Salomatlik Salomatlik 75 foiz kasallikning oldini olishga yordam beradigan 3 tavsiya

75 foiz kasallikning oldini olishga yordam beradigan 3 tavsiya

O'qildi: 277


75 foiz kasallikning oldini olishga yordam beradigan 3 tavsiya

Hamma kasallikka chalinib, davolangandan ko‘ra, uning oldini olish yaxshiroq ekanini biladi. Ammo deyarli barcha kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida bilasizmi?

Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olish va organizmni mustahkamlash uchun bebaho vosita. Jismoniy mashqlar(yoga, yurish, gimnastika, velosipedda sayr qilish, suzish va boshqa har qanday mashg‘ulot)endogen opiat moddasining tarqalishiga yordam berishi isbotlangan. Ular kuchli yallig‘lanishga qarshi samarasi, tinchlantiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi ta’siri va organlar faoliyatini umumiy tartibga solish funksiyasi bilan mashhur.

Foto: Getty Images

Jismoniy mashqlar qon bosimini pasaytirishga yordam beradi, yurak faoliyatini normallashtiradi, moslashuvchanlikni rivojlantiradi, mushak va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradigan gormonlar ishlab chiqaradi, shuningdek, insulin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Bu esa diabet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, kortizol miqdorini kamaytiradi.

To‘g‘ri nafas olish

Nafas olish tananing asosiy vazifalaridan biridir. Nafas olish tizimi kasalliklarining oldini olish uchun, shuningdek, barcha ichki organlarning muvozanatini, va umuman, hayotiy kuchini saqlash uchun nafas olish mashqlarining ahamiyati katta. Ularning foydali ta’siri an’anaviy tibbiyot tomonidan bir necha ming yillar davomida kuzatilgan.

Foto: Getty Images

Oddiy nafas olganda o‘pka hajmining 2/3 qismigacha kislorod bilan to‘ldiriladi. O‘pka havo bilan to‘liq ta’minlanishi uchun ko‘krak qafasini emas, balki nafas olish paytida diafragma va qorin mushaklarini kengaytirish kerak(professional qo‘shiqchilar shunday nafas oladi). Bunday holda kislorod o‘pkaga chuqurroq kirib boradi va organlar faoliyati normallashadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

To‘g‘ri ovqatlanish — bu davolanish va deyarli barcha kasalliklarning oldini olishning eng muhim usullaridan biridir. Bundan tashqari, ovqatlanish yordamida har bir inson sog‘lig‘iga, va birinchi navbatda, oshqozon-ichak trakti holatiga ta’sir qilishi mumkin. Gastrointestinal kasalliklarning oldini olish to‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Sog‘lom ovqatlanishga odatlanish va vazningizni kuzatib borish unchalik qiyin emas. Buning uchun qovurilgan ovqatlardan saqlaning. Masalan, go‘shtni yuqori haroratda qovurish jarayonida zararli moddalar ajralib chiqadi, ular saraton kasalligining rivojlanish xavfini oshiradi.

Foto: Getty ImagesKundalik ratsioningizga turli xil kasalliklarning oldini olishga va sog‘lig‘ingizni yaxshilashga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini kiriting:
  • Ko‘k choy tarkibida yurak kasalliklari va saratonning ayrim turlaridan himoya qiluvchi kuchli antioksidantlar mavjud.
  • Barcha yong‘oq turlari foydalidir. 14 yoshdan oshgan 83 000 dan ziyod ayolda olib borilgan tadqiqotda Garvard olimlari haftada 30 gramm yong‘oq yeganlarda 2-toifa diabet rivojlanish xavfi kamdan kam yong‘oq iste’mol qiladigan ayollarga nisbatan 20 foizga kamayadi degan xulosaga kelishdi.
  • Soya qon bosimini, qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va tromb xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u tuxumdon, prostata va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishda yordam beradi va menopauza paytida qizib ketishni yengillashtiradi.
  • Boshoqli donlar. Kuniga bir marta don mahsulotlarini iste’mol qilish nafaqat yurak xuruji, balki ko‘plab yoshga doir kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
  • Yog‘li baliq go‘shti artrit, diabet va aqli zaiflikning oldini oladi. Tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasi yurak va tomirlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Foto: Getty Images

Foydali ziravorlar

  • Sarimsoq — yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning oldini oladigan foydali antibakterial mahsulot.
  • Zanjabil — gastrointestinal muammolarga va artritni yengillashtiradigan kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita.
  • Zira — hazm qilish jarayonini normallashtiradi va saraton kasalligining oldini olish choralari sifatida ham qo‘llaniladi.
  • Chili  tarkibida qon lipidlarini pasaytiradigan va tromb xavfni kamaytiradigan kapsaitsin moddasi mavjud.
  • Kurkuma — uzoq vaqt davomida xitoy va hind tibbiyotida revmatoid artrit yallig‘lanishiga qarshi vosita sifatida ishlatilgan va ba’zi saraton kasalliklari xavfini kamaytirishi isbotlangan.
  • Kashnich — xolesterin va qondagi qand miqdorini pasaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, immun tizimining erta qarishiga olib keladigan ovqat hazm qilish muammolarining aksariyati stress tufayli yuzaga keladi. Ozroq stress hech kimga zarar qilmaydi, ammo agar u doimiy holatga aylansa, bu nafaqat psixikaga, balki butun tanaga ham zararlidir.

Mavzuga doir: 

  • Insult, qandli diabet va gipotireoz: yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
  • Bolalarda quruq yo‘tal paydo bo‘lishining sabablari va davolash usullari
  • Migrendan butunlay qutulish uchun nima qilish kerak?
  • Benzin, tuproq, xlor isi: Nima uchun biz “g‘alati” hidlarni yaxshi ko‘ramiz?
  • Ayollarda 30 yoshdan keyin kuzatiladigan muammo: Qanday qilib kasalliklarning oldini olish mumkin?
  • Koronavirusga chalingan odamdan virus yuqmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 qoida


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.