Sut mahsulotlaridan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuzaga keladi?
So‘nggi vaqtlarda sut mahsulotlarini rad etish go‘yoki urfga aylangandek. Bu mantiqiy asoslarga ega bo‘lgan yangi tendensiyami yoki jiddiy parhezmi − anglash qiyin. Xo‘sh, mutaxassislar bu borada qanday fikrda?Ular sut mahsulotlarisiz organizm nimalarga duch kelishi haqidagi savolga javob beradi.
Foto: Harper’s BazaarOsteoporoz xavfi
Haqiqatan ham ba’zida sut mahsulotlari foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Ammo doim ham bunday emas. Undan ko‘ra, uning ijobiy va salbiy tomonlarini solishtirgan ma’qul. Shuni ta’kidlash kerakki, sut tarkibida kalsiy mavjud bo‘lib, u D vitamini tufayli ichaklarga singib ketadi. Ammo ratsionda kalsiy va D vitamin bo‘lmasa, osteoporoz xavfi ortadi.
Kuz-bahor mavsumida quyosh nuri tanqisligi yuz beradi. Uzun liboslar, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi vositalar yoki SPF kremlaridan foydalaniladi. Shu sababdan D vitamin terida sintez qilinmaydi. Buning uchun ularni dori shaklida qabul qilish yoki sutli mahsulotlardan olish mumkin.
Sutli mahsulotlar tarkibidagi kalsiy yetishmovchiligi natijasida suyaklar mo‘rtlashib boradi. Yosh o‘tgan sari suyaklarning sinish xavfi ortib, osteoporoz vujudga keladi. Oddiy ko‘ringan bu holat keksa insonlarning o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Albatta, boshqa mahsulotlar tarkibida ham kalsiy mavjud, ammo 100 gramm qattiq pishloq tarkibidagi kalsiy o‘rnini to‘ldirish uchun 15 kilogramm ismaloq yoki 1 kilogramm brokkoli iste’mol qilishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun sut mahsulotlaridan voz kechish mantiqsiz qaror hisoblanadi.
Laktoza yetishmovchiligi
Laktoza – sut tarkibidagi shakar. Inson tanasi sut shakarini fermentlar ta’siri ostida ikkita tarkibiy qismga − glyukoza va galaktozaga ajratadi. Biroz vaqt o‘tgach ushbu moddalar qon oqimiga kiradi. Ba’zi kattalar laktoza yetishmovchiligi tufayli yoki sutning yomon singishi oqibatida noqulaylikni boshdan kechiradi. Bundan tashqari, bolalarda ham bu hodisa uchrab turadi. Bu qorin bo‘shlig‘ida og‘irlik, qorin dam bo‘lishi va ba’zida diareya bilan namoyon bo‘ladi.
Sut oqsiliga allergiya
Sutga, aniqrog‘i, sut oqsiliga allergiya haqiqatan ham mavjud. Bunday allergiyaga moyil kishilar har qanday turdagi sut mahsulotlarini iste’mol qilishi mumkin emas. Sababi allergiya eshakyemi, qizarish, turli toshmalar va analitik shok bilan birga kuzatilishi mumkin.
Manba