Salomatlik Salomatlik Insult va infarktsiz hayot. Kasallikka chalinmaslik uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 7 odat

Insult va infarktsiz hayot. Kasallikka chalinmaslik uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 7 odat

O'qildi: 323


Insult va infarktsiz hayot. Kasallikka chalinmaslik uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 7 odat

Necha yoshda bo‘lishingizdan qat’i nazar, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishni boshlashga hech qachon erta ham, kech ham emas. Quyidagi ilmiy jihatdan isbotlangan yetti odat kasallikka chalinish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Tuzni kamroq iste’mol qiling

Ko‘p tuz iste’mol qilish natijasida tanada qon miqdori ko‘payadi, bu esa yurakka qo‘shimcha og‘irlik yuklaydi. Agar bu tez-tez ro‘y bersa, yurak haddan tashqari tez ishlay boshlaydi va bu kasallikka olib kelishi mumkin.

Foto: Depositphotos

Tiniqib uxlang

Har kungi 7-8 soatlik uyqu sog‘liq uchun juda muhim, aks holda organizm gipertoniyaga chalinishi mumkin. Epidemiology jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, 24 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lganlarning 30 foizi allaqachon yuqori qon bosimi kasalligiga chalingan. Agar hech qanday chora ko‘rmasangiz, bu yurak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Foto; Depositphotos

Jismoniy mashqlar bajaring

Sizning vazifangiz yurak urishi tezligini sekin-asta oshirishdir. Tez yurish, yugurish, suzish va boshqa aerobik harakatlar yurak mushaklarini taranglashtiradi. Haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faollik insult xavfini kamaytirishda ijobiy natija beradi.

Foto: Depositphotos

Xotirjam bo‘ling

Doimiy stress va xavotir yurak kasalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi. Kortizol — stress va xavotir paytida ajralib chiqadigan gormon bo‘lib, u qon bosimi va yurak urishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, kortizol arterial qon tomirlari yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. Natijada qon orqali organizmga ozuqa moddalarining borishi qiyinlashadi. Shu sababli qanday dam olishni va stressni yengishni bilish juda muhimdir.

Foto: Depositphotos

Tishlaringizni to‘g‘ri parvarishlang

Og‘izdagi bakteriyalar nafaqat tish va milk uchun xavfli, shuningdek, ular qon tomirlari devorlariga zarar yetkazishi, ularni yanada mo‘rtlashtirishi mumkin. Kuniga ikki marta tish yuvishga erinmang, tish ipidan foydalaning va yiliga ikki marta tish shifokori ko‘rigiga borishni unutmang.

Foto: Depositphotos

Ko‘proq tuxum yeng

Insultga chalinishning oldini olishga yordam beradigan eng oddiy usul — kuniga bitta tuxum iste’mol qilishdir.

Tadqiqotchilar 9 yil davomida yarim million odamning sog‘lig‘ini tahlil qilib, har kuni kamida bitta tovuq tuxumini iste’mol qilganlarda yurak xastaligi xavfi 11 foizga, insult xavfi 26 foizga kamayganini aniqlashdi. Bundan tashqari, tuxum oqsilga boy bo‘lib, qondagi shakar miqdorini kamaytirishga va vazn saqlashga yordam beradi, bu esa insult xavfini kamaytiradi.

Foto: Depositphotos

Yog‘li baliq iste’molini ko‘paytiring

Agar haftasiga uch yoki undan ortiq porsiyadan yog‘li baliq iste’mol qilsangiz, insult xavfi 6-12 foizga kamayadi. Baliq go‘shti tarkibidagi omega-3 tomirlardagi yallig‘lanishni kamaytiradi, qon oqimini yaxshilashga yordam beradi, qon tomirlarda tromb hosil bo‘lishining oldini oladi.

Foto: Depositphotos


Mavzuga doir: 

  • Do‘stlar insonni infarkt va koronavirusdan qanday himoya qila oladi?
  • Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt
  • Xavfli kasallik − insultning oldini olish mumkinmi?Shifokor tavsiyalari
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt
  • Yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan 10 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.