Salomatlik Salomatlik Hatto shifokorlar ham ko‘zdan qochiradi: Qon saratonidan darak beruvchi 8 simptom

Hatto shifokorlar ham ko‘zdan qochiradi: Qon saratonidan darak beruvchi 8 simptom

O'qildi: 250


Hatto shifokorlar ham ko‘zdan qochiradi: Qon saratonidan darak beruvchi 8 simptom

Qon saratoni eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda har yili 200 ming kishi leykoz bilan kasallanadi va ulardan aksariyati ushbu kasallikdan vafot etadi. Salomatlikda jiddiy muammolar yuzaga kelmasligi va oqibati salbiy yakun topmasligi uchun quyidagi simptomlar kuzatilganda befarq bo‘lmasdan shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Foto: Freepik

Tushunarsiz ko‘karish va gematomalar

To‘satdan tushunarsiz gematoma va ko‘karishlarning paydo bo‘lishi, infeksion kasalliklar, qandli diabetga xos simptom bo‘lishi yoki ba’zi dori vositalarini qabul qilish oqibatida yuz berishi mumkin. Qolaversa, ushbu alomatlar rivojlanayotgan leykemiyadan ham darak berishi mumkin. Organizmdagi trombotsitlar miqdorining kam ekanligi ularning paydo bo‘lish sabablaridan biri bo‘lishi mumkin bu esa qon saratoniga xos belgi hisoblanadi.

Kuchli va tushunarsiz qon ketishi

Agar oddiy yara va kesilgan tana qismidan qon avvalgidan ko‘proq va sababsiz ketadigan bo‘lsa, bu qon saratonidan dalolat berishi mumkin. Sizda bunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, e’tiborsiz bo‘lmang shifokorga murojaat qiling.

Charchoqni his qilish

Charchoq va lohaslikni his qilish hamisha shifokorga murojaat qilish uchun sabab bo‘la oladi. Kundalik yumushlarni tugatib, ishga qaytgandan keyin o‘zingizni holsiz his qiladigan bo‘lsangiz, shifokorga borishni ortga surmang. Leykoz, ya’ni oq qon kasalligida organizm kam miqdorda qizil qon tanachalari ishlab chiqaradi va shu bois odam tez charchab qoladi.

Harorat ko‘tarilishi

Leykemiyada organizm, virus va bakteriyalar bilan kurashishga yordam beradigan sog‘lom leykotsitlar ishlab chiqara olmaydi. Shu sababdan yuqori harorat bilan birga kuzatiladigan tez-tez shamollash virusli kasalliklar qon saratoni rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Harorat 3-5 kun davomida ham tushmaydigan bo‘lsa va infeksiya qaytalanadigan bo‘lsa mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni ortga surmang.

Limfa tugunlarining kattalashishi

Limfa tugunlarida organizmni infeksiya bilan kurashishiga yordam beradigan leykotsitlar bo‘ladi. Aslida shamollash va virusli kasalliklarda ham limfa tugunlari kattalashishi mumkin, ammo boshqa simptomlar kuzatilmaydigan bo‘lsa, bu limfa tugunlari saratoni bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.

Qorin shishishi

Qorinning doimiy shishishi va kam ovqat iste’molidan keyin juda ham tez to‘yib qolishi xavfli alomat. Gap shundaki, jigar va taloqda rivojlanishi mumkin bo‘lgan limfoleykoz mazkur a’zolarning kattalashishiga olib keladi va buning oqibatida qorinda shish paydo bo‘ladi.

Suyak va bo‘g‘inlarda og‘riq

Leykemiyaning ayrim turlari, xususan, o‘tkir miyeloid leykemiya suyak va bo‘g‘inlarda og‘riq keltirib chiqaradi.

Tunda terlash

Tunda haddan ortiq terlash ham xavotirga sabab bo‘ladigan simptom. Leykemiya va limfomada tana harorati ayniqsa, kechasi sezilarli darajada ko‘tariladi va shuning hisobiga kishini ter bosadi. Sizda ushbu alomat seziladigan bo‘lsa shifokor ko‘rigidan o‘ting.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.