Salomatlik Salomatlik Odatiy ammo jiddiy kasalliklardan darak beruvchi 10 simptom

Odatiy ammo jiddiy kasalliklardan darak beruvchi 10 simptom

O'qildi: 320


Odatiy ammo jiddiy kasalliklardan darak beruvchi 10 simptom

Siz-u biz bee’tibor bo‘lgan organizmdagi belgilar, aslida, salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligini anglatishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Sal avval nima haqida gapirganini eslay olmaslik

Nima haqida gapirganini tez-tez unutish va gapirmoqchi bo‘lgan narsani eslay olmaslik miyadagi qon aylanishida muammo borligi yoki mini-insultdan darak beruvchi jiddiy simptom bo‘lishi mumkin. Hatto bir necha soniya o‘tib hammasini eslagan taqdiringizda ham, ushbu alomatga befarq bo‘lmasdan, shifokorga borib tekshirtiring. Mutaxassis vaziyat jiddiy bo‘lsa, 24 soat ichida miyani tekshirtirish kerakligini tavsiya qilishi mumkin. Qolaversa, qonni suyultiradigan va xolesterinni kamaytiradigan dori vositalari yozib berilishi mumkin. Bundan tashqari, turmush tarzini o‘zgartirish — chekish, ichish va yog‘li, sho‘r taom hamda shirinliklardan tiyilish muhim sanaladi. Miyadagi qon aylanishini yaxshilash uchun kun davomida 5 mahal kam-kamdan ovqatlanish va haftada 5 marotaba 30 daqiqadan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir.

Bir necha kun davomida ko‘zga biror narsa ko‘ringandek tuyulishi

Sog‘lom odamning ko‘rish qobiliyatida muammo bo‘lmasligi, ko‘zlarda qizarish va yoshlanish bo‘lmasligi kerak. Yana bir xavotirga arziydigan signal — to‘g‘ri chiziqni ko‘ra olmaslik hisoblanadi. Oyna yoki bir to‘p narsa to‘lqinsimon bo‘lib tuyuladigan bo‘lsa, bu ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan mushaklar hujayrasi degeneratsiyadan darak beruvchi yaqqol simptom sanaladi. Qolaversa, ko‘z oldida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan chaqnashlarga ham e’tibor qarating. Aksariyat hollarda migren boshlanayotganida kuzatiladigan ushbu o‘zgarish bosh og‘rig‘isiz ham namoyon bo‘lishi mumkin. Olamga yupqa parda ortidan qarayotgandek bo‘lish hissi kataraktaga xos eng dastlabki alomatlardan sanaladi. To‘satdan qisqa muddatga ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish yoki ko‘rishga xalal beradigan katta chaqnashning ko‘z oldida paydo bo‘lgandek tuyulishi shifokorga borib, darhol tekshirtirish kerakligini bildiradi.

Ovqatlangandan keyin jig‘ildon qaynashi

Ushbu yoqimsiz holatga oshqozondagi kislotaning qizilo‘ngachga o‘tishi bilan bog‘liq yallig‘lanish jarayoni sabab bo‘lishi, bunda og‘izda nordon ta’m sezilib, tishlar zararlanishi mumkin. Odatda bunday simptomlar kechasi avj oladi, bunga tor kiyim kiyish va keskin harakat qilish ham sabab bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda jig‘ildon qaynashidan homilador ayollar va ortiqcha vaznga ega insonlar aziyat chekishi, bunga og‘irlik tufayli ovqat hazm bo‘lishining qiyin kechishi sabab bo‘lishi mumkin. Jig‘ildon qaynashining doimiy ravishda kuzatilishi chandiq paydo bo‘lishiga olib kelishi, oqibatda yutinish qiyinlashishi hatto qizilo‘ngach saratoni ham paydo bo‘lishi mumkin. Agar sizda ushbu yoqimsiz holat haftada bir yoki undan ko‘proq kuzatiladigan bo‘lsa, albatta, shifokorga murojaat qiling. Kam-kamdan ovqatlaning va mutaxassis kislotani neytrallashtiradigan dori vositasini yozib berishi, ayrim hollarda esa qizilo‘ngach devorlarini mustahkamlash uchun jarrohlik amaliyoti qildirish kerakligini aytishiga tayyor turing.

Kun davomidagi uyquchanlik

Vaqtida uyquga yotgan taqdiringizda ham, ertalab uyg‘onishga qiynalish apnoe — uyquda nafas olishning qisqa muddatga to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onish, diqqat qilishga qiynalish hamda o‘tirish bilan uyqu bosishi kuzatilishi mumkin. Uyqu vaqtida nafas olish bilan bog‘liq muammo kuzatilishi yurak-qon tomirlar kasalligi, insult, qandli diabet singari kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini orttirishi mumkin. Bunday vaziyatda darhol shifokorga murojaat qilish, ozish, shuningdek, spirtli ichimliklardan voz kechish kerak.

Qo‘l yoki oyoq uvishishi

Uyqu vaqtida qo‘l yoki oyoqdagi qon aylanishi yomonlashishi, bu simptom jiddiy emasdek tuyilishi mumkin. Lekin bu haftada bir yoki undan ko‘proq vaqt kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Oyoq va qo‘llarning uvishishi asablar shikastlangani, doimiy ravishda takrorlanishi esa insult, diabet rivojlanayotganining dastlabki simptomlari bo‘lishi mumkin. Baxtsiz hodisadan aziyat chekkanlar yoki faoliyati bir harakatning takrorlanishi bilan bog‘liq kasb egalari xavf guruhiga kiradi.

Qorin shishishi

Aksariyat hollarda bunga haddan ortiq ovqatlanish sabab bo‘lishi mumkin, lekin qorin shishishining anemiya va umumiy vazn kamayishi bilan kuzatilishi qorin bo‘shlig‘i kasalligi, hatto saratondan darak berishi mumkin. Bu ortiqcha ovqatlanish va homiladorlik bilan bog‘liq emasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Oyoqlarda mushaklar cho‘zilganidek tuyuladigan og‘riq

Bunga jismoniy faollik emas, aksincha kam harakatlilik sabab bo‘lishi mumkin. Og‘riqning uzoq vaqt harakatsiz o‘tirganda kuzatilishi chuqur venalarning trombozi bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli yo‘q emas. Bir yarim soat davomida ofis yoki o‘qishda harakatsiz o‘tirganda oyoqlardagi qon aylanishi 50 foizga kamayadi. Trombozning asosiy simptomi qizarish va shish ekanligiga ishoniladi, aslida esa 80 foiz trombozdan aziyat chekadigan bemor oyoqlardagi og‘riqdan shikoyat qiladi.

Yaraning bitmasligi

2-3 hafta davomida ham bitmaydigan yara yoki tilinishlar bazal hujayrali karsinoma bilan bog‘liq bo‘lish mumkin. Erta bosqichlarida davolanishi mumkin bo‘lgan ushbu teri saratoni erkaklarda ayollarga qaraganda ikki marta ko‘proq uchraydi. Shu sabab ham e’tiborli bo‘lish, issiq kunlarda quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishni kanda qilmaslik kerak. Bazal hujayrali karsinoma melanomadan sekinroq tarqalishiga qaramay, shifokorga qancha kech borilsa, muammoning oqibati shunchalik jiddiy bo‘ladi.

To‘xtamaydigan yo‘tal

Bir oy davomida ham o‘tib ketmaydigan quruq yo‘tal bilan birga yutinishga qiynalish, taomning tomoqqa tiqilib qolgandek tuyilishi gastroezofageal reflyuks — kislotaning oshqozondan qizilo‘ngachga kirib borishidan darak berishi mumkin. Qolaversa, bunday yo‘tal astma, o‘pka saratoni va yurak kasalliklari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Doimiy ravishda chanqoqni his qilish

Suv ichishga bo‘lgan doimiy talab qandli diabetga xos simptomlardan sanaladi. Kasallik sabab qonda glyukoza miqdori ko‘payadi, bunda peshob ajralishi jadallashadi, oqibatda organizm suvsizlanadi. Suyuqlik zaxirasini to‘ldirish uchun odam kun davomida 10 litrgacha suv ichishi va shunda ham chanqashi mumkin bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.