Salomatlik Salomatlik Kuchli charchoq va havo yetishmasligi: Anemiya haqida nimalarni bilish kerak?

Kuchli charchoq va havo yetishmasligi: Anemiya haqida nimalarni bilish kerak?

O'qildi: 322


Kuchli charchoq va havo yetishmasligi: Anemiya haqida nimalarni bilish kerak?

Doimiy holsizlik, tez-tez bosh og‘rishi, bosh aylanishi – ushbu alomatlarning sababi anemiya bo‘lishi mumkin. Quyida anemiya nima uchun paydo bo‘lishi, qanday namoyon bo‘lishi va organizmga qanday xavf tug‘dirishini ma’lum qilamiz.

Foto: Pinterest

Anemiya – bu organizmda kislorodni tashish uchun zarur bo‘lgan to‘liq qizil qon tanachalari(eritrotsitlar)yetarli bo‘lmagan holat. Qon butun organizmda aylanib, kislorodni barcha to‘qimalar va organlarga yetkazib beradi va karbonat angidridni chiqarib tashlaydi. Agar kislorod yetarli bo‘lmasa, tanada muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Anemiya turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: u irsiy yoki boshqa kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi, ovqatlanish muammolaridan kelib chiqishi yoki tibbiy aralashuvlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Anemiya borligiga shubha qilgan bemorlar ikkilanmasdan, shifokor bilan maslahatlashishi zarur, chunki bu juda jiddiy.

Nima uchun anemiya paydo bo‘ladi?

Qizil qon hujayralarining ishiga, sifatiga yoki miqdoriga turli omillar ta’sir qilishi mumkin. Bu qon hujayralari yetilishi uchun temir, vitamin B12 va foliy kislotasiga muhtoj. Ushbu komponentlardan birortasining yetishmasligi anemiyaga olib kelishi mumkin.

Qon hujayralari har kuni yangilanadi – aylanma hujayralarning taxminan 1 foizi o‘ladi va yangilari bilan almashtiriladi. Agar organizmda temir, B12 yoki foliy kislotasi yetarli bo‘lmasa, eskilari parchalanishda davom etadi va yangilari yetarli bo‘lmasligidan anemiya paydo bo‘ladi.

Anemiyaning eng keng tarqalgan sababi temir tanqisligidir. Bu anemiya bilan og‘rigan har ikkinchi bemorda uchraydi.

Anemiyani qanday aniqlash mumkin?

Anemiyaning bir nechta ko‘rinishlari mavjud. Ammo ularning ko‘pchiligi mutlaqo o‘ziga xos emas va ko‘pchilik ularning tashqi ko‘rinishini og‘ir ish, doimiy stress va zamonaviy turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablar bilan bog‘laydi.

Qattiq charchoq

Deyarli hech kim e’tibor bermaydigan anemiyaning eng keng tarqalgan alomati. Erkaklarga qaraganda kamqonlik bilan kasallangan ayollar ko‘pincha charchoqqa ahamiyat bermaydi va har kuni odatdagi mashg‘ulotlarini qilish tobora qiyinlashib borayotganiga e’tiborsiz bo‘ladi.

Anemiya tufayli to‘qima va organlarga kamroq kislorod yetkazib beriladi. Bu shuni anglatadiki, hujayralardagi barcha jarayonlar, shu jumladan, energiya olishga qaratilgan jarayonlar yomonlashadi. Hech narsaga shunchaki kuch yetmaydi.

Kuchli rangparlik

Anemiyada rangparlik juda keng tarqalgan alomatdir. Kislorodni tashishda ishtirok etadigan qizil qon hujayralarining asosiy elementi bo‘lgan gemoglobin qizil rangga ega. Shu sababli, qon qizil va teri pushti rang. Agar eritrotsitlar yetarli bo‘lmasa, terining rangi kamroq to‘yingan bo‘ladi, bu uzoq vaqt davomida ko‘rishmagan insonlarda aniq seziladi.

Havo yetishmasligi

Doimo kislorod yetishmasliga hatto chuqur nafas olish ham yordam bermaydi. Bu ham anemiya belgisidir: agar odatdagi yuk birdan juda og‘ir bo‘lib qolsa, nafas qisilishi yoki uzoq vaqt tiklanish va chuqur nafas olishni talab qilsa, bu ham kislorodni tashish bilan bog‘liq muammodir.

Tez-tez bosh og‘rig‘i

Hech qachon bosh og‘rig‘idan azob chekmaganlar doimo o‘zi bilan og‘riq qoldiruvchi tabletka olib yursa, unda kamqonlik kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin. Temir tanqisligi miyaga va boshqa organlarga zarur bo‘lgandan kamroq kislorod olishiga olib keladi, bu esa kuchli bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Bo‘r iste’mol qilish

G‘alati ta’mni afzal ko‘rish – bo‘r, qog‘oz iste’mol qilish yoki muz bo‘lagini so‘rish istagi ham temir tanqisligini ko‘rsatadi va bu anemiya alomatidir. Homilador ayollarning g‘alati ta’mga bo‘lgan afzalliklari haqida hamma eshitgan va bu imtiyozlar uchun mantiqiy tushuntirish mavjud: homiladorlik paytida kamqonlik ehtimoli juda yuqori va shuning uchun bolani ko‘targan ayollar bu noodatiy ta’mni qumsaydi.

Qattiq tashvishlanish

Keng tarqalgan, ammo ko‘pincha e'tibordan chetda qoladigan alomat shundaki, temir tanqisligi va kamqonlik aksariyat odamlarni tashvishga soladi. Gap shundaki, kislorod tanqisligi simpatik asab tizimiga ta’sir qiladi: u mo‘ljallanmagan holda ishlay boshlagach, tashvish kuchayadi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar

Temir tanqisligi qalqonsimon bezning ishiga ta’sir qiladi, u yomon ishlaydi va zarur gormonlarni kamroq ishlab chiqaradi. Bu qisman anemiya bilan bir xil alomatlar bilan tavsiflanadi: kayfiyat o‘zgarishi, haddan tashqari charchoq, depressiya.

Agar anemiya davolanmasa nima bo‘ladi?

Anemiya hayot sifatiga ta’sir qiladi: odamning kundalik faoliyatiga kuchi bo‘lmaydi, doimo tushkunlikka tushadi, xafa bo‘ladi va tom ma’noda hayot zerikarli tuyiladi. Ammo bundan tashqari, boshqa muammolar ham bor: kislorod yetishmasligi tufayli to‘qimalar va organlar yomonroq ishlay boshlaydi. Immunitet pasayadi va organizm infeksiyalarga nisbatan zaiflashadi, shuningdek, o‘pka va yurak bilan bog‘liq muammolarni rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Anemiyaning oldini olish uchun nima iste’mol qilish kerak?

Anemiyani istisno qilish uchun ratsionda yetarli miqdorda temir iste’mol qilish muhimdir. Kattalar uchun o‘rtacha kunlik normalar quyidagicha:

  • erkaklar uchun 8 mg;
  • ayollar uchun 18 mg;
  • homilador ayollar uchun 27 mg;
  • emizikli onalar uchun 9 mg.
Temirning ajoyib manbalari: mol go‘shti jigari, qizil go‘sht, dengiz mahsulotlari, jo‘xori uni, dukkaklilar, ismaloq.

Mavzuga doir:

  • Osteoporoz, anemiya va choydan voz kechishni talab qiladigan boshqa kasalliklar
  • Gemoglobinni qanday ko‘tarish mumkin va bu nima uchun kerak?
  • Kamqonlikning vaqtida aniqlash kerak bo‘lgan yashirin 7 alomati


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.