Oqqon kasalligining dastlabki 15 ta alomati
Oqqon kasalligi – turli shaklda uchraydigan qon va suyak iligi saratonining nomidir. Minglab insonlar ushbu kasallikdan aziyat chekadi, ayniqsa, ular orasida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oqqon o‘limga olib boradigan kasallikdir, ammo uni o‘z vaqtida davolash vaziyatni biroz yengillashtirishi mumkin. Shuningdek, har o‘n yilda olimlar tobora ko‘proq samarali dori topishga muvaffaq bo‘lmoqda. O‘tgan asrning 50-yillarida tashxis qo‘yilgan bemorlarning 14 foizi besh yoki undan ko‘proq vaqt yashagan, hozirda esa ularning ulushi 60 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, hozirda bir vaqtning o‘zida bir nechta dorilar sinovdan o‘tkazilmoqda, ular samarali deb topilsa, ushbu dahshatli kasallikni davolashda haqiqiy yangilik bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Ammo ko‘plab boshqa saraton kasalligi kabi davolanishning muvaffaqiyati kasallikning qanchalik tez aniqlanishiga bog‘liq. Oqqon kasalligi asosan 4 turda bo‘lishiga qaramay, alomatlarning aksariyati bir xil, ularni bilib olish esa juda muhim hisoblanadi.
Charchoq va zaiflik
Domiy charchoq hissi, ayniqsa, uning kuchayib borayotgani kasallikning ilk alomati bo‘lishi mumkin. Bu alomat ko‘pinchi saraton kasalligining belgisi bo‘lishi sanaladi. Charchoq darajasi yengil boshlanib, keyinchalik chidab bo‘lmaydigan darajaga o‘tadi. Ammo har qanday holatda ham kunlik yumushlardan odatdagidan ko‘proq charchash holati kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Nafas qisishi
Vaqti-vaqti bilan og‘ir nafas olish, nafas olayotganda siqilish – bularning barchasi tezroq shifokorga murojaat qilish kerak deganidir. Oqqonda kechadigan kamqonlik holati nafas qisilishiga olib kelishi mumkin, chunki o‘pka yetarlicha kislorod olmaydi va shuning natijasida yaxshi ishlamaydi.
Ko‘karishlar
Oqqon kasalligida qonda trombotsitlar soni keskin kamayadi. Shuningdek, qon ivishi bilan bog‘liq muammolar tanada ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Inson hech qanday jarohat olmagan bo‘lsa-da, qo‘l va oyoq qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘ladi. Bu esa xavfli alomat hisoblanadi.
Qon ketishi
Burun va milkning qonashi qonda trombotsitlar yetishmovchiligi natijasida qon quyuqlashishi muammolari namoyon bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida oqqon kasalligining jiddiy alomatini ko‘rsatgan bo‘ladi.
Petexiya – teri ostidagi mayda qizil dog‘lar
Og‘riqsiz va qo‘l-oyoqda joylashgan kichik qizil nuqta trombositlar sonining pastligini ko‘rsatadi. Ko‘pincha ular to‘piq sohasida paydo bo‘ladi.
Milklarning shishishi
Oqqon kasalligining eng aniq alomati tish milklarining shishib ketishidir. Bunday holatda bemor og‘zida noqulayliklar paydo bo‘ladi.
Ishtaha yo‘qolishi
Kasallikning yana bir alomatiga taloqning kattalashishi kiradi. Buning natijasida oshqozon siqiladi va bemor oz ovqatga to‘yadi yoki ishtahasi bo‘g‘iladi.
Qorinning yuqori qismida og‘riq yoki noqulaylik
Shuningdek, kattalashgan taloq bemorning yuqori chap qornida noqulaylik yoki og‘riqni keltirib chiqaradi. Ba’zida og‘riq juda kuchli ham bo‘lishi mumkin. Aynan shu sohada noqulaylikni his qilgan zahoti shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
Titrash va isitma
Ushbu alomat oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning to‘rtdan birida kuzatiladi. Ammo bu e’tiborsiz qoldiriladigan alomat emas. Bundan tashqari ko‘tarilgan harorat infeksiyani ko‘rsatishi va immunitetni zaiflashtiradi. Bu ham kasallikning eng aniq belgilaridan biridir.
Kechasi ko‘p terlash
Agar ertalab choyshab ho‘l bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Tunda terlash ko‘pincha oqqon kasalligi bilan kechadigan infeksiyalarning natijasi bo‘lishi mumkin.
Bosh og‘rig‘i
Tez-tez kuzatiladigan bosh og‘rig‘i ham kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli bosh og‘rig‘i miyaga qon quyilishidan darak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har qanday og‘riqqa chidash yoki dori vositasi yordamida og‘riqni to‘xtatishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.
G‘ayrioddiy rangparlik
Ushbu alomat charchoq, nafas qisilishidan keyin kuzatilishi mumkin. Bu rivojlanayotgan limfa anemiyasi haqida ogohlantiradi. Noodatiy rang bu shifokorga murojaat qilish uchun muhim sababdir.
Suyaklardagi og‘riq
Oqqon hujayralari suyak iligiga zarar yetkazishi juda keng tarqalgan alomat emas. Ammo ayrim bemorlarda ushbu alomat kuzatiladi.
Kengaygan limfa tugunlari
Bu ham oqqon kasalligining ilk alomatlaridan bo‘lib, albatta, bunga e’tiborli bo‘lish kerak. Qorinning pastki qismi, qo‘ltiq osti va bo‘yin sohasidagi limfa bezlarining og‘riqsiz shishishi yuqumli kasallik uchun qulaydir. Ammo ular uzoq vaqtgacha saqlanib tursa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Teri toshmasi
Oqqon bilan kasallangan har yigirma bemorning bittasida teri toshmalari kuzatiladi. Bu allergiyaga ham o‘xshashi mumkin. Shuningdek, toshma turli shakl va o‘lchamda bo‘lishi mumkin. Ammo ularning umumiy jihati bir xil – tobora ko‘payib, tananing katta qismini egallaydi.
Manba