Salomatlik Salomatlik Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik

Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik

O'qildi: 421


Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik

Bahor — organizm muhim vitaminlar tanqisligini boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan mavsum. Ushbu holatda ko‘pincha vitaminga boy  mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Biroq mazali ichimliklar ham D vitamini yetishmasligining oldini olishga yordam beradi.

Foto: Marie Claire

Yetarlicha D vitaminini qabul qilish salomatlikni saqlash uchun juda muhimdir. D vitamini immunitet tizimi, suyak va hatto ruhiy salomatlik uchun ham ahamiyatli. Quyoshli kunlarda D vitaminini tabiiy ravishda to‘ldirishga harakat qilinsa ham, sovuq oylarda yoki yomg‘irli mavsumda bu yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holda faol qo‘shimchalar yoki ba’zi ozuqaviy mahsulotlar quyoshli vitamin darajasini yetarli miqdorda saqlashga yordam beradi.

O‘z-o‘zidan siqilish hissini bartaraf etish uchun nimalar iste’mol qilish kerak? Bunda baliq, tuxum, yogurt va ba’zi turdagi qo‘ziqorinlar kabi mahsulotlar D vitaminiga boy va tavsiya etilgan kunlik iste’molga erishishga yordam beradi. Aytgancha, ichimliklarni ham rastionga qo‘shish mumkin. Ko‘pchilik sut mahsulotiga e’tibor bermaydi, aslida u D vitaminiga boy. Shuningdek, ushbu vitaminga boy bo‘lgan boshqa sharbatlar ham bor, masalan, apelsin sharbati.

Foto: Marie Claire

Yuqori sifatli apelsin sharbati tarkibida vitamin C, magniy, kaliy, foliy kislotasi va flavonoidlar hamda karotinoidlar kabi antioksidantlar singari bir nechta foydali moddalar mavjud. Ushbu oziq moddalar immunitetni oshirish, yurak sog‘lig‘ini yaxshilash va yallig‘lanishni kamaytiradi.

Kalsiy va D vitamini apelsin sharbatiga qo‘shiladigan eng keng tarqalgan oziq moddalar qatoriga kiradi. Samaralilik nuqtayi nazaridan, bu faol qo‘shimchalarni qabul qilish bilan deyarli bir xil. American Journal of Clinical Nutrition tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, D2 va D3 vitaminlari kapsula yoki dori shaklida bo‘lgani kabi sharbatda ham mavjud.

Agar apelsin sharbatini sotib olmoqchi bo‘lsangiz, bir nechta asosiy tomonlarga e’tibor qaratish kerak: u tabiiy boyitilgan, ya’ni tarkibida vitamin D bo‘lishi va shakar qo‘shilmagan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, kalsiy ko‘pincha tarkibda ko‘rsatilishi mumkin, ammo qadoqlarni adashtirib yubormang, chunki ba’zida sharbat D vitaminisiz faqat kalsiy bilan boyitilishi mumkin.

Shuningdek, “quyoshli vitamin”ni qabul qilishdan oldin, bu ortiqcha emas, balki haqiqatan ham kerakmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rgan ma’qul. Bir yoki boshqa vitaminning haddan tashqari dozasi juda yoqimsiz va intoksikatsiyaga olib keladi. Agar biofaol qo‘shimchalar ham foyda bermasa, D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar bo‘lishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Shuni unutmangki, D vitaminining eng sog‘lom va tabiiy manbai quyosh hammomlaridir. Agar quyosh bo‘lmasa, uni to‘ldirishning muqobil variantlariga murojaat qilish kerak. Yaxshiyamki, D vitaminiga boy ovqatlar orasida baliq, qo‘ziqorin, tuxum va sut mahsulotlari mavjud bo‘lib, ular deyarli har qanday parhezga mos keladi. Biroq mutaxassislar oziq-ovqat tarkibidagi foydali moddalarning miqdori juda past ekanligi haqida ogohlantiradi, bu esa “quyoshli vitamin” bilan boyitilgan mahsulotlarga ishonch bilan murojaat qilish mumkinligini anglatadi.

Mavzuga doir:

  • D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?
  • Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
  • Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
  • Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 5 ta vitamin


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.