Salomatlik Salomatlik Asal va sarimsoq aralashmasining organizm uchun foydali xususiyatlari

Asal va sarimsoq aralashmasining organizm uchun foydali xususiyatlari

O'qildi: 270


Asal va sarimsoq aralashmasining organizm uchun foydali xususiyatlari

Sarimsoqning o‘rnini bosuvchi mahsulot bo‘lmasa kerak. U shamollash, grippga qarshi kurashish, immunitetni oshirish va mavsumiy infeksiyalardan himoya qilishda qimmatli xususiyatlarga ega. Odamlar uzoq vaqtdan beri sarimsoqni asal bilan aralashtirib, uning sog‘liq uchun yanada foydali bo‘lishida o‘ziga xos usulni o‘ylab topgan. Ushbu dorivor aralashma 5-7 kun davomida, ayniqsa kuz-qish mavsumida ichiladi. U vitaminga boy bo‘lishi bilan birga, sovuq ob-havoga chidamli bo‘lishga yordam beradi.

Foto: “Championat.com”

Ko‘pchilik uchun bunday noodatiy aralashma g‘alati tuyilishi mumkin, lekin aslida sarimsoq bir necha kun asal ichida yumshab, o‘tkir hid va ta’mini yo‘qotadi. Bundan tashqari, uning foydalari deyarli ikki barobarga ortadi.

Asal va sarimsoq aralashmasining qanday foydali jihatlari bor?

Yurak uchun

Sarimsoqni asal bilan iste’mol qilish qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, qon tomirlari devoridagi yog‘ birikmalarini olib tashlaydi. Bu aralashma miyada tromboz xavfini kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va qon tomirlarini kengaytiradi.

Immunitet uchun

Har kuni 2-3 osh qoshiq asalni sarimsoq bilan iste’mol qilish organizmga virusli infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. Agar shamollash yoki burun oqishi, yo‘tal, gripp yoki tomoq og‘rig‘i kuzatilsa, bu vosita kasallik belgilaridan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi va immunitetni mustahkamlaydi.

Asal bilan sarimsoq, ayniqsa, bolalar uchun foydalidir, chunki ularning immuniteti to‘liq shakllanmagan. Shuningdek, bronxial astma, vitamin tanqisligi, gipertoniya, gerpes, alsgeymer kasalligi va demensiya, asab tizimini tinchlantirish hamda stress darajasini pasaytirish uchun asal bilan sarimsoqdan foydalanish tavsiya etiladi.

Teri va sochlar uchun

Ichki organizmdan tashqari, asal bilan sarimsoq tashqi ko‘rinishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Teri silliqlashadi, uning tuzilishi yaxshilanadi va yallig‘lanishni bartaraf etadi. Bundan tashqari, mahsulot sochni qazg‘oqdan xalos bo‘lishga, ularning qalinlashishiga va hajm qo‘shishiga yordam beradi.

Vazn uchun

Asal bilan sarimsoq tanadagi yog‘larni olib tashlashda va ozishda ham samaralidir. Asal ichki organlarning to‘g‘ri ishlashiga hissa qo‘shadi va bu barcha tana tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mushaklar uchun

Sport bilan faol shug‘ullanadiganlar uchun bunday vosita mushaklarni tezroq chiniqishiga, tananing chidamliligini oshirishga va mashg‘ulotlarni samaraliroq qilishga yordam beradi.

Sarimsoq va asal aralashmasini kimlar iste’mol qilishi mumkin emas?

Quyidagilardan biri mavjud bo‘lganda, aralashmani iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:

  • asal yoki sarimsoqqa allergiya;
  • homiladorlik;
  • epilepsiya;
  • qandli diabet;
  • oshqozon yarasi;
  • gastrit;
  • pankreatit yoki boshqa oshqozon muammolari;
  • buyrak kasalligi.
Aralashma qanday tayyorlanadi?

Avvalo, yangi va sifatli mahsulotlarni tanlash muhimdir. Retsept esa juda oddiy. Bir stakan asal va bir bosh sarimsoq olinadi. Sarimsoq bir nechta bo‘lak qilib to‘g‘raladi, uni maydalash juda muhim, chunki butun boshli sarimsoq maksimal ta’sir ko‘rsatmaydi. Sarimsoq alohida idishga, masalan, shisha  yoki plastik idishga solinadi va ustidan asal quyiladi. Idish qopqog‘i mahkam yopilib, qorong‘i joyga bir haftaga qo‘yiladi. Aralashmani ertalab och qoringa 2-3 choy qoshiqdan 5-7 kun davomida ichish tavsiya etiladi.  Kurs 2-3 hafta ichida takrorlanishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.