Quyosh parhezi: Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot
Albatta, muzlatkichdagi ba’zi mahsulotlar nafaqat ochlikni, balki quyosh nurlarining zararli ta’sirini ham yengillashtirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ultrabinafsha va oziq-ovqat mahsulotlari orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Ammo ma’lum oziq-ovqat guruhlarini iste’mol qilish nafaqat teri saratoni rivojlanish xavfini kamaytirishi, balki organizmga ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siriga qarshi kurashishga yordam berishini aniqlagan bir qator tadqiqotlar mavjud, deb yozadi Marie Claire.
Foto: PinterestBiroq “quyosh” parheziga rioya qilgan holda, quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan abadiy voz kechish mumkin degani emas. Kiyim va quyosh kremi ultrabinafsha nurlarning teriga tushishiga birinchi va asosiy to‘siqdir. Oziqlanish faqat immunitetni oshiradi, organizmni antioksidantlar bilan to‘yintiradi, bu esa ichki a’zolarning zararli radiatsiya bilan kurashishga yordam beradi. Boshqa tomondan, bunday mahsulotlarni ratsionga kiritish orqali nafaqat xilma-xil foydali oziq-ovqatlar iste’mol qilinadi, balki ultrabinafsha nurlaridan kelib chiqadigan asoratlar, jumladan, qarish, kuyish, terining malign shikastlanishlari va allergiya xavfini kamaytiradi.
Qora shokolad
Foto: Marie ClaireMa’lumki, qora shokolad turli xil antioksidantlarga boy manba bo‘lib, ular terini erkin radikallardan, quyosh nurlarining zararli ta’siridan va atmosferadagi potentsial zararli moddalardan himoya qiladi. Asosiysi, kamida 70 foiz kakao miqdori bo‘lgan shokoladdan iste’mol qilish kerak.
Anor
Foto: Marie ClaireAntioksidantlar miqdori bo‘yicha anor boshqa mevalardan o‘n baravar ustundir. Dunyodagi eng sog‘lom o‘simlik mahsulotlaridan biri hisoblangan anor o‘zining mo‘jizaviy xususiyatlari, shu jumladan, teriga zarar yetkazuvchi ultrabinafsha nurlari bilan kurashish qobiliyati bilan dietolog, shifokor va kosmetologlar tomonidan doimo tavsiya etiladi.
Qahva
Foto: Marie ClaireAmerika Saraton tadqiqotlari instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi izlanishga ko‘ra, kuniga to‘rt yoki undan ortiq stakan qahva ichadigan odamlarda melanoma xavfi 20 foizga kamayadi. Bu teri hujayralarini zararli o‘zgarishlardan va ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiluvchi kofein va turli xil polifenollar tufaylidir.
Baliq
Foto: Marie ClaireLosos balig‘i D vitaminiga boy bo‘lib, ilmiy va tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, ultrabinafsha nurlari ta’sirida teri hujayralarining nobud bo‘lishiga qarshi turadi va teri saratoni xavfini kamaytiradi.
Ko‘k choy
Foto: Marie ClaireAntioksidantlarning yana bir ajoyib manbai. Ko‘k choy uzoq vaqtdan beri terining mutlaq qutqaruvchisi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bekorga uni nafaqat ichish, balki uning asosida yuz va tana uchun turli xil niqoblar tayyorlash, hatto u bilan yuzni yuvish tavsiya etiladi.
Pomidor
Foto: Marie ClairePomidorlarda ko‘p miqdorda likopen va karotinoidlar mavjud bo‘lib, ular teridagi kollagen darajasini oshiradi, bu esa yoshartirishdan tashqari, epidermis hujayralarini atrof-muhit ta’sirida yo‘qolishidan himoya qilishga yordam beradi.
Sitrus mevalari po‘sti
Foto: Marie ClaireSo‘nggi tadqiqotlar natijasida olimlar po‘stloqning foydalari haqidagi uzoq yillik taxminlarini tasdiqladi. Limon, apelsin, greypfruit va boshqa sitrus mevalarning po‘stini iste’mol qilish teri saratoni xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Salat, taom va shirinliklarga ularni qo‘shib, iste’mol qilish mumkin.
Mavzuga doir:
- Qarimaslik uchun tez-tez tanovul qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar
- Sirka, zanjabil, bodring va salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan boshqa detoks mahsulotlar
- Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: saraton xavfini kamaytiradigan 4 mahsulot va bitta ichimlik
Manba