Salomatlik Goʼzallik Sog‘liqqa zarar: ko‘p foydalanmaslik kerak bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

Sog‘liqqa zarar: ko‘p foydalanmaslik kerak bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

O'qildi: 387


Sog‘liqqa zarar: ko‘p foydalanmaslik kerak bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

Kosmetik mahsulotlarning ba’zilari zararli yoki butunlay foydasiz bo‘lishi mumkin. Marie Claire nashri kosmetik vositalarning qaysilarini ko‘p ishlatish kerak emasligi haqida ma’lumot beradi.

 Lab uchun balzam

Foto: Marie Claire

Kosmetik sumkangizdagi eng zararsiz mahsulotlardan biri qaramlikka olib kelishi mumkin. Balzamning mazali aromati haqida gapirmayapmiz. Gap shundaki, lablar terisi biz o‘ylaganchalik sezgir emas va ob-havo sharoitlariga yaxshi moslashadi. Shuning uchun gigiyenani doimiy ravishda qo‘llashning hojati yo‘q, kuniga bir necha marta yetarli.

Bundan tashqari, balzamlar namlikning bug‘lanishiga to‘sqinlik qiluvchi plyonka hosil qiladi. Shu sababli agar doimo lablaringizga gigiyenik vositalarni qo‘llasangiz, yaralar juda sekin davolanishi mumkin. Buning o‘rniga balzamni kamroq qo‘llash va lablarni quritmaydigan alkogolsiz va mentolsiz vositalarni tanlashdir.

Qalin tonal krem

Foto: Marie Claire

Sababi tonal krem tarkibidagi silikonlar va juda zich tuzilish. Ha, bunday kremlar barcha kamchiliklarni yashiradi, lekin ayni paytda ular teri ustida plyonka hosil qiladi. Bunday tonal kremlardan kechki makiyaj uchun foydalangan ma’qul.

Kundalik foydalanish uchun tint yoki flyuid formatidagi yengil tonal kremlar mos keladi. Yana bir variant — BB va CC kremlari, ular terini qo‘shimcha ravishda namlaydi va tabiiyroq ko‘rinadi. Konsiller va korrektor esa yuzdagi qizarishlarni yashirishga yordam beradi.

Soch uchun yog‘lar

Foto: Marie Claire

Quruq sochlarga surtilishi kerak bo‘lgan yog‘lar sochlarga zarar yetkazmaydi, lekin ularning foydasi juda kam. Gap shundaki, bunday moylar soch ildiziga kirmaydi, faqat sochlarni bir-biriga yopishtiradi, bu esa sochlarni tartibli ko‘rinishga olib keladi.

Haftada bir marta namlovchi yoki oziqlantiruvchi niqob tayyorlang: ular tarkibida sochlarga kirib boradigan yog‘lar mavjud. Shampundan keyin konditsioner, shuningdek, yuvilmaydigan parvarish vositasi haqida unutmang.

Quruq shampun

Foto: Marie Claire

Sochni yuvishga ulgurmagan paytda quruq shampun jonga oro kiradi. Biroq bu mahsulot doimo foydalanish uchun mo‘ljallanmagan: shampun zarralari to‘planib, yallig‘lanish, sinish yoki quruqlashishga olib keladi. Quruq shampunni haftada 1-2 marta ishlatgan ma’qul.

Suv o‘tkazmaydigan tush

Foto: Marie Claire

Bunday tush qor yog‘ganda yoki yig‘laganda oqib ketmaydi. Biroq uni yuvish haqiqiy muammodir. Agar bunday tushni oddiy mitsellar yoki yuvinish geli bilan yuvishga harakat qilsangiz, ko‘zingizni uzoq vaqt ishqalashingiz kerak bo‘ladi. Va bu kirpiklarga ham, ko‘z atrofidagi nozik teriga ham zarar yetkazadi. Suv o‘tkazmaydigan formulani gidrofilik moylar va balzamlar bilan yuvish mumkin.

Kundalik makiyaj uchun oddiysini yoki iliq suv bilan yuviladigan, sezgir ko‘zlarga mos keladigan termal tushlarni tanlang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.