Salomatlik Salomatlik Qon tomirlarda tromblar paydo bo‘lganidan darak beruvchi 7 belgi

Qon tomirlarda tromblar paydo bo‘lganidan darak beruvchi 7 belgi

O'qildi: 451


Qon tomirlarda tromblar paydo bo‘lganidan darak beruvchi 7 belgi

Tromblar tomirlardagi qon quyuqlashib qolishidan hosil bo‘ladi. Odatda tromblar organizmni jarohatlardan himoya qiladi: qon quyuqlashib, zararlangan kapillyar yoki venadan qon ketishini to‘xtatadi. Vazifasini bajargandan so‘ng bir necha soat yoki kun ichida u xavfsiz tarzda parchalanadi va yo‘qoladi. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi.

Foot: Getty Images

Tromblar nima uchun xavfli?

Tromblar qon tomirlarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu holat tromboz deb ataladi. Ko‘pincha kam harakat qiladiganlarning oyoqlariga ta’sir qiladi. Ammo ba’zi holatda tananing har qanday qismi xavf ostida bo‘lishi mumkin.

Agar qotib qolgan qon umumiy qon oqimiga kirsa, yurak, miya yoki o‘pkadagi qon tomirlari yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Bu yurak xuruji, insult yoki o‘pka emboliyasi kasalligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hayot uchun xavfli holatni yuzaga keltiradi.

Qanday hollarda tez yordam chaqirish kerak?

  • to‘satdan nafas olish qiyinlashib, kislorod yetishmasa;
  • yo‘talganda yoki chuqur nafas olganda ko‘krakda og‘riq kuchaysa;
  • yo‘talganda qon bilan balg‘am ajralib chiqsa;
  • gapirishda qiyinchilik yuzaga kelsa;
  • ko‘rish qobiliyati yomonlashsa — ko'z oldida “tuman” paydo bo‘lsa;
  • qon bosimi keskin pasayib ketib, bosh aylanishi, hushidan ketish sodir bo‘lsa.
Tromb borligini qanday bilish mumkin?

Asoratlarning oldini olish uchun trombozni eng erta bosqichda aniqlash muhimdir. Muammo shundaki, tomirlarda tromblar borligini aniqlash oson ish emas. Ko‘pchilikda bu deyarli namoyon bo‘lmaydi. Shunga qaramay, tromblar mavjudligini taxmin qilish mumkin.

1. Oyoq yoki qo‘lda shish paydo bo‘lishi

Shish tromblar hosil bo‘lgan joyda paydo bo‘lishi yoki butun a’zoga tarqalishi mumkin. Bunday holatda faqat bitta qo‘l yoki oyoq zararlanadi.

Foot: Getty Images

2. Oyoq tomirlari tortishishi

Muntazam ravishda bo‘ladigan tomir tortishishi qon aylanishining yomon alomatidan darak beradi. Tromblar ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

3. Oyoqlarning to‘satdan og‘rishi

Bu tomir trombozining asosiy belgilaridan biridir. Mushaklardagi og‘riq qon aylanishi o‘tkir buzilishining deyarli yagona belgisidir.

4. Teri rangidagi o‘zgarishlar

Tromblar qonning normal aylanishini qiyinlashtiradi. Natijada qon tomirlarining bir qismi qon bilan to‘lib ketadi, ba’zilari, aksincha, uning yetishmasligidan aziyat chekadi. Bu teri rangidagi o‘zgarishlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin: zararlangan a’zolarda qizil yoki ko‘k rang, boshqa joylarda esa, aksincha, oqish rangda bo‘ladi.

Foot: Getty Images

5. Teri haroratining o‘zgarishi

Tromblar paydo bo‘lgan sohada teri muntazam ravishda qizib ketadi va qichishadi. Buni harorat ko‘tarilganda teriga teginish orqali sezish mumkin.

6. Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish

Agar doimiy ravishda ko‘ngil aynisa, bu mezenterial tomirlar trombozining alomati bo‘lishi mumkin. Agar qayt qilganda ham yengillik sezilmasa, ko‘ngil aynishni davom etsa, bunga tromblar sabab bo‘ladi.

7. Qorindagi og‘riq

Oshqozon to‘xtovsiz og‘risa yoki og‘riq ovqatdan keyin kuchaysa, bu ham trombozning belgisi hisoblanadi. Shuningdek, bunday holatda diareya va qorin shishishi ham kuzatilishi mumkin.

Foot: Getty Images

Agar tromboz belgilari kuzatilsa, nima qilish kerak?

Yuqoridagi belgilardan atigi bittasi kuzatilsa ham, iloji boricha tezroq terapevt bilan maslahatlashing. Shifokor tekshiruv o‘tkazadi, alomatlar haqida so‘raydi, kerak bo‘lsa, sizni tor soha mutaxassisi — flebolog yoki qon tomir jarrohiga yuboradi.

Trombozni davolash qon quyqasi qayerda joylashganiga va uning chiqib ketish xavfi qanchalik yuqori bo‘lishiga bog‘liq. Davolash usullaridan biri — shish va og‘riqni kamaytirish va tromblar kattalashishining oldini olish uchun maxsus paypoq kiyishdir. Dorilar ham tavsiya qilinishi mumkin. Oxirgi chora esa jarrohlik amaliyoti.

Shuni yodingizda tutingki, davolanishda qaysi usul eng samarali bo‘lishini faqat malakali shifokor hal qilishi mumkin. Bu masalada o‘zboshimchalik bilan davolanish mumkin emas.

Mavzuga doir: 

  • Britaniyalik shifokorlar qonda tromb paydo bo‘lishining asosiy alomatini ma’lum qildi
  • Insult va infarktsiz hayot. Kasallikka chalinmaslik uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 7 odat
  • Yasharib borayotgan kasallik: insult xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
  • Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.