Salomatlik Salomatlik Artritdan himoya qilishga yordam beradigan oddiy odatlar

Artritdan himoya qilishga yordam beradigan oddiy odatlar

O'qildi: 351


Artritdan himoya qilishga yordam beradigan oddiy odatlar

Yer yuzidagi har to‘rtinchi yoshi katta inson artritdan azob chekadi. Va afsuski, ushbu kasallik qurbonlarining aksariyati ayollardir. Homiladorlik va tug‘ruq vaqtida harakatga kelgan suyak va bo‘g‘imlarda yosh o‘tgach og‘riq kuzatiladi. Bundan tashqari, menopauza davrida ham artrit xavfi ortadi: bu vaqt ichida nafaqat kalsiyni, balki sog‘lom bo‘g‘imlar uchun zarur bo‘lgan estrogen ham yo‘qotiladi. Yaxshiyamki, bo‘g‘imlarni himoya qilishga va kasallik xavfini kamaytirishga yordam beradigan oddiy odatlar mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Vaznni nazorat qilish

Birinchi vazifa vaznni nazorat qilishdir. Afsuski, qo‘shimcha kilogramm bo‘g‘imlarga qo‘shimcha ravishda zo‘riqish yuklaydi. Tizza va sonlarning ishdan chiqishini tezlashtiradi. Shifokorlar shuning uchun ham ortiqcha vaznli odamlarda osteoartrit xavfi 4,7 baravar yuqoriligidan ogohlantirmoqda.

Ko‘k choy ichish

Kuchli antioksidantga boy bo‘lgan ko‘k choy barglari yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. U suyak va bo‘g‘imlar salomatligi uchun yordam beradi. Va ko‘k choy eng kam fermentatsiyaga uchraganligi sababli o‘zida eng foydali antioksidantlarni saqlaydi. Shuning uchun har kuni kamida bir stakan ko‘k choy ichishga odatlanish lozim.

Ish paytida tanaffus qilish

Agar ish faoliyati harakatni talab etmasa, artrit xavfi yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun har soatda qisqa tanaffus qilish va jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanish lozim. Bo‘yinni mashq qilish, tanadagi barcha suyaklarni harakatga keltirish tavsiya etiladi. Ushbu oddiy odat artritdan himoya qilishdan tashqari, konsentratsiyani oshirishga va hatto kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi.

Yugurish bilan shug‘ullanish

Ha, yugurish tizzalar uchun biroz qiyinchilik keltirib chiqarishi ko‘pchilikka ma’lum. Ammo 2013-yilgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mo‘tadil yugurish tizzadan tashqari, bo‘g‘im kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Eng muhimi, to‘g‘ri krossovka tanlash, asfaltda yugurmaslikka harakat qilish lozim.

Baliq iste’molini ko‘paytirish

Omega-3 yog‘ kislotalariga boy ovqatlar nafaqat artritning oldini olishga yordam beradi: 2017-yilgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, haftasiga ikki marta baliq iste’mol qilgan bemorlarda suyak og‘riqlari kamroq bo‘lgan. Olimlar bularning barchasi yog‘ kislotalarining yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bilan bog‘liq deb hisoblaydi va ular bilan parhezga iloji boricha ko‘proq tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritishni maslahat beradi.

Zinalardan ko‘tarilish

Agar bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilsa ham, lift yoki eskalatorda yurishni kamaytirish lozim. Bu keyinchalik yaxshi natija beradigan mashg‘ulotdir. Va zinalardan ko‘tarilish esa hayot tarziga jismoniy mashqlar qo‘shishning eng oson yo‘lidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.