Gigiyenik lab bo‘yog‘i yordam berishi mumkin bo‘lgan 9 holat
Gigiyenik lab bo‘yog‘ini nafaqat terini himoyalash uchun, balki boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin.
Foto: Getty ImagesZamok yurmay qolsa
Metall zamok yurmay qolganda unga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtilsa, harakatlanishi osonlashadi.
Tirnoq chetidagi terini parvarishlash uchun
Tirnoq chetidagi teri qotib, xunuk ko‘rinib qolmasligi uchun uni parvarish qilib turish kerak bo‘ladi. Maxsus yog‘ bo‘lmasa, uning o‘rniga gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin.
Sochni bo‘yash vaqtida
Sochni bo‘yashdan avval uning atrofidagi teriga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtilsa, bo‘yoq tegganda uni ketkazish oson bo‘ladi.
Qo‘ldan chiqmay qolgan uzukni yechishga yordam beradi
Uzuk kichik yoki barmog‘ingiz shishgan bo‘lsa, unda gigiyenik lab bo‘yog‘i yordam bera oladi.
Qosh uchun
Qoshni tartibga keltirish uchun maxsus gel o‘rniga gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin.
Qadoq va qavarishlardan himoyalanishda yordam beradi
Oyog‘ingiz qadoq bo‘lmasligini istasangiz, gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalaning. Uni surtgandan keyin teri yumshab, qavarishlardan himoyalanadi.
Surkalgan tushni ketkazish uchun
Gigiyenik lab bo‘yog‘i, yig‘laganda, kulganda yoki to‘satdan surkalib ketgan tush bo‘yog‘ini ketkazishga yordam beradi. Yana ham yaxshi tomoni u yuzingizdagi tonal kremni ketkazmaydi.
It panjalari yorilishining oldini oladi
Qish kelishi bilan it panjalarida yoriqlar paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun panjalariga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtish tavsiya qilinadi.
Manba