diqqatni jamlash va xotiradagilarni qayta ishlash qobiliyati haqida shikoyat qilishi tabiiy hol. Bosimning oshishi bilan tomirlar torayib, miyani yetarli darajada qon bilan ta’minlay olmaydi, shuningdek, kislorodning yetib borishi ham qiyinlashadi. Shuning uchun qon bosimini nazorat qilish, ayniqsa, 40 yoshdan oshganlar uchun juda muhim.

Qandli diabet

Nerv hujayralari uchun asosiy energiya manbayi – glyukoza hisoblanadi. Qandli diabet tufayli qonda uning miqdori juda ko‘payadi, ammo insulinga chidamliligi oshgani sababli hujayraga kira olmaydi. Miya esa och holda yashashga majbur bo‘ladi. Agar xotira g‘ayritabiiy ravishda buzilgan bo‘lsa, shuningdek, zaiflik, doimiy chanqoq va hojatxonaga borishga ko‘proq ehtiyoj sezilsa, kechikmasdan qonda glyukoza miqdorini tekshirtirish kerak. Qandli diabet xotira kasalligining rivojlanish xavfini jiddiy ravishda oshiradigan kasallikdan biri hisoblanadi.

Suvsizlanish

Agar uyqu vaqtida, jismoniy faollikda yoki oddiygina modda almashinuvi jarayonlarida yo‘qotiladigan suv miqdori har kuni to‘ldirilmasa, tana tom ma’noda suvsizlanib qoladi. Miya bu holatda normal ishlashi mumkinmi?Shuning uchun ham tez-tez suv ichish tavsiya etiladi.

Toksoplazmoz

Uy hayvonlari bilan ishlashda gigiyenaga rioya qilinmasa, yuqtirish mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklar mavjud. Toksoplazma tomonidan chiqarilgan neyrotoksin asab hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Natijada xotira susayadi. Shuning uchun ko‘riklardan muntazam o‘tish tavsiya etiladi.

Gerpes

Ushbu virus harakatsiz bosqichda bo‘lsa ham, xavfli sanaladi. Virus DNK neyronlarida uxlaydi va ma’lum sharoitlardagina ularning faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shunday qilib, agar gerpes paydo bo‘lsa, xotiraning to‘satdan buzilishi infeksiyaning qayta tiklanganini aniqlash uchun yaxshi sababdir. Ayniqsa, yaqin oradan kuchli stress yuz bergan bo‘lsa, buni tezroq amalga oshirish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.