Salomatlik Salomatlik Umurtqa pog‘onasida muammo bor-yo‘qligini uy sharoitida aniqlashga yordam beradigan tavsiyalar

Umurtqa pog‘onasida muammo bor-yo‘qligini uy sharoitida aniqlashga yordam beradigan tavsiyalar

O'qildi: 264


Umurtqa pog‘onasida muammo bor-yo‘qligini uy sharoitida aniqlashga yordam beradigan tavsiyalar

Jarohatlar, stress, ortiqcha vazn va noto‘g‘ri ovqatlanish, kun bo‘yi kompyuterda ishlash yoki aksincha, uzoq vaqt turish umurtqa pog‘onasiga salbiy ta’sir qiladi va og‘riqni keltirib chiqaradi. Britaniya qirollik oilasining salomatligini uzoq yillardan buyon kuzatib kelayotgan doktor Mosaraf Ali o‘z-o‘zini tashxislashning oddiy va samarali usullari bilan bo‘lishdi.

Foto: PriceMedia
  1. To‘piq, tizza, tos suyagi va yelka bo‘shashgan holda gilam ustida yotiladi. Eng qulay holatni topish uchun biroz harakat qilish lozim. Keyin chuqur nafas olib, chiqarishni boshlash kerak. Agar bo‘shashgan va cho‘zilgan mushaklarga qaramay, bel, orqa yoki bo‘yin qismida kuchlanish his qilinsa, bu sohada hammasi yaxshi emasligidan darak beruvchi muammo mavjud.
  2. Boshlang‘ich pozitsiya bir xil. Orqa chapga buriladi, shunda burun chap yelkaga to‘g‘ri keladi. Orqani iloji boricha burishga harakat qilish lozim. Agar quloq polga tegmasa, ya’ni qandaydir og‘riq buni qilishga xalaqit bersa,  umurtqa pog‘onasining chap tomoni va churra bilan bog‘liq muammolar bor. Balki o‘ng tomonda joylashgan mushaklar yoki ligamentlar tarangligi harakatga xalaqit berayotgan bo‘lishi mumkin. Sinovni boshqa yo‘l bilan takrorlash tavsiya etiladi.
  3. Boshlang‘ich pozitsiya o‘zgarmaydi. Bo‘yin sekin ko‘tariladi va iyak ko‘krakka yaqinlashtiriladi. Agar og‘riqli hislar paydo bo‘lsa, bu muammo mavjudligini ko‘rsatadi. Muhimi,  og‘riq qayerda ko‘proq kuzatilayotganini aniqlash kerak.
  4. Boshlang‘ich pozitsiya bir xil. Tizzalar egilib, to‘piqlar orqaga tortiladi. Oyoqlar bo‘ksa kengligida ochiladi. Bir tekis nafas olinadi. Tizzalar navbatma-navbat chapga va o‘ngga bukiladi.  Oyoq butunlay yerga yotishi kerak, agar tizzalar qandaydir sababga ko‘ra polga tegmasa, bu bel sohasida muammo borligini ko‘rsatadi.
  5. Yerga yotib, oyoqlar cho‘ziladi. O‘ng oyoq tizzani egmasdan ko‘tariladi. Uni iloji boricha yuqoriga ko‘tarishda davom etish kerak. Agar to‘g‘ri burchakka erishilsa, bu tos suyagi va pastki orqa tomondan hamma narsa tartibda ekanligini anglatadi. Agar natija bunday bo‘lmasa, unda mushaklarning spazmlari mavjud bo‘lib, bu harakatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Chap oyoq uchun testni takrorlang.
  6. Qo‘llar oldinga cho‘zilgan holda tik turiladi. Tizzalar bukilmasdan, qo‘l bilan oyoq barmoqlariga teginishga harakat qiling, tana taxminan 60 daraja egilishi kerak. Agar o‘n santimetr yetmasa ham, hamma narsa tartibda. Ammo qo‘l va oyoq barmoqlari orasidagi masofa kattaroq bo‘lsa, bel bilan bog‘liq muammo borligi aniq.
  7. Kaftlar ko‘krakda birlashtirilib, tik turiladi. Tana yon tomonga aylantiriladi, tos suyagi harakatsiz ushlab turiladi. 90 darajaga burilish imkoni bo‘lmasa, qaysi sohadagi og‘riq burilishga to‘sqinlik qilayotganini aniqlashga harakat qilish lozim.
  8. Sekin-asta bo‘yin tananing markaziy chizig‘i atrofida ikkala yo‘nalishda aylantiriladi. Agar tovushlar eshitilsa, ular to‘xtaguncha harakatni davom ettirish kerak. Bordiyu, bosh aylansa, bu ham muammodan darak beradi. Sog‘lom odamda hech qanday ovoz va bosh aylanish kuzatilmaydi.
  9. Tik turiladi va bir necha marta yo‘talib ko‘riladi. Agar belda og‘riq paydo bo‘lsa, bu sohaga e’tibor qaratish kerak.

Mavzuga doir:

  • Insult, miya saratoni va bosh og‘rig‘i bilan kechadigan boshqa kasalliklarni qanday aniqlasa bo‘ladi?
  • Bo‘g‘imlarda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan oddiy test
  • Osteoxondroz: bu qanday kasallik va uning oldini olish mumkinmi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.