Salomatlik Goʼzallik SPF kremlar terini quyoshdan himoya qilishi uchun qancha miqdorda surtilishi kerak?

SPF kremlar terini quyoshdan himoya qilishi uchun qancha miqdorda surtilishi kerak?

O'qildi: 368


SPF kremlar terini quyoshdan himoya qilishi uchun qancha miqdorda surtilishi kerak?

Quyoshda toblanishni yaxshi ko‘radiganlar, albatta, buning nojo‘ya ta’siri mavjudligini unutmasliklari kerak. Tanani ultrabinafsha nurlaridan himoya qilmaslik natijasida terini pigment — melanin ishlab chiqarishi uning qorayishiga olib keladi. Asosiy sabab UVA va UVB nurlari bo‘lib, ular turli uzunliklarga ega va shunga mos ravishda teriga turli xil ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi The Symbol.

Foto: The Symbol

UVB — ultrabinafsha nurlarining atigi 5 foizini tashkil qiladi va quyoshda juda ko‘p vaqt qolib ketganda terini qoraytiradi. UVA nurlari esa tez harakat qiladi, teriga chuqur kirib, kelajakda namoyon bo‘luvchi salbiy ta’sirlar saqlanib qoladi. Ular yosh bilan bog‘liq dog‘lar, teri qurishi, teri teshiklarining kengayishiga olib keladi, shuningdek, qarish jarayonini tezlashtiradi va melanoma rivojlanish xavfini oshiradi.

Tanani quyoshda toblantirishning barcha salbiy ta’siridan himoya qilish uchun har kuni SPF kremdan foydalanish va uni yilning istalgan vaqtida hamda har qanday ob-havoda qo‘llash kerak. Ushbu vosita quyoshdan yaxshi himoya qilish uchun uni nafaqat to‘g‘ri tanlash, balki uni keraklicha qo‘llash ham muhimdir. Aynan shu bosqichda ko‘pchilik katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Quyoshdan himoya qiluvchi kremlar ko‘pincha oq bo‘lgani uchun terida mahsulot izini qoldirmaslik maqsadida oz miqdorda qo‘llaniladi. Natijada teri xuddi SPF’ni umuman qo‘llamagandek ko‘rinishda turaveradi.

Xo‘sh, SPF’ni qancha qo‘llash kerakligini qanday bilish mumkin?Himoya darajasi — SPF’ning raqamli qiymati(25, 30 yoki 50) terining kvadrat santimetriga 2 mg qo‘llanadi, bu o‘rtacha 1/3 choy qoshiqni tashkil etadi. Qoshiqdan foydalanish har doim ham qulay bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun kosmetologlar “іkki barmoq” qoidasini o‘ylab topdi. Ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarni oldinga cho‘zib, krem butun barmoq uzunligi bo‘ylab siqib chiqariladi. Qabul qilingan krem miqdori ultrabinafsha nurlaridan, albatta, himoya qiladigan zaruriy me’yordir.

Ammo bunday miqdordagi krem bir vaqtning o‘zida terida noqulaylik tug‘dirishi mumkin, shuning uchun ertalab yetarlicha vaqt bo‘lsa, SPF’ni ikki qatlam qilib qo‘llash mumkin. Birinchidan, bo‘yin va quloqlarni esdan chiqarmasdan, kerakli miqdorda kremni yarmini butun yuzga ehtiyotkorlik bilan taqsimlash, uni 15-20 daqiqa davomida namlash va keyin jarayonni takrorlash kerak. Kremning ikkinchi qatlami to‘liq so‘rilganida, uning ustidan makiyaj ham qilish mumkin — SPF kosmetika qo‘llangandan keyin ham quyoshdan yanada yaxshi himoya qiladi.

Mavzuga doir:

  • Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?
  • Yuz, tana va sochlarni ultrabinafsha nuridan himoya qilish bo’yicha tavsiyalar
  • Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi?Dermatolog javob beradi
  • Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.