Kardiolog tekshiruvidan o‘tish kerakligidan darak beruvchi simptomlar
35 yoshdan oshgan har to‘rtinchi ayol yurak kasalliklaridan vafot etadi. JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, menopauzaning dastlabki 10 yilida ayollar eng yuqori xavf ostida bo‘ladi. Yildan yilga yurak-qon tomir tizimi kasalliklari yasharib bormoqda. Shifokorlar erkaklarda yurak xuruji belgilarini ayollarnikiga qaraganda yaxshiroq bilishadi. Ayollarda yurak muammolarining namoyon bo‘lishi sezilarli darajada farq qiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Shish
Agar oyoqlarda va ayniqsa, to‘piqlarda shish paydo bo‘lganini sezsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling: bu yurak klapanining noto‘g‘ri ishlashidan darak bo‘lishi mumkin. Suyuqlik to‘planib qolishi, yurak qonni hayday olmasligi yurak yetishmovchiligiga olib keladi.
Foto: “Domashniy ochag”Bosh og‘rig‘i
Bosh og‘rig‘i, ayniqsa, bosh aylanishi bilan birgalikda yurak muammolarini ko‘rsatishi mumkin. Agar bosh og‘rig‘i zaiflik bilan kechadigan bo‘lsa, masalan, tez-tez shamollash bilan kuzatilsa, shoshilinch ravishda kardiologga murojaat qilish lozim: bu yurakka nimadir bo‘lganini, qonning kerakli darajada kislorod bilan to‘yinmaganini bildiradi.
Foto: “Domashniy ochag”Oshqozon og‘rig‘i
Ayollarda yurak xurujini kech tashxislashning eng keng tarqalgan sabablaridan biri og‘riq aynan yurakda emas, uning atrofida yuzaga kelganiga ishonishdir. Gastritga o‘xshash oshqozon og‘rig‘i ham yurak kasalliklarining eng keng tarqalgan alomatlaridan biri. Agar tez-tez jig‘ildon qaynashi yoki qorin og‘rig‘i kuzatilsa, yuragingizni tekshirtiring.
Foto: “Domashniy ochag”Hushdan ketish
Hushdan ketish qon bosimining pasayishi, yurak muammolarining alomati ham bo‘lishi mumkin. Agar hushdan ketish ora-sira kuzatilayotgan bo‘lsa, havotirlanishga hojat yo‘q. Ammo muntazam hushni yo‘qotish holatlarida, albatta, shifokorga murojaat qiling.
Foto: “Domashniy ochag”Bosh aylanishi
Agar muntazam ravishda bosh aylanadigan bo‘lib qolsa, bu arteriyaga qon tiqilib qolishi yoki yurak klapanlari ishlamay qolishi bilan bog‘liq.
Foto: “Domashniy ochag”Siqilish hissi
Yurak xurujining namoyon bo‘lishi yurak sohasida namoyon bo‘lmaydigan yana bir holat: yurak xurujini boshdan kechirgan ko‘plab bemorlar bundan ancha oldin belning yuqori qismida bosim sezganliklarini ta’kidlaydi. Yodda tuting: agar tanangizning yuqori qismida biror-bir narsa siqilayotganini sezsangiz, albatta, shifokorga murojaat qiling!
Foto: “Domashniy ochag”Mavzuga doir:
- Ma’yuslik va xafsalasizlikka qarshi: D vitamini tanqisligini bartaraf etishga yordam beradigan ichimlik
- Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
- Och qoringa ichish tavsiya etilmaydigan 4 ta ichimlik
- Tongda energiyani qayerdan olish kerak?Kun davomida tetik bo‘lishga yordam beradigan 10 ta odat
Manba