Demensiya — asab tizimi kasalligiga qarshi kurashuvchi 7 mahsulot
Shovqin-suronli shaharda istiqomat qiladigan, naslida ham kuzatilgan va depressiyaga moyilligi bo‘lgan ayollarda yosh o‘tgani sayin demensiya — bosh miyaning zararlanishi oqibatida yuzaga keladigan va aqliy qobiliyatning sezilarli darajada pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan asab tizimi kasalligi paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Uning rivojlanishiga asosan Alsgeymer, shuningdek, Parkinson, Pik, tomir kasalliklari(insult, infarkt va boshqalar)sabab bo‘lishi mumkin. Tiniqib uxlash, haftasiga 150 daqiqa sport, miyani ishlatadigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, xususan, til o‘rganish kasallikni oldini olishi mumkin. Iste’mol mahsulotlari ham ijobiy ta’sir qilib, kasallikka qarshi kurashishga yordam beradi.
Foto: “Domashniy Ochag”Yog‘li baliq
Baliq salomatlik uchun foydali hisoblangan omega-3 yog‘ kislotalari hamda deyarli barcha tana a’zolaridagi yallig‘lanishni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan birikmalarni o‘z ichiga oladi. Uni muntazam ravishda(haftasiga 1 porsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda)iste’mol qilish Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfini 60 foizga kamaytiradi.
Yong‘oq va pistalar
Ushbu mahsulotlarda ham omega-3 kislotalari, shuningdek, miya faoliyati uchun muhim sanalgan selen(kimyoviy element), E vitamini va Alsgeymer kasalligi rivojlanishini oldini oluvchi antioksidantlarning koni hisoblanadi.
Choy
1 finjon choy, yashil, ko‘k bo‘lishidan qat’i nazar antioksidantlar manbasi hisoblanadi, qon-tomirlar shikastlanishida yordam beradigan katexinga boy sanaladi. Ko‘k choy tarkibida esa Alsgeymer kasalligining kelib chiqishini oldini olishi mumkin bo‘lgan antioksidantlar mo‘l bo‘ladi.
Qahva
Tongni bir finjon qahva bilan qarshi olish, Alsgeymer kasalligining paydo bo‘lishiga qarshi kurashish demakdir. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotda, qahva tarkibidagi kimyoviy birikma Alsgeymer kasalligidan himoya qilishi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, qahva xotirani mustahkamlashda ham samarali hisoblanib, uni iste’mol qilgandan keyin yangi axborotni eslab qolish oson bo‘ladi.
Qora shokolad
Tarkibida kakao miqdori ko‘p bo‘lgan qora shokoladning bir necha bo‘lagi, kundalik me’yor hisoblanadi. Kakao dukkaklaridagi flavonoid deb nomlanuvchi antioksidantlar miyani yoshartiradi, miyaning xotira uchun javob beradigan qismida qon aylanishini yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
Ko‘katlar
Salat bargi, ismaloq, rayhon, petrushka va boshqa ko‘katlar miyani yoshartirish xususiyatiga ega. Bunga tarkibidagi lyutein sabab bo‘ladi va aynan u miyaning xotira qismiga ijobiy ta’sir qiladi.
Mevalar
Haftasiga bir necha porsiya barra yoki muzlatilgan mevalar iste’mol qilish, miya faoliyatini susaytiradigan oksidlanish jarayoniga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantlarga boy sanaladi. Har kuni bir stakan miqdorida chernika yoki qulupnay iste’mol qilish miyani 2 yilga yoshartirishi mumkin.
Manba