Do‘konlarda sotiladigan tayyor pyurening bolalarga 3 ta zarari
Meva va sabzavotlardan tayyorlangan tayyor pyurelar mazali bo‘lgani uchun kichkintoylarning eng sevimli yeguliklaridan hisoblanadi. Qolaversa, ma’lum bir joyga borish uchun farzandlariga ovqat tayyorlab, ko‘tarib yurishni istamaydiganlar uchun ham ayni muddao. Ammo ushbu mahsulotning zararli tomonlari ham yo‘q emas.
Foto: Woman’s DayTarkibida shakar ko‘p bo‘ladi
Qo‘shimcha shakar qo‘shilmagan bo‘lsa ham bunday pyurelarda shakar ko‘p bo‘ladi. Gap shundaki, mevalarni pyure holiga keltirish uchun qayta ishlanganda, kletchatkalar yo‘qoladi va shakar qoladi. Ularning ayrimlarining bir qadog‘ida 10 gramm shakar bo‘ladi. Bunday portsiya 4 yoshdan katta bolaga mumkin bo‘lishi mumkin, ammo undan kichiklar uchun emas. Shakar ko‘pligi tishlarga ta’sir qiladi, ortiqcha vazn ortishi hatto qandli diabet rivojlanishiga olib keladi. Bolaning bir kunda qancha shakar iste’mol qilishi mumkinligi yoshga bog‘liq. 4-6 yosh bolalar kuniga 19 gramm, 7-10 yosh bola 24 gramm, 11 yosh va undan katta bolalarga esa kuniga 30 gramm shakar mumkin.
Kichkintoy pyurelarga o‘rganib qolsa, tabiiy meva sabzavotlarni iste’mol qilishni istamasligi mumkin
Tabiiy va pyure holidagi sabzavotlarning farqi katta. Pyure holiga keltirilgan sabzavot hadda ortiq shirin ekani sabab bola asl ta’mni bilmaydi bu ham yetmagandek shirinlikka nisbatan moyilligi ortib boradi. Qolaversa, bunday pyurelarga o‘rganganidan keyin tabiiy meva va sabzavotlarni iste’mol qilishni istamasligi mumkin.
Bola chaynashga erinishi mumkin
O‘ramdagi pyurelarni idishdan siqib chiqarishning o‘zi kifoya, chaynash shart emas. Bola ortiqcha urinishning hojati bo‘lmagani sabab me’yoridan ko‘proq iste’mol qilib qo‘yishi mumkin. Shu sababdan ham chaynashni o‘rgangan taqdirda ham bunga erinishi va ovqatni ham blenderda ezib berishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Chaynash bilan muammo bo‘lishi, uzoq vaqtgacha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sut tishlari o‘z vazifasini bajarmasa, erta tushishi bu esa turli stomatologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ota-onalar tarkibida uglevod yuqori bo‘lgan mahsulotlarni bolalarga bermaslikka harakat qilish kerak. Chunki ta’sir jihatidan shakarni kuchli jismoniy va psixologik qaramlikka olib keladigan moddalarga tenglashtirish mumkin.
Manba