Diqqatni jamlash va xotira bilan bog‘liq muammolar: miya faoliyatining buzilishi haqida nimalarni bilish kerak?
Miya faoliyatining buzilishi alohida kasallik emas, balki boshqa kasalliklarning alomatidir. Bu kognitiv disfunksiyaning bir turi bo‘lib, unda xotira muammolari, aqliy ravshanlikning yo‘qligi, konsentratsiyaning yomonligi va diqqatni jamlay olmaslik kiradi. Ba’zi odamlar buni ruhiy charchoq deb ham ta’riflashadi. Miyaning zo‘riqishiga qarab, u ishlash yoki o‘qishga xalaqit berishi mumkin.
Foto: GraziaMiya faoliyatidagi buzilishlar haqida ko‘plab tushuntirishlar mavjud. Lekin u bilan kurashishdan avval sabablarni aniqlash lozim:
Stress
Surunkali stress qon bosimini oshirishi, immunitetni zaiflashtirishi va depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy charchoqni keltirib chiqaradi. Miya faoliyati buzilgach fikrlash, fikr yuritish va diqqatni jamlash qiyinlashadi.
Uyqusizlik
Uyqu sifati miya faoliyatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Kechki sakkizdan boshlab, iloji boricha 9 soat uxlashga harakat qilish lozim. Uyquning yetishmasligi konsentratsiyaga olib kelishi mumkin.
Diyeta
Diyeta ham miya faoliyatining buzilishiga hissa qo‘shishi mumkin. B12 vitamini sog‘lom miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va uning yetishmasligi kognitiv funksiyaga ta’sir qiladi. Agar allergiya yoki ta’sirchanlik kuchli bo‘lsa, ba’zi mahsulotlar iste’molidan keyin ham bu holat rivojlanishi mumkin.
Dori vositalari
Agar ba’zi dori-darmonlarni qabul qilayotganda miya faoliyatida o‘zgarish sezizlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ushbu alomat preparatning ma’lum nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkin. Dozani kamaytirish yoki boshqa doriga qabul qilish simptomlarni kamaytirishi mumkin.
Salomatlik
Yallig‘lanish, charchoq yoki qonda glyukoza darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq tibbiy holatlar ham ruhiy charchoqqa olib kelishi mumkin. Misol uchun, miya faoliyatidagi buzilish surunkali charchoq sindromining ko‘rsatkichi bo‘lib, u olti oydan ko‘proq vaqt davomida doimiy charchoq bilan namoyon bo‘ladi. Fibromiyalgiya bilan og‘rigan odamlar har kuni shunga o‘xshash holatni boshdan kechirishlari mumkin.
Miya faoliyatining buzilishiga olib keladigan holatlar:
- kamqonlik;
- depressiya;
- qandli diabet;
- migren;
- Alsgeymer kasalligi;
- gipotireoz;
- autoimmun kasalliklar;
- suvsizlanish.
Mavzuga doir:
- Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik
- Notinch uyqu: nima uchun tunda uyg‘onamiz va muammoni qanday hal qilsa bo‘ladi?
- Digital detoks: miyangizga dam olish va tiklanish imkoniyatini bering
Manba