Salomatlik Salomatlik Poshnali tuflining zarari: Zamonaviy poyabzal salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Poshnali tuflining zarari: Zamonaviy poyabzal salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 292


Poshnali tuflining zarari: Zamonaviy poyabzal salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Poshnali tufli oyoqlarni, ayol qomati va yurishini chiroyli ko‘rsatadi. Ammo bunday oyoq kiyim kiyishni ma’qul ko‘radiganlar chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish bilan birga salomatligida, xususan, oyoq suyagi, pay va qon-tomirlarida muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin.

Foto: “dreamstime.com”

 

Fizika nuqtayi nazaridan poshnali oyoq kiyim kiyishning zarari

Bunday oyoq kiyim tabiiy biomexanik harakatga xalaqit beradi. Oyoq uchida yurgandek bo‘lgani uchun oyoq kaftining old qismiga og‘irlik tushib uning ressorlik vazifasida muammo kuzatiladi. Tana amortizatorida muammo kuzatilishi esa boshqa suyak-mushak tizimiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Umurtqa pog‘onasi ham baland poshna kiygandan aziyat chekadi. Umumiy disbalans hisobiga bel qismi og‘riydi, gavda esa aziyat chekadi. Yelka va bo‘yin mushaklarida og‘rish, miyaga kislorod yetib bormasligi hamda migren ham kuzatilishi mumkin.

Baland poshna kiyganda oyoqda yuz beradigan salbiy holatlar:

Yassioyoqlik

Oyoq kaftining zo‘riqishi hisobiga qon yaxshi aylanmaydi, to‘qimalar degeneratsiyasi, mushak va paylar atrofiyasi kuzatiladi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan ko‘ndalang yassioyoqlikka paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Hallux Valgus

Doimiy ravishda poshna kiyganda oyoq kafti suyaklari deformatsiya bo‘ladi hamda katta barmoqda shishlar kuzatilishi mumkin.

Axillit

Kun davomida poshnali oyoq kiyimda yurib keyin krossovka yoki yumshoq oyoq kiyim kiyib olinganda Axillov paylari yallig‘lanishi kuzatilishi mumkin.

Xaglund deformatsiyasi

Ushbu deformatsiya orqa qismi haddan ortiq qattiq bo‘lgan poshnali poyabzal kiyadiganlarda ko‘proq kuzatiladi va “Zolushka sindromi” deb ham ataladi.

Shuningdek, doimiy poshnada yuradiganlarda yugurish marafoni ishtirokchilaridagi singari oyoq kaftida sinish va turli shikastlanishlar kuzatilishi mumkin.

Kimlarga poshnali tufli kiyish taqiqlanadi?

Xomiladorlarga

Xomiladorlikda og‘irlik, oyoqning zo‘riqishi shundoq ham ko‘p bo‘ladi. Qolaversa relaksin gormoni ta’sirida paylar cho‘zilishi kuzatiladi va birgina nojo‘ya harakat jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

O‘smirlarga

Shifokorlar gavda skeleti shakllanishining tugallanishi arafasidagi 18-20 yoshdagi qizlarga uzoq vaqt davomida poshnali tuflida yurmaslik kerakligini tavsiya qiladi. Yoshligidan poshnali tufliga o‘rganganlarda bora-bora Axillov paylari kontrakturasi kuzatilishi mumkin. Uning rivojlanishi oqibatida oyoqning harakatlanishida muammo kuzatilishi va og‘riq sezilishi mumkin.

Ammo mutaxassislar tekis oyoq kiyim ham oyoqlar uchun zararli ekanini aytib, balandligi 2-4 santimetr bo‘lgan poshnali poyabzal kiyishni tavsiya qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Rim imperatori Yuliy Sezarning armiyasidagilar ham 2,5 sm qalinlikdagi poyabzallarda erkin va samarali harakatlangan. Tag qismi qattiq bo‘lmagan va oyoqni yaxshi ushlab turadigan poyabzallar pediatrlar nuqtayi nazaridan eng maqbuli hisoblanadi.

Qolaversa, mutaxassislar old qismi uchli bo‘lgan tuflilarni tanlamaslikni tavsiya qiladi. Bunday poyabzallarni uzoq vaqt kiyish deformatsiya, xususan, shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, bu barmoqlar qiyshayishi va tirnoqning noto‘g‘ri o‘sishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.