Tonal kremi quyoshdan himoya qilmaydi: SPF vositalari haqidagi eng keng tarqalgan savollarga javoblar
Agar teri 20 yildan keyin ham hozirgidek yosh ko‘rinishga ega bo‘lishini istasangiz, SPF kremini qo‘llashni boshlang. Bu erta qarishdan himoya qiluvchi asosiy vositadir. Yana bir bor eslatib o‘tamiz, ultrabinafsha nurlarining ta’siri kollagen va elastin tolalarini yo‘q qiladi, bu esa o'z navbatida terining elastikligi va namlanishi uchun javobgardir. Shuning uchun, quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish tavsiya emas, balki zaruratdir. People Talk nashri dermatolog bilan birga SPF mahsulotlari haqidagi eng ommabop savollarga javob berdi.
Foto: PinterestQuyosh kremi faqat yozda va ko‘chada kerakmi?
Yo‘q, ultrabinafsha nurlar butun yil davomida bo‘ladi va hatto qishda teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, agar qishki quyoshda bo‘lsangiz, hatto derazadan tashqariga qarash uchun ham SPF kremi kerak.
Kremdan qancha miqdorda foydalanish kerak?
Taxminan 1,2 ml mahsulot yuzga qo‘llanilishi kerak — bu taxminan 1/3 choy qoshiq. Agar bu hajm juda ko‘p bo‘lib tuyilsa, miqdorni ikki bosqichga bo‘lish mumkin: birinchi navbatda bitta qatlam, keyin esa ikkinchi. Ko‘z atrofidagi maydonga, burun qanotlariga alohida e’tibor berish zarur va quloqlarni ham unutmaslik kerak.
Agar tonal kremi tarkibida SPF bo‘lsa, quyoshdan himoya qiladimi?
Yuzga qancha krem surtish kerakligini bilganda so‘ng bu savolga o‘zingiz javob berishingiz mumkin. Odatda tonal kremni yupqa qatlamda surtiladi va mahsulotda ko‘rsatilgan himoya darajasini olish uchun bir xil 1,2 ml qo‘llash kerak.
UVA va UVB o‘rtasidagi farq nima?
Bu ultrabinafsha nurlarining turlari. Quyosh kremi odatda ikkala turdagi nurlanishdan himoya qiladi, shuning uchun u UVA + UVB himoyasi deyiladi.
UVA nurlari barcha ultrabinafsha nurlarining 95 foizini tashkil qiladi. Aynan ular kollagen va elastinni yo‘q qilish jarayonini qo‘zg‘atadi, qarishni keltirib chiqaradi. UVA nurlari yil davomida mavjud bo‘lishi mumkin.
UVB nurlari barcha ultrabinafsha nurlarining 5 foizini tashkil qiladi. Ularning aksariyati bulutlar bilan to‘sib qo'yilgan. UVB nurlanishi epidermisga kirib boradi, buning natijasida teri nafaqat sarg‘ayadi, balki quyoshda kuyishi ham mumkin.
Quyosh nuri ostida xavfsiz vaqtni qanday aniqlash mumkin?
SPF belgisidan keyingi raqamlar quyoshda qancha vaqt o‘tkazish mumkinligini tushunish uchun berilgan. Buning formulasi mavjud: SPF X raqami terining quyosh nurlaridan tabiiy himoyalanish vaqti tipga qarab — 10, 20, 30 yoki 40 daqiqa — eritema(qizarish)oldidan quyoshda o‘tkazish mumkin bo‘lgan vaqt.
Namlantiruvchi va SPF kremini qanday tartibda surtish kerak?
Quyosh kremi terini parvarish qilishdan keyin, lekin bo‘yanishdan oldin qo‘llanilishi kerak. Birinchidan, namlantiruvchi — SPF krem va undan keyin BB kremi yoki tonal kremdan foydalanish mumkin.
Turli xil mahsulotlarning SPF ko‘rsatkichlari umumlashtirilganmi?
Namlantiruvchi va rangli kosmetikadagi quyosh kremi qiymatlari qo‘shilmaydi. Ammo himoya darajasi maksimal himoya omiliga ega bo‘lgan mahsulotga mos keladi.
SPF’ni qachon yangilash kerak?
Quyoshdan himoyalovchi kremni har ikki soatda takrorlash kerak. Dam olish joylarida quyosh kremini tez-tez yangilash yaxshiroq. Ish kunlarida esa ikki marta kifoya qiladi.
Yuzga badan uchun mo‘ljallangan himoya kremini qo‘llash mumkinmi?
Agar vosita yuzga ham, tanaga ham mos kelmasa, albatta, yo‘q. Odatda, tana kremi quyuqroq tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari yuz terisida teshiklarni yopib qo‘yishi mumkin.
SPF’dan foydalansa, teri rangi o‘zgarmaydimi?
Quyoshdan himoya qiluvchi vositalar to‘liq himoya qilmaydi. Vosita bilan quyosh nurlarining kichik bir qismi terining yuzasiga tushadi, shuning uchun teri rangida o‘zgarish yuz bermaydi.
Lab va sochlar ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan bo‘lishi kerakmi?
Ha, lekin ko‘pchilik buni unutadi. Buning uchun ko‘plab brendlar SPF filtrli maxsus soch spreyi va lab bo‘yog‘ini ishlab chiqaradi.
Qaysi SPF’ni afzal ko‘rish kerak: kimyoviy yoki jismoniy?
Jismoniy filtrlar ultrabinafsha nurlarini o‘zlashtirmaydi, balki uni o‘ziga qalqon kabi teri yuzasidan qaytaradi. Ular, kimyoviy moddalardan farqli o‘laroq, tanaga kirmaydi va gormonal tizimga ta’sir qilmaydi. Kimyoviy filtrlar, aksincha, ultrabinafsha nurlarini o‘zlashtiradi, uni energiyaga aylantiradi va shu bilan uni zararsizlantiradi. Ammo jismoniy filtrlar kimyoviy filtrlarga qaraganda xavfsizroq hisoblanadi. Ammo mahsulot tarkibiga ikkala tur ham kiritilgani yaxshiroq.
Qaysi biri yaxshiroq: sprey yoki krem?
Yuz uchun krem yoki tayoq shaklida SPF mahsulotidan foydalanish yaxshidir. Ular terida tekis qatlam hosil qiladi va barcha joylar birdek himoyalangan bo‘ladi. Badan uchun spreylar tanlash mumkin, lekin bir tekis qoplamani yaratish uchun uni bir necha marta qo‘llash kerak.
Agar teri bug‘doy rang bo‘lsa, quyosh kremini ishlatish kerakmi?
Bug‘doy rang teri quyosh va yosh dog‘lariga kamroq moyil bo‘ladi, lekin shunda ham uni himoya qilish kerak.
SPF kremini qanday yuvish kerak?
Quyosh kremini qo‘llashdan oldin terini tozalash uchun maxsus mahsulotlar kerak emas. Mitsellyar suv bilan boshlab, keyin penka yoki gel bilan yuvish mumkin. Agar mahsulot suv o‘tkazmasa yoki juda zich tuzilishga ega bo‘lsa, bo‘yanish vositasini gidrofil moy bilan boshlash tavsiya etiladi, keyin esa odatdagi vosita bilan yuz yuviladi.
Manba