Salomatlik Salomatlik O‘tkazib yuborish mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklarga xos 3 simptom

O‘tkazib yuborish mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklarga xos 3 simptom

O'qildi: 372


O‘tkazib yuborish mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklarga xos 3 simptom

Salomatlik bilan bog‘liq har qanday muammo bo‘lganda organizmda belgilar kuzatiladi va ularni payqash orqali salbiy oqibatlarni oldini olish va muammoni bartaraf qilish mumkin. Nevrolog shifokor Sergey Dlin eng ko‘p tarqalgan va ko‘pincha odamlar o‘tib ketadi deb o‘ylaydigan signallar haqida ma’lumot beradi.

Foto: Freepik

Doimiy ravishda bosh aylanishi

Salomatlikda bir gap borligidan darak beruvchi eng ko‘p tarqalgan simptomlardan biri bosh aylanishi hisoblanadi. Erkaklar hushini yo‘qotmagunicha ushbu simptomni payqamasligi, ayollar esa gormonal o‘zgarishlarga yo‘yishi mumkin. Ko‘z, ichki quloq, vestibulyar apparatda, shuningdek, mushak va qon-tomirlar hatto suyaklarda muammo borligi bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aslida esa bosh aylanishi tananing muvozanatni saqlashga javob beradigan tizimida muammo borligini bildiradi.

Bu nimadan darak beradi?

Xavfsiz bo‘lgan proksimal bosh aylanishi

80 foiz holatda bosh aylanishi shunday bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda bunday bosh aylanishi jiddiy jarohatlardan keyin kuzatiladi yoki infeksiya sabab kelib chiqadi va yosh o‘tishi bilan rivojlanadi.

Migren

Migren miyada vestibulyar apparatga javob beradigan qismida qon aylanishida muammo borligida yuzaga keladi hamda keskin og‘riq, bosh aylanishi, qayt qilish kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.

Vegetovaskulyar distoniya

Bosh aylanishi kuchli nevroz, qo‘rquv yoki vahimga tushish bilan birga kechishi mumkin. Ichki quloqning yallig‘lanishi, bosh miya va orqa miya hamda bo‘yin sohasidagi qon-tomirlar faoliyatida muammo kuzatilishi ham bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin. Shunday bo‘lsa, shifokorga borishni ortga surmaslik kerak. Tajribali mutaxassis aniq tashxis qo‘yib, qanday davo choralarini ko‘rish haqida ma’lumot beradi. Ammo nima bo‘lganda ham, o‘zingizni o‘zboshimchalik bilan davolamang.

Ko‘ngil aynishi

Bu simptomga ham ko‘pchilik bee’tibor bo‘ladi, xususan, erkaklar yegan taomi yoqmaganligiga, ayollar esa ona bo‘lishga yo‘ya boshlaydi. Ovqatdan zaharlanish va toksikozda qayt qilish kuzatilishi mumkin, ammo buning boisi boshqa jiddiy sabablar bo‘lishi mumkin.

Nimadan darak berishi mumkin?

Infarkt

To‘satdan teri rangining oqarib ketishi, qon bosimining tushib ketishi, muzdek ter bosishi va qayt qilishning birgalikda kuzatilishi o‘tkir yurak yetishmovchiligidan so‘zlashi hamda miokard infarktiga xos simptom bo‘lishi mumkin. Agar sizda ushbu belgilar paydo bo‘lsa, umurtqaga beradigan kuchli og‘riq kuzatilsa, sizda yurak xuruji yuz berayotgani ehtimoli yo‘q emas. Zudlik bilan tez yordamga murojaat qiling.

Gipertoniya va qon bosimi bilan bog‘liq muammolar

Mazkur belgilar ham ko‘ngil aynishini keltirib chiqarishi mumkin. Qattiq asabiylashish, kofeinni ichiga oladigan yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish fonida sodir bo‘ladigan ko‘ngil aynishi, qon bosimining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Shokka tushish

Stresslar va chuqur emotsional holat nazorat qilib bo‘lmaydigan ko‘ngil aynishi va qayt qilishga olib kelishi mumkin. Mazkur simptom ko‘pincha shok holatidagi kishilarda kuzatiladi.

Intoksikatsiya

Miya chayqalishi va vestibulyar apparatda muammo bo‘lsa, organizm zaharlanish, epilepsiya, ovqatdan zaharlanish va dori yoki giyohvand moddalarini me’yordan ortiq qabul qilib yuborish, ichak infeksiya va virus deb o‘ylaydi.

Uyqusizlik

Ma’lum muddat ovqatlanmasdan yashash mumkin, lekin uxlamasdan emas. Uzoq vaqt davomida to‘liq uyquning bo‘lmasligi miya va asab tizimining ishdan chiqishi, bu esa hatto aqldan ozishga olib keladi.

Uyqusizlik nimadan darak beradi?

Asab tizimi kasalliklari

Uyquning buzilishi ko‘p hollarda psixik kasalliklar, stress va asab tizimining turli kasalliklarida kuzatiladi. Bu turlicha namoyon bo‘ladi: uyquga ketish qiyin, uyqu notinch va yomon tushlar ko‘rish hamda uyg‘onish oson bo‘lmaydi. Oqibatda odam asabiy va jizzaki bo‘lib qoladi.

Endokrin tizimining ishdan chiqishi

Uyquga ketish gormonlar bilan bog‘liq bo‘ladi va ularning yetishmasligi endokrinologga borish kerakligini bildiradi. Chekish, spirtli ichimliklar iste’moli, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi ham uyquning me’yorda bo‘lmasligining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.