Bel og‘rig‘idan dorilarsiz xalos bo‘lishning 6 usuli
O'qildi: 306
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzidagi har uchinchi odamda umurtqa pog‘onasi yoki bo‘g‘imlari bilan bog‘liq muammolar mavjud. 30 yoshga kelib, dunyo aholisining taxminan 84 foizi umurtqaning davriy yoki surunkali og‘rig‘idan shikoyat qiladi, ularning aksariyati bel sohasidagi og‘riqlardir.
Foto: Getty ImagesUy sharoitida bel og‘rig‘idan oddiy jismoniy mashqlar yordamida qutulishingiz mumkin:- kun davomida bir necha marta devorga suyanib turing, boshingizning tepasi devorga tegishiga harakat qiling. Yelkangizni tekislang, shunda kuraklar iloji boricha devorga tegib tursin, dumg‘aza va tovon orqasi ham devorga tegib turishi lozim. Bel umurtqasini devorga yaxshiroq bosib turing — bu bel mushaklarini kuchaytiradi. Shunday holatda kuniga 5-10 marta birdan uch daqiqagacha turing;
- xuddi shu mashqni polda, gimnastika gilamchasida yotgan holda bajaring. Uxlashdan oldin gimnastika gilamchasida mashq qilish foydalidir.
- agar uxlashga yotganda bel sohasida noqulaylik sezsangiz, tizza ostiga o‘ralgan kichikroq sochiq qo‘ying. Sochiq balandligi o‘zingizga qulay bo‘lsin.
- yotishdan oldin yoki kun davomida belingizni bo‘shashtirishning yana bir usuli: chalqancha yotgan holatda tizzangizni qorin sohasiga qo‘yib, oyoqlarni qo‘llaringiz bilan quchoqlang. Bir necha daqiqa davomida shunday yoting. Keyin yengil qayrilib oyoqlarni tizzalar bukilgan holda o‘ngga qo‘ying, pastki oyog‘ingizni to‘g‘rilang, boshingizni chap tomonga buring. Chap qo‘l egilgan oyoqqa tayanadi. To‘g‘ri va chuqur nafas oling, tekislaning. Xuddi shu mashqni chap tomoningizda ham takrorlang. Ushbu mashqni bir necha marta, tezkor harakatlarsiz sekin bajaring.
- o‘zingizni fitbolda o‘tirishga o‘rgating.
Va yana bir muhim maslahat, ayniqsa, yosh onalar va ishi og‘ir jismoniy faollik bilan bog‘liq bo‘lganlar uchun muhim: biror og‘ir narsani ko‘tarishda har doim “to‘g‘ri” umurtqadan boshlang, bel umurtqasi egilishiga ehtiyot bo‘ling, bunday paytda har doim tizzalaringizni bukib oling.
Mavzuga doir:
- Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari
- Bel og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi zararli odatlar
- Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.