Saraton rivojlanayotganini aniqlashga yordam beradigan 3 xil test
Saratonni vaqtida aniqlash uning rivojlanib ketishi, bemor uchun esa davolanish imkonsiz bo‘lishining oldini oladi. Buning uchun mutaxassisga murojaat qilish bilan birga, mustaqil ravishda ham tekshiruvlar o‘tkazib turish kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Xollar
Teri saratoni eng murakkab kasalliklardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda terida namoyon bo‘ladigan o‘zgarishlar kasallik rivojlanayotganidan darak beradi. Shu sabab ham paydo bo‘lgan xollarga e’tiborli bo‘lish kerak. Quyidagilar aniqlanganda esa shifokorga murojaat qilish kerak:
- diametri 6 millimetrdan katta bo‘lgan xol yoki xolsimon dog‘lar;
- nosimmetrik xollar;
- noodatiy rangdagi xollar;
- teri ustidagi har qanday o‘smalar;
- qolaversa, sizda xollarga aloqasi bo‘lmagan melanoma simptomlari yo‘qligiga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Shifokorlar 50 yoshdan keyin ikki yilda bir marta mammografiya tekshiruvidan, zarur bo‘lganda esa UZI(ultratovushli tekshiruv)dan o‘tish kerakligini ta’kidlaydi. Qolaversa, g‘ayritabiiy o‘zgarishlar sezilganda shifokorga murojaat qilishni yoddan chiqarmaslik lozim.
Vaznni o‘lchab turish
Vaznni muntazam ravishda o‘lchash va undagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratish ham saraton profilaktikasining muhim usuli hisoblanadi. Gap shundaki, qo‘qqisdan va tushunarsiz ozib ketish oshqozon, ichak, bachadon, o‘pka saratonidan dalolat berishi mumkin. Ratsion va turmush tarzida o‘zgarish bo‘lmagan taqdirda ham vazn tashlash kuzatilishi shifokorga borishni kechiktirmaslik uchun jiddiy sabab bo‘la oladi. Shu sabab ham befarq bo‘lmaslik, haftada bir marta taroziga chiqib vaznni nazorat qilib turish lozim.
Manba