Temir tanqisligini qanday bartaraf etish mumkin?
Lohaslik, loqaydlik, depressiya, charchoq, bosh og‘rig‘i, quruq teri, siyrak sochlar va mo‘rt tirnoqlar, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi — bularning barchasi tanadagi temir tanqisligi natijasidir. Bunday hollarda darhol temirga boy quyidagi mahsulotlarni ratsioningizga kiriting.
Qisqichbaqasimonlar temirning mavjudligi bo‘yicha chempiondir: 100 grammda taxminan 24 mg temir va atigi 126 kaloriya bor. Lekin bu mahsulot juda ekzotik va qimmat. Xuddi shu narsa temirga juda boy bo‘lgan ustritsalarga ham tegishli..
Temirning yana bir mazali manbai ismaloq — har bir porsiya uchun 3,2 gramm.
Foto: “Domashniy ochag”Yasmiq ham ismaloqdan qolishmaydi: yuz grammda taxminan 3,3 mg temir bor.
Foto: “Domashniy ochag”Har bir inson uchun to‘liq temir manbai — bu don mahsulotlari. Quritilgan donlarda 21,1 mg gacha, yormasida 8,1 mg gacha temir mavjud.
Foto: “Domashniy ochag”Diyetadagi yana bir muhim mahsulot — 100 grammgacha 10 mg temirni o‘z ichiga olgan jigar.
Soya loviyalarining har bir porsiyada 4,4 mg temirni o‘z ichiga oladi.
Foto: “Domashniy ochag”Qovoq urug‘ida 30 grammda 4,2 mg temir mavjud. Uni salat, sho‘rvalarga qo‘shish yoki gazak sifatida iste'mol qilish mumkin.
Oq loviya ham temirga boy — yarim stakan mahsulotda 3,9 mg temir bor. Oq loviya kaliyning ham ajoyib manbai hisoblanadi.
Foto: “Domashniy ochag”Ammo ma'lum bo‘lishicha, temirga boy mahsulotni iste’mol qilishning o‘zi yetarli emas, uni singdirish kerak. Temir normal so‘rilishi uchun organizmga C vitamini kerak. Shuning uchun temirga boy ovqatlarni sitrus mevalar — greypfrut yoki apelsin sharbati bilan iste’mol qiling.
Mavzuga doir:
- Yurakdagi og‘riq chap qo‘lga bersa, sababi nima bo‘lishi mumkin?
- Ertalab och qoringa kefirli grechka iste’mol qilish qanchalik foydali?
- Qon bosimini nazorat qilamiz: gipertoniyadan saqlanishning 3 ta oson usuli
- Teri yoshligi va go‘zalligini ta’minlaydigan D vitamini bilan bog‘liq yanglish fikrlar
Manba