Salomatlik Salomatlik Bo‘g‘imlarda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan oddiy test

Bo‘g‘imlarda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan oddiy test

O'qildi: 299


Bo‘g‘imlarda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan oddiy test

Suyaklar bilan bog‘liq muammolar hayot sifatidan tashqari, ruhiy holatga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

JSST ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzi aholisining 22 dan 30 foizgacha bo‘lgan qismi bo‘g‘im kasalliklaridan aziyat chekadi. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va vazn kamaytirish kasallikning oldini olishga yordam beradi.

Bo‘g‘imlarni qanday himoya qilish kerak?

Bo‘g‘im kasalliklarining oldini olishning eng samarali usuli to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik hisoblanadi. Shifokorlar ularning doimiy harakatda bo‘lishi va umurtqani egiluvchan saqlash uchun aynan shular muhim ekanligini ta’kidlaydi.

Vaznni nazorat qilish

Qanchalik g‘alati tuyilmasin, a’zolar atrofi va bel sohasida to‘planadigan visteral yog‘ bo‘g‘imlar uchun xavfsiz hisoblanadi. Ammo ortiqcha vazn bo‘ksa, oyoq-qo‘llarda haddan ortiq to‘planmasligiga e’tibor qaratish kerak. Chunki har bir ortiqcha kilo bo‘g‘imlar uchun katta bosim va zo‘riqish hisoblanadi. Natijada to‘qimalar yanada ishdan chiqadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

Haligacha muayyan mahsulot kasallikning oldini olishini tasdiqlaydigan tadqiqot yo‘q. Ammo aksariyat shifokorlar O‘rta Yer dengizi ratsioni bo‘g‘imlar uchun foydaliroq ekanini ta’kidlaydi. Birinchidan, bunday ratsion polito‘yinmagan yog‘larga boy bo‘ladi, ikkinchidan, sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi.

Zaruriyat bo‘lganda bioqo‘shimchalar qabul qiling

2018-yil Journal of Orthopaedic Surgery and Research jurnalida chop etilgan tadqiqotda glyukozamin va xondroitin qo‘shimchalari rivojlanayotgan osteoporozda og‘riq hissini kamaytirishi aniqlangan. Katta ehtimol bilan, ularni bo‘g‘im va kemirchak to‘qima(xryash)ning yomonlashish jarayoni sekinlashtirish xususiyati yo‘q, ammo og‘riqni kamaytirishi aniq.

Suv balansiga rioya qiling

Bo‘g‘im va kemirchak to‘qimaning 65-80 foizi suvdan tashkil topgan. Shu sabab qancha ko‘p suyuqlik iste’mol qilinsa, bo‘g‘imlar shuncha harakatchan va egiluvchan bo‘ladi. Qolaversa, ularning zo‘riqishlardan keyin odatiy holiga qaytishi ham osonroq bo‘ladi. Bo‘g‘imlaringizda muammo bo‘lmasligi uchun suv ichishni kanda qilmang.

To‘g‘ri jismoniy faollikni tanlang

Jismoniy faollik ham to‘g‘ri ovqatlanish singari bo‘g‘imlar uchun muhim sanaladi. To‘g‘ri jismoniy zo‘riqish nafaqat mushaklar, balki bo‘g‘imlar uchun ham foydali. Faol harakatlanganda organizmda qo‘shimcha porsiya kemirchak to‘qima ishlab chiqariladi.

Shu sabab ham bo‘g‘imlar kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlarga shifokorlar jismoniy mashqlarni doimiy ravishda bajarishni tavsiya qiladi. Faollik xavfsiz bo‘lishi kerak. Suzish, velosipedda sayr, yurish, pilates, yoga, aerobika singari sport mashqlari bu borada ayni muddao hisoblanadi.

Bo‘g‘imlar salomatligini qanday tekshirish kerak?

Yosh o‘tishi bilan egiluvchanlik va harakatchanlik kamayib boradi, bo‘g‘imlar esa darrov og‘riydigan bo‘lib qoladi. Shu sabab ham hatto yallig‘lanish bo‘lmay, biroz og‘riq yoki harakatda muammo kuzatilganda bee’tibor bo‘lmaslik muhim sanaladi. Arzimagan o‘zgarishlar xavfli jarayonlar boshlanayotganidan darak beradi. Quyidagi oddiy mashqlar orqali bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasining ahvoliga baho berishingiz mumkin.

  • Oyoqlarni birlashtirib, qo‘llarni gavda bo‘ylab ochib tik turing. Sekin-astalik bilan egilib, qo‘l kafti bilan polni ushlashga harakat qiling. Uddasidan chiqsangiz, natija a’lo, barmoq uchlarining o‘zi tegsa, yaxshi. Qo‘llarning yergacha yetib bormasligi esa shifokorga murojaat qilish uchun sabab bo‘la oladi.
  • Shoshmasdan eski holatga qayting, bel sohasida og‘riq bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab shifokorga borish kerakmi, yo‘qmi, degan savolga javob olasiz.
  • O‘tirgan holda oyoqlarni birlashtiring. Peshonani tizzaga olib kelishga harakat qiling. Buning uddasidan chiqqan bo‘lsangiz va hech qanday og‘riq kuzatilmagan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bel sohasida og‘riq hissi paydo bo‘lsa, tizza ostida zo‘riqish kuzatilsa, bo‘g‘imlar yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin.
  • Yotgan holda oyoqlarni 90 daraja buking. Bu holatda ko‘proq turishga harakat qiling. Noqulaylik sezilmasa, hammasi joyida, aksincha bo‘lsa, chora ko‘rish va shifokorga borish kerak. To‘g‘ri turib, boshingizni o‘ngga buring. Burilganda iyaklaringiz bilan bilakka teginishga harakat qiling. Keyin shu ketma-ketlikni chap tarafga qarab davom ettiring. Uddasidan chiqsangiz va bo‘yin sohasida ortiqcha zo‘riqish kuzatilmagan bo‘lsa, hammasi joyida.
  • Qo‘llarning bittasini yelka ustidan, ikkinchisini esa pastdan bukib, orqa tomonda birlashtiring. Bu mashqni qiyinchiliksiz bajargan bo‘lsangiz, tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi, aksincha bo‘lsa, bee’tibor bo‘lmang.
  • Zinadan asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, pastga tushing. Tizza, bo‘ksa va bel sohasida hech qanday o‘zgarish sezilmasa, hammasi joyida. Noqulaylik, og‘riq bo‘lsa, tashvishga sabab bor.
Sog‘lom turmush tarzi

Yoshingiz nechada bo‘lishi va o‘zingizni qanday his qilishingizdan qat’iy nazar, bo‘g‘imlar va umurtqaga alohida e’tibor bering. Vaznni nazorat qiling, to‘g‘ri ovqatlaning. Shuningdek, o‘z vaqtida chora ko‘rish uchun testlarni doimiy ravishda o‘tkazib boring.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.