Shippaklar nimasi bilan zararli? Yozgi oyoq kiyimlar aslida qanday bo‘lishi kerak?
Marie Claire nashri yoz fasli uchun mo‘ljallangan oyoq kiyimlar haqida bilish kerak bo‘lgan bir qancha ma’lumotlarni taqdim etdi. Xavfsiz va qulaylik uchun ularni tanlash masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Foto: Marie ClaireYozgi oyoq kiyimlar qanday zarar yetkazishi mumkin?
Yoz kelishi bilan kimdir garderobdan o‘tgan yilgi oyoq kiyimini olsa, yana kimdir yangisini xarid qilish uchun do‘konga yuguradi. Qish hamda bahorgi og‘ir va yopiq poyabzallardan charchaganlar yengilgina oyoq kiyimga o‘tadi. Osteopatlar esa poyabzal tanlashga alohida e’tibor berishni maslahat beradi, chunki nafaqat uning qulayligi, balki salomatlikning holati ham bu bilan bog‘liq. Ko‘pchilik bundan hayratga tushishi tabiiy, lekin nafaqat oyoqlar, balki bel, bo‘yin va hatto bosh og‘rig‘i ham aynan oyoq kiyim bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, organizmda barcha narsa bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Agar inson organizmini bir mexanizm sifatida tasavvur qilinsa, u turli tizim, birinchi navbatda, mushaklar bilan bir butunga birlashtirilgan yaxlit bo‘linmas tuzilma ekani namoyon bo‘ladi. Mushaklar mushak zanjirlariga bog‘langan bo‘lib, ular oyoq barmoqlari va qo‘llarning uchidan boshlanib, butun tanadan bosh suyagigacha o‘tadi. Ichki organlar va suyaklar ushbu zanjirlarning ajralmas qismidir. Ulardan biri zaiflashsa, bu butun zanjirning ishlashiga ta’sir qilishi tabiiy holat hisoblanadi.
Bunga hammaga tanish bo‘lgan misollardan biri — yassi oyoqlik. Darhaqiqat, bu masalada gap umuman oyoqlarda emas, balki ko‘pincha tug‘ilish jarayonida olingan jarohatlar natijasida bosh suyagining siljishidadir. Ensa suyagi tufayli undan keyin birinchi bo‘yin umurtqasi o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, so‘ngra butun umurtqa pog‘onasi, dumg‘aza, bo‘ksa va boldirlar ham uning holatiga moslashadi. Oyoq bu zanjirning oxirgi qismidir. Organizm oyoqlarga yuqoridagi yuklarni unga tushiradi. Oyoqlar og‘riy boshlaganda, ko‘pincha individual tagliklar qo‘llaniladi. Oyoqlarda og‘riq to‘xtaydi, lekin muammo yuqoriga, bel tomonga ko‘tariladi. Bu noqulay poyabzal kiyganda ko‘proq kuzatiladi: xuddi shu zanjir bo‘ylab, faqat teskari yo‘nalishda, bu mexanik nomutanosiblik yuqoriga — bel, bo‘yin yoki boshga uzatiladi.
Shippaklar nimasi bilan zararli?
Shippak, ko‘pchilik tomonidan yaxshi ko‘rib kiyiladigan slansilar kabi sayr, ekskursiya va uzoq yurish uchun mutlaqo yaroqsiz poyabzal. Oddiy shippaklarda bo‘lganidek, bunday poyabzalda yuz metrlar atrofida harakat qilish mumkin. ular uy, hammom yoki plyaj uchun mo‘ljallangan. Bunday maqsadlar uchun slansi yaxshi variant hisoblanadi. Ammo ular uzoq masofaga yurish uchun mos emas.
Gap shundaki, shippakni oyoqda ushlab turish uchun odam doimo barmoqlarni biroz egib turishi kerak. Zo‘riqish va barmoqlarning dam olmasligining yetishmasligi tufayli oyoq mushaklari haddan tashqari charchaydi, ularda modda almashinuvi jarayoni to‘xtaydi, bu esa og‘riqni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ortiqcha kuchlanish oyoq, son, bel va bo‘yinga o‘tadi. Kun oxirida shippaklar yechilganda, odam bel va bosh og‘rig‘ini ham his qilishi mumkin.
Yozgi poyabzal aslida qanday bo‘lishi kerak?
- yozgi poyabzallarga qo‘yiladigan asosiy talab barcha mavsum uchun aynan bir xil — ular qulay bo‘lishi kerak;
- yumshoq va moslashuvchan taglikka ega modellarni tanlash lozim;
- asfalt, beton va boshqa qattiq sirtlarda yuradigan odamlar uchun tekis taglikka ega poyabzal zararli, chunki ular to‘g‘ri qadam bosishga yordam bermaydi. Shuning uchun, oyoq barmog‘i va tovon o‘rtasida kamida 1,5 santimetr balandlikda farqi bo‘lgan modellarni tanlash muhim;
- sun’iy materiallardan saqlanish kerak, chunki yozda oyoq terisi erkin havo aylanishiga ko‘proq muhtoj;
- agar ochiq poyabzal sotib olishni istasangiz, unda shippak va slansi o‘rniga sandal va bosonojkalarga ustunlik berish lozim. Uning bog‘lamlari ham oyoq barmog‘ini, ham tovonni mahkam ushlab turishga mo‘ljallanib, oyoqning ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Mavzuga doir:
- Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar
- Poshnali tufli zararli, krossovka foydalimi? Shifokor oyoq salomatligi haqidagi qarashlarni qanday izohlaydi?
- Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari
Manba