Salomatlik Goʼzallik Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?

Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?

O'qildi: 547


Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?

Yoz faslida quyosh nuri ostida qolishning nojo‘ya ta’sirlari mavjudligi haqida unutmaslik kerak. Ultrabinafsha nurlaridan himoyalanish vaqtida teri o‘zidan pigment — melanin ishlab chiqaradi, bu esa uning qorayishiga olib keladi. Quyoshda uzoq qolish yosh o‘tishi bilan dog‘lar, terining qurishi, kengaygan teshiklar paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, qarish jarayonini tezlashtiradi va melanoma xavfini oshiradi. Bunday jiddiy oqibatlarga qaramay, ko‘pchilik SPF himoyasini e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda. Buning sabablaridan biri makiyajdir. Ammo SPF va tonal kremni bir nechta qoidalarga rioya qilgan holda birlashtirib foydalanish mumkin, deb yozadi The Symbol.

Foto: “Gigi.ru”

Tarkibni to‘g‘ri tanlash

Tonal kremni SPF bilan birgalikda qo‘llash uchun ularning suyuqligini e’tibor bilan tanlash lozim. SPF yuzda havo ham, namlik ham o‘tmaydigan qatlam hosil qilmasligi kerak. Chunki u bir necha soat ichida terida yallig‘lanishni paydo qiladi, ayniqsa, issiqda juda xavfli. Xuddi shu narsa tonal krem uchun ham amal qiladi: sovuq mavsum uchun zich va to‘qroq ranglardan foydalanish mumkin. Yozda terida sezilmaydigan va nafas olishiga imkon beradigan yengil suyuqlik bo‘lishi kerak.

Terini namlash

Agar  SPF o‘zida namlantiruvchi va quyoshdan himoya qilish funksiyalarini birlashtirmasa, undan avval, albatta, namlantiruvchi surtish kerak. Aniqrog‘i, bu yil davomida amalga oshirilishi kerak va quyosh kremidan foydalanish ushbu qoidani bekor qilmaydi. Asosiysi, namlantiruvchi mahsulot so‘rilishi uchun o‘rtada yetarlicha vaqt bo‘lishi kerak. Namlantiruvchi qo‘llangandan keyin taxminan 22-25 daqiqadan so‘ng SPF’ni surtish mumkin.

Shoshilmaslik

SPF va tonal krem bilan vaziyat SPF va namlantiruvchi bilan bir xil. Ikki vositani darhol yuz terisiga qo‘llab bo‘lmaydi: katta ehtimol bilan ular shunchaki surtiladi va tonalsiz hamda ultrabinafsha nurlaridan himoyasiz qolish mumkin. Quyosh kremi to‘liq so‘rilishini kutish va shundan keyingina tonal kremdan ham foydalanish kerak. Ha, bu juda ko‘p vaqtni oladi, ammo natijasi xursand qiladi.

SPF’ni muntazam yangilab turish

Dermatologlar terini samarali saqlash uchun har 2 soatda SPF’ni qayta qo‘llashni tavsiya qiladi. Makiyaj ostida quyoshdan himoya qiluvchi kremni qo‘llash mumkin emas. Bu yerda quyoshdan himoya qiluvchi upa yordam beradi. Ertalab makiyajdan oldin, himoya darajasi kamida 50 bo‘lgan kremni ishlatish yaxshiroq, keyin har ikki soatda himoyani upani bilan yangilab turish mumkin. Mutaxassislar ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish va parvarishni birlashtirish uchun minerallarga boy mahsulotlarni tanlashni tavsiya qiladi. Ushbu oddiy usul makiyajni saqlab qolishga yordam beradi va zararli nurlarning teri hujayralariga kirib borishini oldini oladi. Upa rangli yoki butunlay shaffof bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Yuz, tana va sochlarni ultrabinafsha nuridan himoya qilish bo’yicha tavsiyalar
  • Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi?Dermatolog javob beradi
  • Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.