Poshnali tufli zararli, krossovka foydalimi? Shifokor oyoq salomatligi haqidagi qarashlarni qanday izohlaydi?
Shifokor qaysi poyabzal aslida oyoqlar uchun zararli ekanini ma’lum qildi.
Foto: PinterestShunday qilib, oyoq muammolarining poydevori evolyutsiya va sivilizatsiyadir. Evolyutsiya insonni oyoqqa turg‘izdi va sivilizatsiya esa poyabzal berdi. Zo‘riqishga dosh bera olmagan oyoqlar yassi shaklga kelib, butun mushak-skelet tizimida muammolar keltirib chiqaradi.
Baland poshnali poyabzal har qanday ayolni chiroyli ko‘rsatadi. Oyoqlar ingichka, qomat esa yana xushbichim
Tovon qanchalik baland bo‘lsa, oyoq shunchalik egri bo‘ladi. Darhaqiqat, gavdaning butun og‘irligi barmoqlarga tushadi. Vazifani qandaydir tarzda yengish uchun oyoqlar deformatsiyalanadi, tekislanadi. Bu muammoning hammasi emas. Deformatsiyalangan oyoq o‘zining funksiyalarini yetarli darajada bajarmaydi. Bu shuni anglatadiki, vaqt o‘tishi bilan tizza, son bo‘g‘imlari va bel umurtqasi azoblana boshlaydi. Egri oyoqlar va bukri qomat poshnadan kutgan natija emas, to‘g‘rimi?Shuning uchun ham balandligi 2-5 santimetrdan oshmaydigan poshnali tuflilar kiyish tavsiya etiladi.
“Men poshnadan qulay baletka kiyishga o‘tdim. Endi oyoqlarim xavfsiz!”
Baletka, keda va boshqa tagligi tekis bo‘lgan poyabzallar ham yassi oyoqni keltirib chiqaradi. So‘ngra yuqorida aytilganidek, qomatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuningdek, yozgi slansilarni ham kiyish biroz noqulay. Ular go‘yoki barmoqlardan chiqib ketadigandek tuyiladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan o‘ta baland bo‘lmagan poshnali oyoq kiyimlar tasiya etiladi.
Yassi oyoqlar bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi haqiqatmi?
Zanjirli reaksiyani tasavvur qiling. Yassi oyoqlilik o‘zining biomexanik funksiyalarini bajara olmasa, yurish bir qator silkinishlar va umurtqa pog‘onasi bo‘ylab miyaga uzatiladigan zarbalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, parallel ravishda, barcha bo‘g‘imlar ortib borayotgan zo‘riqishga uchraydi. Umurtqa pog‘onasi egilib, asab tugunlari va bo‘yin mushaklari qisiladi — bu miya hujayralariga kislorod yetib bormasligiga olib keladi. Natijada bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
“Sog‘lom turmush tarzi — barcha qiyinchiliklardan najot. Baland poshnadan krossovkalarga o‘taman, marafonda yugurishni boshlayman va sog‘lom oyoqlarga ega bo‘laman!”
Keling, marafon poygalari umuman sog‘lom turmush tarziga oid emasligidan boshlaylik. Sog‘likka ortiqcha yuk hamisha zararli. Yassi oyoqlarni tom ma’noda qo‘zg‘atadigan bir qator sport turlari mavjud. Ular orasida figurali uchish va tennis ayniqsa mashhur. Bundan tashqari, kutilmagan uzoq masofaga yugurish yoki majburan sport bilan shug‘ullanish natijasida organizm yana zo‘riqadi. Jismoniy mashg‘ulotlarni qanchalik tez oshirish mumkinligini hisoblash uchun mutaxassis — sport shifokori yoki murabbiyi bilan maslahatlashishdir. Misol uchun, kamida uch oy davomida asta-sekin 10 kilometr poygaga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
“Men dorixonaga borib, o‘zimning o‘lchamimdagi ortopedik taglik(supinator)sotib olaman. Shunda hammasi ajoyib bo‘ladi”.
Bugungi kunda ko‘pchilik mushak-skelet tizimining kasalliklarini oldini olish va davolash vositasi sifatida ortopedik tagliklar haqida eshitgan. Ammo hamma ham ularni xarid qilishdan avval dorixonaga emas, balki shifokorga murojaat qilish kerakligini bilmaydi.
Qattiq mahkamlanadigan universal tagliklar oyoq bo‘g‘imlarida harakatchanlikni cheklaydi, mushaklar faoliyatini qiyinlashtiradi.
Podiatrlar ishlab chiqaradigan ortezlar maxsus materialdan tashkil topgan. Bunday ichki tagliklar oyoq uchun haqiqiy trenerdir. Ular mushaklarni optimal harakatlanish uchun rag‘batlantiradi va hatto muvofiqlashtirishni yaxshilashga yordam berish uchun oyoq to‘qimalarida uxlab yotgan retseptorlarni uyg‘otadi.
Manba