Salomatlik Salomatlik Kuz va qish mavsumida inson organizmi uchun yanada ko‘proq kerak bo‘ladigan 5 ta vitamin

Kuz va qish mavsumida inson organizmi uchun yanada ko‘proq kerak bo‘ladigan 5 ta vitamin

O'qildi: 351


Kuz va qish mavsumida inson organizmi uchun yanada ko‘proq kerak bo‘ladigan 5 ta vitamin

Organizmga yil davomida vitaminlar yordami kerak, ammo kuz oxiri va qish faslida bu ehtiyoj yanada ortadi. Xo‘sh, qanday qilib uni to‘liq qondirish mumkin va vitaminlarning samarali ishlashiga nima yordam beradi?

Foto: Marie Claire

Sovuq mavsumda sog‘liq va yaxshi kayfiyatning eng muhim manbasi hisoblangan quyosh nuri sezilarli darajada kamayadi. Bunday vaqtda quvvatni yo‘qotmaslik, odatdagi faollik darajasini saqlab qolish uchun iste’mol qilinadigan vitaminlar miqdori va sifatiga alohida e’tibor berish muhimdir. Sovuq mavsumda inson tanasi ularning qaysi biriga ko‘proq muhtoj?

C vitamini

C vitamin go‘zallik sohasidagi foydali elementlarning yetakchisidir. Ammo uning zaxirasini nafaqat chiroyli ko‘rinish, balki immunitetni mustahkamlash uchun to‘ldirish kerak. Shuningdek, modda almashinuv jarayonini yaxshilaydi, umumiy faollikni oshiradi va toksinlarni tanadan chiqarib tashlaydi. Albatta, sitrus mevalar C vitaminining manbasi ekanligiga ishonishadi, lekin aslida u brokkoli, gulkaram, karam, bulg‘or qalampiri, kivi va olmalarda mavjud.

Foto: Marie Claire

A vitamini

A vitamini yoki retinol kuchli yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Bu teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi. Uni sabzi, oshqovoq, xurmo, tuxum, pomidor, zaytun yoki kungaboqar yog‘i qo‘shilgan salatlar, shuningdek, ko‘katlardan topish mumkin.

E vitamini

Tokoferol yoki E vitamini qon aylanishini yaxshilaydi, stressni yengishga yordam beradi. Bundan tashqari u muhim antioksidant vazifasini bajaradi, erkin radikallar paydo bo‘lishini sekinlashtiradi va asabiylikdan himoya qiladi. E vitamin ko‘proq ismaloq, yong‘oq, olma, yog‘siz go‘sht va zaytun moyi tarkibida mavjud.

B guruhi vitaminlari

Ular stressga chidamlilikni oshiradi va asabiylikni kamaytiradi. B guruhi vitaminlari uyqusizlikni to‘g‘irlash va qurigan lablar, zaiflashgan sochlar, tirnoqlarning holatini yaxshilashga yordam beradi. B guruhi elementlarining kerakli dozasini qabul qilish uchun sut mahsulotlari, yong‘oq va grechka iste’molini ko‘paytirish zarur.

Foto: Marie Claire

D vitamini

Yana bir qishki sehrli tayoqcha D vitamin bo‘lib, u immunitetni mustahkamlaydi, ko‘plab gormonlar sintezida ishtirok etadi, charchoqni yengishga yordam beradi. Uni yog‘li baliq, sariyog‘ va tuxum tarkibidan topish mumkin.

Ushbu qoidalarga muvofiq holda muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish, jismoniy mashqlar, qarishning oldini olish, dam olish va sevimli mashg‘ulotlarni amalga oshirish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.